1. Mavzu: Hozi


Download 2.46 Mb.
bet1/6
Sana20.09.2023
Hajmi2.46 Mb.
#1682555
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavz


1. Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavzu rejasi:
1. Morfologik kategoriyalar.
2. So‘zning morfologik shakllar tizimi
3. So‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari. 4. Leksik-grammatik kategoriyalari.

Mavzuga oid tayanch atamalar(birikmalar):
Grammatika, morfologiya, so’z tarkibi, morfologik tarkibi Morfologik kategoriyalar, so‘zning morfologik shakllar tizimi, so‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari, leksik-grammatik kategoriyalari.

Grammatika (yun. grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) — tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. G. 2 qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, G.da soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar. Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud. G. maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy G. va nazariy G.ga boʻlinadi. Amaliy G. muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy G. Tavsifiy G. til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy G. esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki

notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy G.dan farqdi ravishda, nazariy G. til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi. NazariyG.da til grammatik qurilishiningsistemaviyxususiyatiochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy G. umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga asoslanadi. Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, G. faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol G. sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi G. faol G. hisoblanadi. Faol G.da u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi. Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda G. mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) G.larga boʻlinadi. Mazmuniy G. mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy G. oʻrganadi. Shakliy G. esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional G. da asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi.
Grammatika (grek. grammatika “harf o‘qish va yozish san’ati”, “harf”) atamasi tilning morfologik va sintaktik qurilishi va bu qurilishni o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limi ma’nolarida qo‘llaniladi. Demak, grammatika tilshunoslikning mofologiya va sintaksis bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
Grammatika ko’plab tilshunoslik atamalari kabi ikki ma’noli (bu esa terminlar bir ma’noli bo’ladi, degan da’volarning unchalik ham to’g’ri emasligini ko’rsatadi)dir. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o’rganuvchi sohasi anglashiladi. Demak, u so’z va gapning formal-grammatik tomonlarini - so’z o’zgarishlarini, sintaktik birliklar va ularning vositalarini, shuningdek, ifodalaydigan grammatik ma’nolarini o’rganadi.
Tilning o’ziga xosligi fonetik, leksik, grammatik strukturalarning yaxlitligidan iborat. Ular bir-biridan ajralgan holda emas, yaxlit sistema sifatida mavjuddir. Bu yaxlitlikni zohiriy va botiniy tushunish mumkin. Yaxlitlikning zohiriy alomati tovushlarning so’z va qo’shimchalarni, so’zlarning gap va so’z birikmalarini tashkil etishida namoyon bo’ladi. Yaxlitlikning botiniy idrokida fonetik omilning qo’shimcha, so’z, so’z birikmalari ma’nolarini, leksik omilning shu tarzda fonetik, grammatik, grammatik omilning fonetik va leksik hodisalarni farqlashi va nutqqa olib chiqishi kabi bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan holatlar etiborga olinadi. Grammatika ongda nutqiy qo’llanishga shay turgan leksemalarni grammatik
vositalar bilan shakllantirib, so’zga aylantiradi, bu so’zlarni o’zaro biriktiradi va fikr almashtirish vositalari sifatidagi vazifasini reallashtiradi.
Tillar o’zaro grammatik xususiyatlariga ko’ra ham tasniflanadi. Masalan, o’zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha bo’laklarni o’z atrofida uyushtirishi, eganing fakultativligi, sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning bo’lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikki yoqlama aloqaga egaligi, to’ldiruvchi va to’ldirilmish, hoi va hollanmish, sifatlovchi va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi va boshqalar boshqa qarindosh tillar bilan birgalikda uning bir til oilasiga kirishini ta’minlaydi. Ammo bu bir til oilasiga kiruvchi barcha tillar orasidagi farqlarning mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o’xshashliklar, morfologik qurilishida esa farqlar ko’proqdir.
Til hamisha taraqqiyotdadir. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga beriladi. Ijtimoiy hayotning o’zgarishi leksikada keskin o’zgarishlar yasaydi. Yangi so’zlarning vujudga kelishi, so’zlarning tirilishi, iste’moldan chiqib ketishi kabilar bunga misoldir. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o’zgarishlarga befarq bo’lib, unda faqat vaqt o’z izlarini qoldiradi. CHunki yaqin yillarda tubdan o’zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o’zbek tilining morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o’zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalilidir. Lekin asrlar davomida bunday o’zgarishlar bo’lib turadi. Masalan, eski o’zbek tilida -gu affiksi yordami bilan yasalgan ish otiga -m, -ng affikslari qo’shilib, ushbu so’zning kesim ekanligini ko’rsatgan: Men ko’rgum tipida. Bu hozirgi o’zbek tilida kuzatilmaydi. Ul, alar, and in, an da, ko’zun ko’rub (ko’zi bilan ko’rib) kabi qator so’z shakllar fikrimizning dalilidir. Yoki eski o’zbek tilida Bu sening, Bu mening ko’nnishidagi sintaktik qurilma mavjud bo’lgan. Uhozirgi kunda Bu seniki, Bu meniki ko’rinishiga ega.



Download 2.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling