3-mavzu: Xorazmshohlar davlatining siyosiy va harbiy tuzilishi. Mansablar va unvonlar
Reja:
Xorazmshohlar davlatining siyosiy tuzumi. Mansablar va unvonlar
Xorazmshohlar davlatida harbiy ishlar
Хоrаzmshоhlаr dаvlаtining siyosiy tuzumi. Маnsаblаr vа unvonlar
Xorazmshohlar-Anushtaginiylar davlatining siyosiy tuzumi mutlaq monarxiya bo’lib, shohning hokimiyati cheklanmagan edi. Ba’zan hukmdor tomonidan chaqirilgan kengash maslahat organi bo’lib, uzil-kesil qaror qabul qilish shohning ixtiyorida bo’lgan.
Markaziy davlat idorasining rahbari vazir deb atalar edi. Vazir davlat rahbarining birinchi maslahatchisi bo’lib, u faqat shohning o’ziga bo’ysunar edi. Vazir shoh nomidan rasmiy marosimlarni o’tkazar, davlatlararo aloqalarni yo’lga solar, chet ellik elchilar bilan muzokaralar olib borar, davlat rahbari va fuqarolar o’rtasida vositachilik qilardi. Unga barcha davlat amaldorlari, jumladan beklar va harbiy boshliqlar ham bo’ysunar edilar. Vazir devonxonalar amaldorlarining boshlig’i bo’lib, ularni mansabga tayinlash va almashtirish, nafaqalar (arzak) va moddiy yordam (mavjib) joriy etish ishlarini boshqarar hamda xazina va bojxona faoliyatini taftish qilib turardi.
Vazirlarga sadr, dastur, xojayi buzruk degan unvonlar berilar edi. Vazir lavozimidagi kishi o’zining siyohdoni (dovot) va ma’lum movutdan o’ralgan sallasi (dastor) bilan ajralib turardi. Vazir tashqariga chiqqanda uning oldida dastasi tilla qoplangan nayza bilan qurollangan to’rt nafar askar hamrohlik qilar edi. Vazirlar har doim arab-fors mansabdorlari orasidan tayinlangan. Vazir tanlashda nomzodning arab va fors tillarini bilishi, ma’muriy ishlardagi layoqati, saroy tartib-qoidalarini bilishi inobatga olingan.
Viloyatlarni boshqaruvchi vazirlar ham bo’lgan. Bunday vazirlar faqat Xorazmshohlar davlatida uchraydi. Masalan, Otsiz davrida Mozandiron vaziri Majdiddan Sharaful-mulk bo’lgan. Alouddin Muhammad davrida Niso shahrida Zahiriddin Mas’ud Shoshiy, Dehistonda Alouddin Dehistoniy vazir bo’lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |