1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


Download 1.55 Mb.
bet66/82
Sana19.09.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1681576
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
Bog'liq
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori, «oilaviy qahri qattiqlik» va zo’ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi.

Qahrli munosabatlar (haqorat, xo’rlash) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi, qaramog’iga olgan odamlar tomonidan zarar yetkazilishining ko’pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga bolala jismoniy zarar yetkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash, ko’p takrorlanuvchi noo’rin jazolar kiradi.
Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, ko’chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida duch kelishlari mumkin.
SHunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta.
Bu esa bolalaga uni o’zi haqida, men yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli emasman deb o’ylashlariga sabab bo’ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog’lig’iga katta zarar yetkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanligida xavf tug’diradi.

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo’ladi. Jamiyatni boy va kambag’allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag’allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyatsiya va ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.

  2. Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy axloqiy darajaning pasayishi bo’lsa, qadriyatli, birinchi navbatda axloqiy xulqning buzilishi, boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida yuzaga kelishiga olib keladi.



5. O’smirlarda deviant hulq-atvorning oldini olishga asosiy yondashuvlar

Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o’sishi jamiyat oldiga ijtimoiy me’yorlardan og’ishgan xulqli o’smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo’ygan. SHu sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli o’smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va amaliyotda keng tarqalgan.


Profilaktika (oldini olish)-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og’ishganlikning turli ko’rinishlariga asosiy sabab bo’luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo’naltirilgan davlat, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlarining yig’indisidir. O’smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan profellaktik ishlarning bir necha shakllari mavjud.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling