1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja
-Mavzu; Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar
Download 96.1 Kb.
|
Huquq maruza (2)
16-Mavzu; Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar
Reja 1.Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar. 2.O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishning huquqiy oqibatlari. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VIII bobi «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar», IX bobi esa «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» deb nomlanadi. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga urushni targ‘ib qilish, agressiya, urushning qonun va udumlarini buzish, genotsid, chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish, terrorizm, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish, terrorizmni moliyalashtirish, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishlar kiradi. Ushbu jinoyatlarning obyekti har qanday davlat taraqqiyoti va hayotiy faoliyatini amalga oshirishning sharti bo‘lgan tinchlik va tinch-totuv yashash, insoniyatning yashash huquqi hisoblanadi. G‘ofil odam ko‘z yumib g‘aflat uyqusiga botadi, ey, irodali mard, g‘ofil bo‘lma, hushyor bo‘l. Yusuf Xos Hojib 69 O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarga davlatga xoinlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, josuslik, qo‘poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish kabilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish Jinoyat kodeksining «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» bobiga kiritilganligi bejiz emas, chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir. Jinoyat obyekti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatidir. Prezidentni ko‘pchilik oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar sodir etilgan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat deb hisoblanadi. Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motivi va maqsadi uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatli emas. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «konstitutsiyaviy tuzum» atamasining qo‘llanilishi zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanida e’tirof etilgan ushbu termindan aksariyat davlatlarda keng foydalanilayotganligi bilan izohlanadi. Konstitutsiyaviy tuzumni tavsiflashda mamlakatning iqtisodiy ahvoli, jamiyat a’zolarining turmush tarzi va ijtimoiy holati, mavjud milliy an’analar va qadriyatlar Berilgan rasmlardagi insonlarning hayoti va faoliyati tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning obyekti bo‘la oladimi? Ijodiy faoliyat mazmuni, davlat hokimiyatining mohiyati, boshqaruv shakli va usullari, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan munosabat, fuqarolik institutlarining rivojlanish darajasi, xalqning siyosiy-huquqiy ongi va tafakkuri hamda inson kamoloti kabi qator omillar xizmat qiladi. Konstitutsiyaviy tuzum mohiyatan Konstitutsiyada belgilangan normalarning tabiatiga mos kelib, ularning amalda bo‘lishi konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligini ta’minlaydi. Konstitutsiyaviy normalar asosida konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinadi, ya’ni qonunlar orqali mustahkamlab qo‘yilgan jamiyat hayotiga oid barcha ijtimoiy munosabatlar uzviylikda davom etadi. Konstitutsiyaviy tuzumning huquqiy kafolati bo‘lgan konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof 159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish — eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi... O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi. Jan Jak Russo 71 etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi kunda konstitutsionalizmning asosi sifatida qaralmoqda. Konstitutsiyaviy tuzumga qaratilgan jinoiy harakatlar obyekti respublikamizning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari, davlat hokimiyati tuzilishi va faoliyatining tartibi hisoblanadi. Jinoyat qasddan sodir etiladi.Jinoyatni sodir etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini o‘zgartirishdir. Jinoyat motivlari turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni mavjud konstitutsiyaviy tuzumga, qonuniy saylab qo‘yilgan davlat arboblariga nafrat bilan qarash va hokazo. Bu harakatlar chet el davlatining topshirig‘iga binoan sodir etilgan taqdirda aybdor davlatga xoinlik qilganlik uchun ham javobgar bo‘ladi. Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash 159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish ...Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik — eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi... O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi «Bunday xalqni yengib bo‘lmaydi» Frans Kafka: — Qanaqa kitob o‘qiyapsiz? — «Toshkent — non shahri»… — Ajoyib kitob. Yaqinda men uni bir oqshomda o‘qib chiqdim. — Menimcha, bu kitob san’at asaridan ko‘ra ko‘proq hujjatga o‘xshaydi. — Har qanday chinakam san’at — hujjat, guvohnoma. Bunday bolalari bor xalqni, xuddi bu kitobdagiday, yengib bo‘lmaydi. — Biroq gap, harqalay, sonda bo‘lmasa kerak. — Aksincha! Materiyaning ko‘rinishi atomdagi elektronlar soni bilan belgilanadi. Ommaning saviyasi sanoqli kishilarning ongliligiga bog‘liq. Chexiyalik musiqachi va adabiyotchi Gustav Yanouxning «Kafka bilan suhbatlar» asaridan parcha. Savol va topshiriqlar 1. Yuqorida berilgan matndagi «Bunday bolalari bor xalqni, xuddi bu kitobdagiday, yengib bo‘lmaydi», degan jumlani izohlab ko‘ring. Fikringizni bag‘rikenglik, insonparvarlik, kengfe’llik, mehri daryolik kabi tushunchalar orqali izohlang 2. Davlatga xiyonat qilish nimalarda ifodalanadi? 3. Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish deganda nimani tushundingiz? 4. Tinchlikni asrashda sizning qanday ulushingiz bor? 5. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar deganda nimani tushundingiz? Jinoyat uchun qanday jazo belgilangan? 6. Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar qanday sodir etiladi? Download 96.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling