1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


Harf va so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/51
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#238259
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga

Harf va so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirish. 
Yozuvga  o'rgatishning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  harf  va  so'zlarni 
qatorlarga  to'g'ri  joylashtirishga  alohida  e'tibor  berish  lozim.  Ularga  birinchi 
tayyorgarlik  mashqlaridan  boshlab  (tayoqcha  yoki  nuqtalarning  orasidagi) 
masofalarni teng saqlashga o'rgatiladi. 
Agar  o'quvchilar  tayoqchalar  orasidagi  masofani  tor  qilib  qo'ysalar,  ularga 
kengroq  qilib  yozish  tushuntiriladi,  aksincha,  ular  orasidagi  masofa  haddan 
tashqari olis bo'lsa, o'qituvchi yaqinroq yozishni o'rgatishi lozim. 
Ba'zi  bir  o'quvchilar  to'g'ri  tushuntirish  uchun  so'zlar  orasidagi  masofani 
ruchkani yo'g'onligiga teng qilib olish mumkin, degan ko'rsatmalarni    beradilar.     
Bunday    tushuncha    noto'g'ridir,     chunki o'quvchilarning ruchkalari har xil 
bo'lishi  mumkin.  Undan  tashqari,  ruchkani  daftar  ustiga  qo'yib  o'lchash  ham 
yozuv qoidalariga ziddir. 
Soddalashtirilgan  harflar  bilan  yozuvga  o'rgatishning  asosiy  maqsadi 
o'quvchilarning chamalash qobiliyatini o'stirish va masofaning mustaqil ravishda 
aniqlashga o'rgatishdir. 
O'quvchilarni chamalashga bir qatorda joylashgan harflarning soni bilan ham 
o'rgatish  mumkin.  Masalan,  bir  qatorga  kichik  i  harfidan  10  ta  joylashtrish 
mumkin,  undan  kam  bo'Isa  harflar  orasidagi  masofalar  keng.  Ko'p  bo'lsa  tor 


bo'lib  qolishi  mumkin.  Ammo  bunday  chamalash  mashqlarini  faqat  1-sinfda 
o'tkazish mumkin. 2-4 sifnlarda esa yozuvning yirik va maydaligiga qarab harflar 
bir qatorga oz yoki ko'p joylashishi mumkin. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling