1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


Download 1.55 Mb.
bet69/82
Sana19.09.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1681576
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
Bog'liq
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

GLOSSARIY - LUG’AT
Anomal bolalar – me’yoriy psixik va (yoki) jismoniy rivojlanishda og’ishganlik holatida bo’lgan hamda ularning asoratlarini yengib o’tishda maxsus korrektsiya (tuzatish) metodikalarini qo’llanilishiga muhtoj bolalar.
Iqtidorlilik – me’yordagi yosh ko’rsatkichlariga nisbatan aqliy rivojlanishida odinda bo’lgan yoki rivojlanishida maxsus iste’dodi bo’lgan (musiqa. badiiy ijodda va h.k) bolalar.
Ijtimoiy me’yor – jamiyat hayotiga muvofiq belgilangan madaniy qadriyatlarga monand va jamiyatning barqarorligi hamda yaxlitligini ta’minlovchi huquqiy, ma’naviy-axloqiy xulqiy va insonlar faoliyatini, hatti-harakatini boshqaruvchi standartlar.
Deviant xulq - ijtimoiy va axloqiy me’yorlarga mos kelmaydigan, guruhlar yoki yaxlit jamiyat uchun muvofiq bo’lmagan xulq-atvor.
Delikvent xulq - o’rnatilgan huquqiy me’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi hatti-harakatlarni sodir etuvchi hulq-atvor.
Qarovsizlik – Ota-onalar yoki ular o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalash haqidagi g’amxo’rlik qilinmaydigan bolalarning xulq-atvori, nazoratsiz qolishi.
Ijtimoiy-pedagogik profilaktika - negativ xulq-atvorli bolalarning ijtimoiy og’ishganlik holatlariga olib boradigan asosiy sabab va sharoitlardan ogohlantirishga yo’naltirilgan tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlar yoki sog’lig’i sababli jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lmagan (nogiron bolalar), ijtimoiy maqomi o’zgargan (yetim bolalar), hulqiy og’ishgan (qarovsiz bolalar), huquqbuzar bolalar va boshqalarning oldini olish choralari.
O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar

  1. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada «me’yor» va «me’yordan og’ishganlik» tushunchalari ko’rib chiqiladi?

  2. «Ijtimoiy og’ishganlik» tushunchasining mohiyati nimadan iborat?

  3. «Deviant hulq», «delikvent xulq», «kriminal xulq» tushunchalari mohiyatini ochib bering.

  4. Deviant hulqli o’smirning asosiy sabablarini ayting va asoslab bering

  5. Deviant hulqni ogohlantirish va oldini olishda axborotli, ijtimoiy- profilaktik, tibbiy-biologik va ijtimoiy-pedagogik yondoshuvlarning xususiyatlari nimalardan iborat?


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling