1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


-Mavzu ; Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Download 96.1 Kb.
bet26/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

19-Mavzu ; Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Reja
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi


2.Ekologiya huquqining maqsad-vazifalari va asosiy tamoyillari.


3 Ekologik javobgarlik tushunchasi, mohiyati va turlari


Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonun hujjatlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi. Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning ijtmoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalaridagi asoslari mustahkamlangan bo‘lib, u atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat-huquqiy mexanizmini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologiya huquqi, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar. Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari majburiyat sifatida qayd etiladi. Bu ekologiyaga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish davlat siyosati darajasida qayd etilganidan dalolat beradi. Konstitutsiyaning «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» bobining moddalarida mulk huquqining mazmuni e’tirof etilishi bilan bir qatorda, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik va ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmasligi, ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi. Konstitutsiyaning 55-moddasida berilgan qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligimizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklari xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya’ni ekologik-huquqiy munosabatlarning davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 55-modda Hozirgi kunda jahonning ko‘plab hududlarida toza ichimlik suvi tanqis bo‘lib bormoqda. Albatta, bularning bari suv havzalari ifloslanishi, ekologik me’yorlar buzilishi tufayli suv zaxiralari sifatining yomonlashuvi oqibatida yuz berayotgani bugun hech birimizga sir emas. Aytish joizki, sanoat chiqindilari va o‘g‘itlardan intensiv foydalanish ko‘pgina hollarda suvda zararli kimyoviy moddalarning ortishiga sabab bo‘lib, noto‘g‘ri sug‘orishlar tuproq sho‘rlanishi va suvning bug‘lanish darajasini kuchayishiga olib keladi. 120 Ekologiya huquqining maqsad-vazifalari va asosiy tamoyillari Еkologiya huquqi tabiat va jamiyat tizimida paydo bo‘ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko‘p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo‘lib, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o‘rganuvchi fandir. Ekologik munosabatlar tizimida tabiiy resurslar, ya’ni yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish keng va muhim o‘rinni egallaydi. Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish oqibatida tabiatda turli ekologik muammolar paydo bo‘ladi va ekologik inqiroz keskinlashadi. Ekologiya huquqining tamoyillari tabiat-jamiyat tizimidagi o‘zaro munosabatRespublikamiz bir qator tabiatni asrash sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar, masalan, 1992-yildagi «Biologik xilma-xillik to‘g‘risida»gi Rio-deJaneyro Konvensiyasi, 1972-yildagi «Dunyoning madaniy va tabiiy merosini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konvensiya, 1995-yil 16-iyundagi «Osiyo va Afrika botqoqliklarida yashovchi va ko‘chib yuruvchi qushlarni himoya qilish to‘g‘risida»gi shartnoma, 1973-yil 3-martdagi «Yo‘qolish arafasidagi yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo-sotiq qilish to‘g‘risida»- gi Konvensiya, 1976-yil 10-dekabrdagi Atrof-muhitga nisbatan harbiy yoki boshqa zarar yetkazuvchi vositalar ishlatilishining oldini olishga doir Konvensiya, 1992-yil 9-maydagi BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi, 1985-yil 22-martdagi «Ozon qatlamini saqlash to‘g‘risida»- gi Vena Konvensiyasi, «Ozon qatlamini buzuvchi moddalar to‘g‘risida»gi Monreal protokoli, YXHTning 1991-yil 17-dekabrdagi «Energetik xartiyasi», 1994-yil 17-iyundagi «Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va/yoki cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash to‘g‘risida» Konvensiya va boshqalarga qo‘shilgan. Huquq tarixidan Ekologik tahdid deganda nimani tushunasiz?
Savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing va ekologik halokatning jamiyatga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ta’sirlarini izohlang. Orol dengizining halokatga uchrashi tabiatga ham katta zarar yetkazmoqda. Mintaqada hayvonot va o‘simliklar olami genofondining deyarli yarmidan ko‘pi, ya’ni baliqlarning 11 ta, sut emizuvchilarning 12 ta, qushlarning 26 ta va o‘simliklarning 11 ta turi yo‘q bo‘lib ketgan.
2. Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini to‘plang va tanishib chiqing. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni aniqlang.
3. O‘zingiz atrof-muhitni, tabiatni muhofaza qilishda qanday ishtirok etasiz?
Orol dengizi tarixidan XX asrning 60-yillarida Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga har yili 56 kub. km suv quyilgan. Aholining sezilarli tarzda ko‘payishi, urbanizatsiya, yerlarning shiddat bilan o‘zlashtirilishi, ekologik oqibatlarni o‘ylamasdan Orol dengizi havzasida yirik gidrotexnik va irrigatsiya inshootlarining qurilishi sayyoradagi eng chiroyli havzaning qurishiga olib keldi. lar yo‘nalishi, chegaralarini belgilab berishda, ekologik-huquqiy mexanizmning barqarorligini kafolatlashda va qonunlar qoida-talablarining ekologik munosabatlarini tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo‘lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimlarga bo‘lishadi: davlat va huquqning umumiy tamoyillari; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillar; tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda qonuniylik, ijtimoiy adolat, oshkoralik, ishontirish va majburlov choralarining kombinatsiyasi, shaxslar huquq va burchlarining birligi va boshqalardan foydalanadi.

1. Matnni o‘qing va ekologik halokatning jamiyatga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ta’sirlarini izohlang. Orol dengizining halokatga uchrashi tabiatga ham katta zarar yetkazmoqda. Mintaqada hayvonot va o‘simliklar olami genofondining deyarli yarmidan ko‘pi, ya’ni baliqlarning 11 ta, sut emizuvchilarning 12 ta, qushlarning 26 ta va o‘simliklarning 11 ta turi yo‘q bo‘lib ketgan.


2. Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini to‘plang va tanishib chiqing. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni aniqlang.
3.O‘zingiz atrof-muhitni, tabiatni muhofaza qilishda qanday ishtirok etasiz?

Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling