1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/51
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#238259
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga

I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish. 
Boshlang'ich sinf dastur talabiga ko'ra 1-sinfning IV choragida yozuv darslari 


uchun 24 soat vaqt berilgan bo'lib, undan haftada 1 soatni chiroyli yozuv uchun 
ajratilgan. 
Bu  davrda  o'qituvchi  yozuv  malakalarini  yanada  takomillashtrish,  yozuv 
gigiyenasi  qoidalriga  rioya  qilish  hamda  harflarning  shakli  va  ularning 
bog'lanishi,  qo'l  harakatini  uzmasdan  yozish,  so'z,  bo'g'in  va  so'zlarning 
ravonligiga e'tibor berishi lozim. 
2-sinfda chiroyli yozuv uchun haftada 1 soat vaqt ajratilib, yiliga 34-35 soatni 
tashkil etadi. 
Bu davrda  o'quvchilardan ruchkani to'g'ri ushlash, daftarning  holatini  to'g'ri 
tutish,  to'g'ri  o'tirish  kabi  gigiyenik  qoidalar  talab  etiladi.  Shuning  harflarning 
sodda va murakkabligiga qarab gruppalarga bo'lib yozdiriladi. Ayrim bo'g'in va 
sodda so'zlar qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozdiriladi. 
3-sinfda  husnixat  mashqlari  ona  tili  darslari  bilan  har  kuni  (8-10  minut) 
qo'shib olib boriladi. 
Bu  davrda  yozilishi  va  bog'lanishi  murakkab  bo'lgan  kichik  va  bosh 
harflarning  yozish  qoidalari  mashq  qildiriladi.  Ayniqsa  bu  davrda  bog'lanishi 
murakkab  bo'lgan  so'z  va  gaplarni  ravon  yozish  ustida  ko'proq  mashqlar 
o'tkaziladi. 
4-sinfda  ham  chiroyli  yozuv  mashqlari  ona  tili  darslari  bilan  har  kuni  (8-10 
minut) qo'shib olib boriladi. 
Bu davrda harflarni qoida bo'yicha to'g'ri yozish malakalari mustahkamlanadi. 
So'z  va  gaplarda  bog'lanishli  harflarni  topib  tahlil  qilinadi  hamda  ravon  va  tez 


yozish  malakalari  rivojlantirilib  o'quvchilarning  yozuvlarda  uchraydigan  tipik 
xatolar ustida mashq qildiriladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling