1-mavzu. Hodisalar va ularning ehtimolliklari reja
Download 351.68 Kb.
|
1-maruza
1.6-misol. Detallar solingan qutidan tavakkaliga bitta detal olindi. Bunda standart detal chiqishi nostandart detal chiqishini yo’qqa chiqaradi. “Standart detal chiqdi” va “nostandart detal chiqdi” hodisalari birgalikda emas.
1.7-misol. Tanga tashlandi. Tanganing gerbli tomoni tushishi raqamli tomoni tushishini yo’qqa chiqaradi. “Gerbli tomon tushdi” va “raqamli tomon tushdi” hodisalari birgalikda emas. Ta’rif. Agar tajriba natijasida bir nechta hodisalardan bittasi va faqat bittasining ro’y berishi muqarrar hodisa bo’lsa, u holda bu hodisalar yagona mumkin bo’lgan hodisalar deyiladi. 1.8-misol. Ikkita pul-buyum lotereyasi sotib olingan. Quyidagi hodisalarning bittasi va faqat bittasi albatta ro’y beradi: “yutuq birinchi biletga chiqdi, ikkinchisiga chiqmadi”, “yutuq birinchi biletga chiqmadi, ikkinchisiga chiqdi”, “yutuq ikkala biletga chiqdi”, “yutuq ikkala biletga ham chiqmadi”. Bular yagona mumkin bo’lgan hodisalar. 1.9-misol. Mergan nishonga qarata o’q uzdi. Quyidagi ikkita hodisadan biri albatta ro’y beradi: o’qning nishonga tegishi, o’qning nishonga tegmasligi. Bular yagona mumkin bo’lgan hodisalar. Ta’rif. Agar bir nechta hodisalardan hech birini boshqalariga nisbatan ro’y berishi mumkinroq deyishga asos bo’lmasa, ular teng imkoniyatli hodisalar deyiladi. 1.10-misol. Tanga tashlaganda gerbli tomon tushishi va raqamli tomon tushishi teng imkoniyatli hodisalar. Download 351.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling