1-мавзу: “Хоразмшоҳлар давлати тарихи” махсус курсининг мақсад ва вазифалари


Download 0.77 Mb.
bet4/19
Sana06.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1329797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Хоразмшолар маъруза 2017 китобча

Bosh hojib yoki ulug’ hojib Xorazmshohlar davlatidagi yuksak mansablardan biri bo’lgan. Odatda hojiblar turk millatidan bo’lganlar. Hojib shohga shaxsiy topshiriqlari qanday bajarilganligi haqida axborot berar, qabul marosimlarini tashkil etar, qo’shni mamlakatlarga elchi sifatida yuborilar edi.
Ustozdorlar – xorazmshohlar saroyida xizmatkorlarga bosh bo’lib, otxonalar, yemakxonalar, novvoyxonalar, sharobxonalar xo’jaligini boshqarar edi. Tarixchi Shihobuddin Muhammad Nasaviy ustozdorning vazifalarini bunday tasvirlaydi: “Ustozdor mamlakat xazinasi daromadlarining bir qismini novvoyxonalarga, yemakxonalar, otxonalarga hamda saroy xizmatkorlari maoshi va boshqa ehtiyojlarga sarflar edi. U vazirga, mustavfiyga, mushrifga, nozirlar va ularning noiblariga mablag’lar berib, ulardan imzo va muhr bilan tasdiqlangan tilxatlar olar edi”.
Tarixiy manbalarda Xorazmshohlar saroyida yana quyidagi oliy amaldorlar bo’lganligi qayd etiladi:
Amir-oxur (miroxo’r) – sayis, sulton otxonalari boshlig’i.
Amiri shikor – sulton ovlarini tashkil etuvchi amaldor.
Tashtdor – sulton hammomlari va hovuzlarining boshlig’i.
Sharobdor – sulton sharobxonasining boshlig’i.
Qissador – bir hafta davomida sulton nomiga yozilgan ariza va iltimosnomalarni yig’ib, payshanbadan jumaga o’tar-kechasi sultonga topshirar, ertasiga sultonning javoblarini ariza egalariga yetkazar edi. Xorazmshohlar saroyida qissador eng obro’li mansablardan biri edi.
Choshnigir – u dasturxon yozilganda sulton taomlardan zaharlanmasligi uchun o’zi birinchi bo’lib tatib ko’rar edi.
Farrosh – sulton o’rin-to’shaklari saqlanadigan farroshxona boshlig’i.
Amir ul-a’lam – sulton bayroqdori.

Хоrаzmshоhlаr dаvlаtidа hаrbiy ishlаr

Saljuqiylar davlatiga qaramlikdan qutulish, o’z chegaralarini himoya qilish hamda yangi hududlarni bosib olish uchun Xorazmshohlar kuchli qo’shin tuzishga


majbur edilar. Shuning uchun ham qo’shinni tashkil etish, uni qurol-aslaha va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash xorazmshohlarning eng katta tashvishi bo’lib kelgan. Natijada qo’shin yaxshi harbiy ta’lim olgan va yaxshi qurollangan askarlardan tashkil topib, unga boshchilik qilgan sarkardalar qator janglarda jasorat va tadbirkorlik ko’rsatganlar.
Dastlab qo’shin turk askarlaridan iborat bo’lib, harbiy qism va bo’linmalar qabilaviy asosda tashkil qilinar edi. Keyinchalik turkiylardan boshqa xalqlar vakillari ham qo’shinga jalb etila boshlandi, ammo turklar hamon lashkarning asosiy jangovar qismini tashkil qilar edilar.
Manbalarni tahlil etish Xorazmshohlar davlatida umumiy harbiy majburiyat joriy etilgan edi, degan xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Ayniqsa, urushlar paytida “lashkari birun” (“tashqi lashkar”) deb atalgan va asosan tinch aholi – dehqon va hunarmandlardan iborat harbiy qismlar dushmanga qarshi janglarga jalb qilingan.
Qo’shin soni mamlakatdagi vaziyat va harbiy yurishlarning ko’lamiga qarab o’zgarib turgan. Masalan, 1195 yili harbiy devonxona (devon al-arz) daftarlarida qayd etilishicha, xorazmshoh Takash qo’shinida 170 ming otliq askar bo’lgan. Uning o’g’li Alouddin Muhammad davrida qo’shinning soni yanada oshdi. Xorazmga tashrif buyurgan Irbil hokimning elchisi Muzaffariddin Ko’k-Bo’ri o’z hukmdoriga “xorazmshohning qo’l ostida 350 ming askar bor”, deb xabar beradi. 1211- va 1212-yillarda qoraxoniylar bilan bo’lgan janglarda Xorazmshohning otliq askarlarining o’zi 400 ming kishini tashkil etgan. Alouddin Muhammadning Bag’dodga qilgan yurishida ham 400 ming ot va tuyali suvoriy qatnashgan. Bu ma’lumotlarni harbiy devonxona hujjatlari to’la tasdiqlaydi. O’rta Osiyoga mo’g’ullarning bostirib kirishi arafasida Xorazmshohlar davlatining qo’shini taqriban Turkiston va Movarounnahrda 400 ming, O’trorda 20 ming, Binokat viloyatida 10 ming va Samarqand viloyatida 110 ming kishini tashkil etgan. Bundan tashqari qo’shinlarning anchagina qismi Sijiston, Balx, Jand, Xuttalon, Qunduz va Yorkentda edi.
Xorazmshohlarning qo’shini muntazam otliq va tuyali suvoriylar, piyoda askarlar hamda xalq lashkarlaridan tashkil topgan edi. Xalq lashkari janglarga safarbar qilingan aholidan iborat edi. Harbiy yurishlar paytida xalq lashkari haq olmas va talon-taroj hisobiga yashar edi. Ulardan tashqari xorazmshohlari shaxsiy gvardiya – harasga ham ega bo’lib, ular mamluklar (qul askarlar)dan tuzilgan edi. Bunday qo’shinni dastlab Takish tuzgan. Alouddin Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming mamlukdan iborat edi.
Davlatning eng oliy harbiy boshqaruv idorasi devon al-arz (yoki devon al-jaysh) bo’lib, uning boshlig’i sohibi devon al-arz deb atalgan. Devon al-arz harbiylarga qarashli yer-suvlar (iqto’), ularga beriladigan maosh va har xil to’lovlar, shuningdek askarlarni ro’yxatga olish, askarlar va ularning qo’lidagi qurol-aslahalarni tekshirib turish bilan shug’ullanar edi. Devon al-arz hamma harbiylarga belgilangan maoshlarni muntazam ravishda berib turar va qo’shinning ta’minoti haqida qayg’urar edi. Ba’zi yirik viloyatlarda ham mahalliy harbiy boshqarmalar bor edi.
Xorazmshohlar qo’shinidagi ikkinchi lavozim harbiy nozir bo’lib, u harbiy devonxona boshlig’i (sohibi devon al-arz) nazorati ostida faoliyat olib boradi.
Xorazmshohlar davlatida katta lashkarni boshqargan sarkardalarga qo’id yoki muqaddam degan unvon berilar edi. Bunday unvonga eng qobiliyatli sarkardalar erishar edilar. Masalan, xorazmshoh El-Arslon harbiy qo’mondon (al-muqaddam al-asokir) etib qarluq amirlaridan biri Shams ul-mulk ibn Husayn Ayyorbekni tayinlagan edi. Shoh unga singlisini uzatdi va o’z qo’shiniga qo’mondon (qo’id jaysh) qilib oladi. Alouddin Muhammad I hukmronligi davrida Ray o’lkasining hokimi va harbiy qo’mondon etib shahzoda Abul Fath Yusuf tayinlangan bo’lib, uning unvoni “amir sipahsolor” edi. Viloyatlardagi harbiy qo’mondonlarga sohib al-jaysh unvoni berilar edi.
O’n ming kishilik suvoriylardan iborat harbiy qismga qo’mondonlik qilgan kishilar malik unvoniga ega bo’lar edi. Janglarda alohida jasorat ko’rsatgan maliklarga xon unvoni berilar edi.
Xorazmshohlar qo’shinida choparlarga chovush unvoni, ularning boshlig’iga esa “muqaddam chovushiya” degan nom berilar edi. Maxsus xufiya va ayg’oqchilar bo’linmalari (josusiya) mavjud bo’lgan. Josuslar dushmanlarning ahvolidan xabardor bo’lib turar ularning harakatlarini kuzatib borar edilar.
Qo’shinda bosh harbiy hakam – qoziy hasham yoki qozi al-asokir – ham bo’lgan.
Jangchilar qilich, nayza, o’q-yoy bilan qurollangan edi. Bundan tashqari harbiy qismlar ixtiyorida palaxmonlar (manjaniq), qamal qilish vositalari (dabbabat), “toshbaqalar”, ya’ni yuradigan minorlar (mataris), devorni buzuvchi moslamalar (jamaluqat) hamda hujum paytida ishlatiladigan narvonlar (salalim) bo’lgan.
Xorazmshohlar mustahkam shahar-qal’alar barpo etishga katta e’tibor berar edilar. Qal’adagi garnizonlarga mustahfizlar qo’mondonlik qilar edilar.
Xorazmshohlar davlatida aholi tinchligini saqlash va jinoyatchilarni jazolash ishlari bilan shixnalar shug’ullanar edilar. Odatda shixna lavozimiga turkiy harbiy boshliqlar – amirlar tayinlanar edi. Hukumatga xavfli bo’lgan barcha ishlarga shixna aralashar, aholini tuzumga qarshi qo’yuvchilar ortidan qattiq nazorat olib borar edilar.
Lashkarning harbiy harakatlar paytidagi tuzilishi quyidagicha bo’lgan: muqaddima yoki yozoq (oldingi qism), maymana (o’ng qanot), maysara (chap qanot), qalb (markaz), ortki qism (muaxxara) va o’rab oluvchi qism (hafiya).
Urush boshlanishidan avval yoki urush e’lon qilingan vaqtda xorazmshohlar harbiy kengash chaqirar va unda oldinda turgan vazifalar muhokama qilinardi. Kengashga yirik sarkardalar, ulamolar, faqihlar va munajjimlar taklif qilinar edi. Ammo bu kengashlar shoh shaxsan o’zi qabul qilgan qarorni ma’qullash bilan yakunlanar edi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling