1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


TOVAR SERTIFIKATLANGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI OLISH HUQUQI


Download 96.1 Kb.
bet14/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

TOVAR SERTIFIKATLANGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI OLISH HUQUQI;
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq iste’molchi uchun mo‘ljallangan barcha mahsulotlar baholanishi va mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda maxsus 76 hujjat — muvofiqlik sertifikati berilishi kerak. Bunda iste’molchi sotuvchidan mahsulot sertifikatlanganligi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega. Mazkur belgi mahsulotda shtrix-kod yonida joylashgan bo‘lib, mahsulot odamlar hayoti va sog‘lig‘i hamda uning atrof muhiti uchun xavfsizlik talablari standartlariga javob berishini bildiradi. «Muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.Ishlab chiqaruvchi — iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor. XARID QILINGAN TOVARNI ALMASHTIRISH YOKI QAYTARISH HUQUQI Past sifatli yoki nuqsonli tovar sotilgan taqdirda, iste’molchi o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qitishga haqli: — tovarni ayni shunday rusumli (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; — tovarni boshqa rusumdagi (modelli, artikulli) ana shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish; — xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; — shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni tiklash. Xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish shuni anglatadiki, agar siz biror nuqsoni bo‘lgan yozuv stolini xarid qilgan bo‘lsangiz, sotuvchi esa uni almashtirib berolmasa yoki nuqsonlarini bartaraf etolmasa, siz ushbu nuqsonlari bo‘lgani sababli xarid buyumining narxini pasaytirishga haqlisiz. «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq xaridor 7 kunlik muddatda tovarni xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli. Agar tovar boshqa rusumli xuddi shunday tovarga almashtirilayotgan bo‘lsa, narxlar orasida farq bo‘lgani uchun qayta hisob-kitob qilinishi kerak. Masalan, onangizning tug‘ilgan kuniga qora rangli sumkacha sotib oldingiz, lekin uning kiyimiga jigarrang sumkacha mos keladi. Bu holda uni sizga kerak bo‘lgan sumkachaga almashtirib berishlari mumkin. Lekin do‘konda sizga zarur sumkacha bo‘lmasa, siz xarid qilingan tovarni qaytarishingiz va unga to‘langan summani qaytarib olishingiz mumkin. Biroq shuni ham yodda tutish lozimki, xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarib berish talabi faqat tovar iste’molda bo‘lmagan, barcha xossalari va sifati saqlangan taqdirda hamda u aynan shu sotuvchidan xarid qilinganligi isbotlanganida (ya’ni do‘kon cheki bo‘lganidagina) qondiriladi.



Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling