1-мавзу: “Хоразмшоҳлар давлати тарихи” махсус курсининг мақсад ва вазифалари


-mavzu: Xorazmshohlar davlatining xo’jalik hayoti


Download 0.77 Mb.
bet5/19
Sana06.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1329797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Хоразмшолар маъруза 2017 китобча

4-mavzu: Xorazmshohlar davlatining xo’jalik hayoti


Reja:



  1. Xorazmshohlar davlatining shahar va qishloqlari

  2. Xorazmshohlar davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo

  3. Xorazmshohlar davlatida pul muomalasi


Хоrаzmshоhlаr dаvlаtining shаhаr vа qishlоqlаri

Mo’g’ullar istilosi arafasida Xorazmshohlar davlatida ko’plab shaharlar mavjud edi. Har bir shahar o’rtasida yana bir shahar bo’lgan. Kichik


shaharning o’rtasi ko’handiz deb atalgan. Kichik shaharlarni shahriston (madinat us-sug’ro) deb ataganlar. Uning atrofi devor bilan o’ralgan va bir necha darvozalari bo’lgan. Shahriston atrofida katta shahar (madinat ul-kubro) bo’lib, u ham devor bilan o’ralgan va bir qancha darvozalari bo’lgan. Katta shahar atroflarida esa uzumzor va mevali bog’lar, ularning tevaragida esa ekinzorlar bor edi.
Movarounnahr va Xuroson aholisi tilida ko’handiz eski qal’a ma’nosini anglatgan. Samarqand, Buxoro, Balx, Marv kabi shaharlarning o’rtasidagi balandlikda ko’handizlar, ya’ni eski qal’alar qad ko’targan.
Xorazmshohlar davlatining poytaxti Gurganj shahri edi. Zakariyo Qazviniyning yozishicha, Gurganj Jayhun daryosi bo’yidagi katta, aholisi ko’p shahar bo’lgan. Arab geograf olimi va sayyohi Yoqut Hamaviy: “Men Gurganj kabi buyuk, boy va go’zal shaharni ko’rmadim”, deb yozgan edi. Shahar ayniqsa sulton Takash va Alouddin Muhammad davrida yuksaldi. Xorazmshohlar o’z poytaxtini obod va farovon bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilganlar. Tarixiy manbalarda Gurganj shahridagi Takura va Maydon mahallalari, Qobilon darvozasi nomlari esaga olinadi.
Amudaryoning ikkala sohilida joylashgan Gurganj shahri daryodan to’g’on bilan ajratilgan edi. Mo’g’ullar kelgach, to’g’onni buzib, shaharni suvga bostirganlar. Yetti oylik qamal vaqtida ham shahar ancha vayron bo’lgan. Bu yerdagi obidalardan faqat Najmiddin Kubro, sulton Takash maqbarasi omon qolgan.
Manbalarda Xorazm vohasining boshqa shaharlari ham tilga olingan. Ardaxushmisan (Xushmisan) bozorlari gavjum va aholisi ko’p shahar bo’lganligi qayd etilgan. Yoqut Hamaviy bu shaharga 1219 yil dekabr oyida mo’g’ullar istilosidan oldin kelgan edi. Uning yozishicha, o’sha yili qattiq sovuq bo’lib, daryo muzlagan va sayyohlar tushgan kema yurolmay qolgan edi.
Xevaq (Xiva) shahri Gurganjdan 15 farsax masofada joylashgan edi. Xorazmning barcha shaharlarida aholi hanafiya mazhabida edi, ammo Xevaqda shofeiya mazhabi tarqalgan edi. Olim va sayyoh Yoqut Hamaviy Xorazm vohasida Darg’on (Darg’om), Mavakon, Govshfanj, Qos (Qiyos, Qiyot), Nuzkat, Hazorasp, Suburna, Sarakusta, Mang’ishloq singari shaharlar bo’lganligini qayd etadi.
Xorazm davlatidagi eng yirik shahar Buxoro hisoblangan. O’sha davr tarixchilari bu shaharni “eng ulug’, eng katta, eng mashhur, tengi yo’q shahar” deb ta’riflaganlar. Buxoro shahri ko’handiziga ega bo’lib, bu markaziy qal’a devor bilan o’ralgan edi. Shaharning tashqi devori ham bo’lib, Alouddin Muhammad uni qayta tiklash haqida farmon chiqargan. Buxoro viloyatida Bojijkat, Tavois, Boykand (Poykand), Karmana, Maymurg’ singari shaharlar ham bor edi.
Bu davrda So’g’d viloyati ham o’zining obod shaharlari bilan mashhur bo’lgan. Viloyat markazi Samarqand “yer yuzidagi eng go’zal va boy shahar” bo’lganligi ko’p manbalarda zikr etilgan. Manbalarda Samarqand shahri darvozalari va mahallalari nomlari zikr etiladi. Bular Bobi Doston, Bobi Ko’hak, Bobi Toq, Namozgoh darvozalari, Ushtabezak, Bandilaxon, Chakordiza, Za’rimas, Sanjaziza mahallalaridir.
Xorazmshohlar hukmronligi davrida Movarounnahrda yana quyidagi shaharlar bo’lgan:

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling