harflar esa kichik harflarga nisbatan ikki barobar katta qilib yozdiriladi.
Birinchi sinfning oxirlari va 2-sinfdan boshlab ayrim o'quvchilarda
yozuvning
maydalashib, qatorlar orasidan pastga
tushib borishini
ko'rish mumkin. Bu yozuv tezligini oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Bir chiziqli daftarga mashq qilishdan oldin, o'qituvchi doskada harflarni bir
tekis, ravon yozish qoidalarini mukammal tushuntiradi. Chunki bir chiziqli
daftarda harflarning balandligini belgilab turuvchi tekshiruv chiziq nuqta, endi
o'quvchi ularni chamalab yozishga o'rganishi lozim.
Masalan, bir chiziqli daftarni teng uch qismga bo'lib, uchdan bir qismida
kichik harflarni, uchdan ikki qismida esa bosh harflarni yozish lozim:
Kichik va bosh harflar alohida-alohida mashq qildiriladi.
Bir chiziqli daftarga chamalab yozish ancha murakkab, shuning uchun
o'qituvchi dastlabki davrlarda o'quvchilarni diqqat bilan kuzatib borishi zarur.
Yozuvdagi kamchiliklar ayniqsa, 3-4-sifnlarda ko'proq uchraydi, chunki bu
davrda o'quvchilarda kattalarga xos bo'lgan alohida yozuv shakllana boradi. Bu
davrdagi yozuvning shakllanishiga alohida ahamiyat berib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: