1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi
M e n x a t y o z d I m
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Men xat yozdim
M e n x a t y o z d I m
Harflarni bunday alohida yozish yozuv tezligini kamaytiradi, o'quvchi boshqa o'quvchilardan orqada qoladi. O'quvchilarda uchraydigan yana bir kamchilik haddan tashqari mayda yozuvdir: ____________________________ Men akamga xat yozdim _________________________ Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik yozadilar: Men xat yozdim Haddan tashqari mayda yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi. Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim. Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib o'tamiz. 1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadilar: Bunday xatolarni yo'qotish uchun shu element yozilishini qayta mashq qildirish lozim, chunki bu element ko'pchilik kichik harflar uchun asosiy element hisoblanadi. 2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha buzib yozadilar. Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun ilmoqlarni to'g'ri yozishga o'rgatish lozim. 3. Tagi tugunchakli uzun tayoqcha shaklidagi elementni ham quyidagicha buzib yozadilar: Bunday xatolar o'quvchilarning yozuvning qiyaligiga e"tabor bermasliklari natijasida sodir bo'ladi. 4. Tagi tugunchakli elementni haddan tashqari kichik yoki katta qilib yozadilar: Bu xatolarning oldini olish uchun shu elementni harflar bilan bog'liq holda yozib ko'rsatish va harfga taqqoskash zarur. 5. Katta N, M harflarini yozishda uning birinchi elementini noto'g'ri yozadilar: Bu xatoni yo'qotish uchun shu elementni kattalashtirib ko'rsatish lozim. 6. O'quvchilar kichik cho'zinchoq doira shaklidagi O harfmi yozishda ham ayrim xatolarga yo'l qo'yadilar. Bu harfni yozishda uchragan kamchiliklarni tuzatish uchun katta o'lchamdagi quyidagi jadvaldan foydalanish lozim. Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar bo'lishini ko'rsatib o'tdik, bunday kamchiliklar bosh harflarda ham, kichik harflarda ham uchrashi mumkin. Bosh harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib boorish mumkin. Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanmaslik ham sabab bo'ladi. Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi. Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak. Agar o'quvchilar harflaming shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflaming baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, bunday o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini ko'proq butunlay uzib yoziladigan harflaming shakliga qaratish lozim. Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilami ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. Harflaming qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi. Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va tekshirib borishi zarur. Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda, ularga bo'lgan munosabatlar ham ozgarmoqda. Ayniqsa, soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchayadi. Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan muammolar mavjud. Biz bu muammolarni mazkur qo'llanmada yoritishga harakat qildik. Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va mahorat talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli yozuvga o'rgatishning murakkabligini hisobga olib, yozuv malakasini shakllanishida asosiy rol o'ynovchi yordamchi qiya chiziqlarni saqlab qoldik. Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish mumkin. Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat harflar namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika vositalari: diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beraidi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling