1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/51
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#238259
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Bog'liq
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga

Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozish. 
Chiroyli  yozuvga  o'rgatishda  harflarning  balandligini  bir  hilda  saqlash 
qanchalik  zarur  bo'lsa,  harflar  va  so'zlar  orasidagi  masofani  to'g'ri  chamalab 
yozish ham katta rol o'ynaydi. 
Alfavitdagi  ayrim  harflar  keng,  ayrimlari  esa  tor  yoziladi.  So'z  va  gaplarni 
yozishda esa ana shu farqni yaxshi ajrata bilish lozim. 


Harflar  va  harf  elementlari  orasidagi  masofani  chamalab  yozishga  alifbe 
davridan  boshlab  o'rgatish,  keyinchalik  esa  buni  sistemali  ravishda  tekshirib 
borish zarur. 
Gaplarni yozishda so'zlar orasidagi masofa bir harf enida bo'lishi kerak. Harf 
elementlari  va  ular  orasidagi  masofani  chamalab  yozishga  o'rgatish  uchun 
quyidagi vazifalar bajariladi: 
1. 
O'quvchilarga  xusnixat  kitobidagi  namunaga  qarab  yozdirib,  ularni  tahlil 
qilish. 
2. 
Xusnixat  kitobidan  harf  va  ularning  elementlari  orasidagi  masofani 
chamalab yozishga mashq va topshiriqni ko'chirib yozish. 
3. 
O'quvchilarning  ishlarini  kuzatib  chiqib,  qaysi  o'quvchi  tor,  keng,  qaysisi 
pala-partish yozganini aniqlash. 
Shundan so'ng 3-4 ta daftarni yig'ib olib, kamligi birgalikda tahlil qilinadi. 
Harf  va  so'zlar  orasidagi  masofani  chamalab  yozishga  o'rgatish  birinchi   
sinfda   butun   o'quv  yili   davomida   sistemali   olib   borilishi, ikkinchi   va   
undan   keyingi   sinflarda   ham   bu   malakalarni   egallash davom ettirilishi 
kerak. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling