1. Mavzu: Hozi


Download 2.46 Mb.
bet3/6
Sana20.09.2023
Hajmi2.46 Mb.
#1682555
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavz

5-ilova


Миллий фанларда миллий мафкура акс этади. Ўзбек тилшунослиги миллий фан бўлиб, у ҳам ўзида миллий мафкура ва миллий ғояни акс эттириш билан биргаликда, уни тарғиб қилувчи воситалар сирасидан ҳам ўрин олади.



Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo’lganligi sababli uning me’yorlarini belgilash davlatningtil siyosatibilan hambog’liqdir. Yurtimiz bir asrdan ko’proq mustamlaka bo’ldi. Hukmron xalq va uning tiliga har jihatdan imtiyoz berilib, qaram xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat Istiqlolnatijasi o’laroq, tilva tilshunosligimiz istibdod kishanlaridan xalos bo’ldi. O’zbek tilshunosligi tor ma’nodagi mustaqil fan sifatida o’zbek tilining o’zbekona tabiatini ochiq-oydin o’rganib, uni milliy g’oya va milliy mafkurani targ’ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so’z turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtai nazardan tadqiq qilinishi natijasida ta’limga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar - gapning markazi sifatida kesimning qaralishi, gap bo’laklarining darajalanishi, sodda va qo’shma gap oralig’ida uyushgan gaplarning ajratilishi, gap markaziga tayangan holda qo’shma gaplarning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimizning dalilidir. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining jipsdoshligini ko’rsatadi.
Morfologiya (yunoncha morfe - shakl", logos - ta’limot") so’z va uning grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so’zning morfologik tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilish bilan bog’liq qonun-qoidalar o’rganiladi. Morfologiyada so’zlar mushtarak yoki farqli belgilari umumlashtirilgan holda turkumlarga ajratib o’rganiladi. So’z leksikologiyada leksik birlik sifatida, morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o’rganiladi.
Ma’lumki, tilshunoslikda morfologiya va sintaksis birgalikda grammatika deb yuritiladi. Grammatika (yunoncha grammatika - «yozish san’ati») tilshunoslik fanining bir qismi bo‘lib, u tilning grammatik qurilishini tekshiradi. Demak, u so‘z va gapning har bir tildagi (xususan o‘zbek tilidagi) formal-grammatik tomonlarini -so‘zning shakliy o‘zgarishlarini, so‘z qo‘shilmalarining, so‘z birikmalarining turli ko‘rinishlarini, vositalarini va gapning strukturasini, tiplarini o‘rgatadi. Grammatika termini tilning grammatik kurilishi ma’nosida xam kqo‘llanadi. Aniqki, bu termin keyingi ma’noda ishlatilganda, grammatika fanining tekshirish ob’ektini bildiradi. Har bir tilning spetsifikasini uning fonetik, leksik va grammatik struktur alari aks ettiradi. Bu strukturalarning x,ammasi bir butun tizimni xosil qiladi, demak, tilning grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi bilan va leksik sistemasi bilan bog‘liqdir:
tilning o‘zaro boglangan bo‘laklarning yaxlitligidan iborat bo‘lishi grammatikaning fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini anglatib turadi. Kelib chiqadiki, tilning xamma tomonlari o‘zaro bog‘langan, o‘zaro shartlangan bo‘lib, grammatik qurilish til sistemasining bir qismidir. Grammatika so‘zlarni shakllantiradi, biriktiradi, ularning fikr anglatish vositasi sifatidagi vazifasini belgilaydi. Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorlarga, qonun-qoidalarga ega. Masalan, o‘zbek tilida sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, ergash gapning, klincha, bosh gapdan yoki bosh gapdagi hokim (shu ergash gapni o‘ziga qaram qilgan) elementdan avval kelishni, qaratqich va qaralmishning shaxs jihatidan moslashishi va boshqalar. Ko‘pgina tillarning grammatik qurilishida o‘xshashliklar bor, lekin, ikkinchi tomondan, bir oilaga kiradigan tillarning orasida ham ma’lum farvushr bor. Tillarning grammatik qurilishidagi o‘xshashlik nisbatan sintaksisda kuchli (ayniqsa, kqo‘shma gaplarning strukturasida), farqlanish, noo‘xshashlik esa so‘z shakllarida kuchlidir. Grammatika tilning grammatik tuzilishiga xos bo‘lgan qonun-qoidalarni, normalarni tasvirlaydi, uning turli xususiyatlarini tekshiradi. Misol uchun, o‘zbek tilining grammatik turizishiga doir ayrim hodisalarni eslab o‘tamiz: eganing bosh kelishikda bulishi, shaxs jihatidan moslanish (M e n boraman. Sen borasan kabi), so‘zlarning birikishidagi ichki moslik - muvofiqlik. Masalan, -inqira affiksini olgan so‘z harakatning yuzaga kelishidagi «kuchsizlik, kamlik, me’yordan pastlik» ma’nosini bildiradi, shunga ko‘ra bu so‘z semantik jihatdan mos ravishda «sal», « biroz» so‘zlaribilan birikaoladi(ranggisaloqarinqiradikabi), -roqaffiksiniolgan so‘zdamshunday(saloqarganroqkabi), bular«juda» tipidagi kuchaytiruvchi vosita bilan qo‘shila olmaydi, chunki ichki tomoni, mazmuni to‘gri kelmaydi, moslashmaydi.
Morfologiya va sintaksis Grammatika ikki qismga - morfologiya va sintaksist bulinadi. Morfologiya dam, sintaksis dam uz tekshirish ob’ektiga ega bulib, ular bir-biri bilan uzviy ravishda boglangan.
Morfologiya (grekcha morphe - «shakl», logos - «ta’limot») so‘zlarning grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning o‘zgarishi va shu o‘zgarish bilan bog‘lik; bo‘lgan ma’nolar, so‘zning tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi. So‘zlarning o‘zgarishi umumiy struktura belgilariga ega bo‘lgan suz guruhlari bilan bog‘langan, shuning uchun morfologiya ma’lum belgilari asosida bir-biridan farq qilgan so‘z guruhlarini - so‘z turkumlarini ham tekshiradi.
Sintaksis (grekcha syntaxis - “tuzish”) gapning grammatik xususiyatlarini, gap qurilishi va turlarini tekshiradi. Gap tuzilishi uchun ohang, so‘zlarning birikishi, predikativlik va so‘z tartibi kabi sintaktik vositalar muhimdir. Morfologiya bilan sintaksisning bir-biridan farqi shundaki, morfologiyaning tekshirish ob’ekta - so‘z. Unda so‘zning u yoki bu shakllari, xususiyatlari tahlil qilinadi. Sintaksisning tekshirish ob’ekta gap bulib, ran tuzilishi, so‘z birikmalari va so‘zlarning bog‘lanish yo‘llari tahlil etiladi. Morfologiya so‘zni til sistemasida olib qaraydi, alohida so‘z shakllari va ularning qanday bog‘langanligini aniqlaydi. Masalan, bosh kelishikdagi shahar, paxta so‘zlari qaratqich kelishigida shaharning, paxtaning, chiqish kelishigida shahardan, paxtadan, tushum kelishigida shaharni, paxtami kabi shakllar bilan bog‘langan. SHuningdek, ko‘rdim, korganman, ko‘raman, ko‘rarman; terding, terasan, tergansan, terarsan kabi shakllar xam o‘zaro
bog‘langan. Demak, morfologiya turlanish va tuslanishning xususiyatlarini tekshiradi, so‘zning morfologik tarkibi, uning shakllari va grammatik ma’nolari, so‘z turkumlari va ularga xos so‘z yasash yo‘llarini o‘rgatadi. Sintaksisda fikrni ifodalash uchun so‘zlarning bog‘lanishi, gap tuzilishi va turlicha sintaktik munosabatlar tekshirilar ekan, demak, morfologiyadagi turlicha so‘z shakllarining gapdaboshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasi, gap kurilishida shu shakllarning qanday vazifada kelganligi kabilar aniqlanadi. Masalan, shaharning ~ turdosh ot, qaratqich kelishigi, birlik, qaratqich aniqlovchi; oqiydi - fe’l, yaqin o‘tgan zamon, bo‘lishli, xabar mayli, III shaxs, birlik, kesim kabi.

Download 2.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling