1. Mavzu: Hozi


Download 2.46 Mb.
bet4/6
Sana20.09.2023
Hajmi2.46 Mb.
#1682555
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavz

Morfologiya va leksikologiya Ma’lumki, morfologiya bilan bir qatorda, leksikologiya ham so‘zlarni tekshiradi, so‘z morfologiyada ham, leksikologiyada ham asosiy tekshirish ob’ekta hisoblanadi. Har bir so‘z murakkab leksik-grammatik butunlikni tashkil etadi. So‘zning leksik ma’nolari yig‘indisi uning leksik birlik ekanligini bildirsa, grammatik shakllar majmuasi va ular anglatgan grammatik ma’nolar so‘zning grammatik birlik ekanligini kursatadi. SHu sababli so‘zlar, bir tomondan, leksikologiyadava, ikkinchitomondan, morfologiyadatamomanboshqa-boshqa nuqtai nazardan, boshqa maqsadda o‘rganiladi. Leksikologiyada so‘zlar tilning leksik tarkibini, uning leksik sistemasini belgilash, so‘zning leksik ma’nosi, uslubiy xususiyatlari, qo‘llanishi va boyib borish yo‘llarini aniqlash nuqtai nazaridan o‘rganilsa, morfologiyada esa so‘z o‘zgarishiga xos grammatik qoida va qonuniyatlarni belgilash, grammatik ma’nolarni ifodalash vositalarini aniqlash maqsadida o‘rganiladi. Masalan, daraxt, bino, qush, bolalik, bahor, qishloq kabi so‘zlar boshqa-boshqa leksik ma’noga ega bo‘lib, leksikologiya shu ma’nolarni, ularning uslubiy va qo‘llanish xususiyatlarini tekshiradi. Morfologiyada esa bu so‘zlar bir xil umumiy xususiyatga ega bo‘lgan til hodisasi bo‘lib, ularning predmetlikni anglatishi, kelishik, egalik, grammatik son singari kategoriyalarni ko‘rsaga olishi va boshqalar aniqlanadi. Morfologiyaning vazifasi faqat so‘z shakllari va ular anglatgan umumiy grammatik ma’nolarni o‘rganish bilan cheklanmaydi. Lug‘aviy birliklarning semantik va formal xususiyatlarini aniqlash asosida belgilangan so‘zlarning leksik-grammatik kategoriyalarini, ya’ni so‘z turkumlari haqidagi ta’limot ham morfologiyaga kiradi. Demak, morfologiya so‘z haqidagi, uning morfologik strukturasi, shaklivaular anglatgan grammatik ma’nolar damda so‘z turkumlari va ularga xos grammatik kategoriyalar haqidagi grammatik ta’limotdir.
Morfologiya va fonetika Ma’lumki, tilning dar bir hodisasi uning, tilning tovush tomoni bilan bog‘lik,. Har bir grammatik hodisaning tovush bilan ifodalanishi grammatikaning (morfologiyaning) fonetika bilan aloqadorligini ham ko‘rsatadi. Masalan, so‘zlarda leksik urg‘uning boshqa-boshqa bo‘g‘inga tushishi orqali, ayrim hollarda, so‘zning ma’nosi, qaysi leksik - grammatik kategoriyaga kirishi va tarkibidagi morfemalarning tipi differensiatsiya (farqlanish, ajralish) qilinadi. Masalan, qushcha so‘zida urg‘u oxirgi bo‘g‘inda (-cha) bo‘lganda —ot, -cha affiksi kichraytish ma’nosini bildiradi: qushcha ~ kichik qush; shu so‘zning urg‘usi bosh bug‘inda bo‘lganda - ravish, bundagi urg‘usiz -cha affiksi o‘xshatish ma’nosini bildiradi. qushcha: qushdek (day) qush kabi. Demak, bu o‘rinda fonetik hodisa tufayli ot bilan ravish farqandi. YAna misollar tugma (ot) - tugma (fe’l)
qaynatma (shurva) (sifat) - qaynatma (fe’lning bo‘lishsizlik shakli). Ma’lum bo‘ladiki, tilning tovush tomonining boshqa hamma tomonlar bilan chambarchas bog‘lik, ekanligi tabiiy holdir.
So‘zning morfologik tarkibi deganda morfologik kategoriyalar, so‘zning morfologik shakllar tizimi, so‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari, so‘zlarning leksik-grammatik kategoriyalari tushuniladi.
Morfologik kategoriyalar. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.


Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategoriyasi feʼl M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kategoriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi. Morfologik kategoriyalar:

1.Fe’llarda nisbat, zamon, shaxs-son, mayl va boshq. 2.Otlarda egalik, kelishik, son kabilar.


3. Sifat va ravishlarda daraja kategoriyalari va boshq. So‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari:
1. So’z ma’nosini ko’chirish bilan.
2. So’z yasashorqali: ishchi, aqlli, ishla, yashirin, choyquti, gultojixo’roz, sotiboldi, himoya qildi, bir oz, rahmdil, pat-pat (mototsikl), xola-xola (o’yin), manman, yol-yo’l (rang), es-es (zo’rg’a)

Download 2.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling