1-Mavzu: Ijtimoiy psixologiyaga kirish. Ijtimoiy psixologiyaning shakllanish tarixi (2 soat) reja
Ijtimoiy psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi
Download 82.97 Kb.
|
1-mavzu-1
Ijtimoiy psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi
Sobik ittifok davlatlarida, birinchi navbatda Rossiyada ijtimoiy psixologiya 20-yillardan keyin rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb xakli ravishda V.M.Bexterev ni kursatish mumkin. U uzining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxe xulk-atvorining motivlarini tushuntirishga uringanlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulk-atvorda, xarakatlarda ifodalanadi, shuning uchun xam tashki xarakatlarni, kiliklarni, nutkni, tovushni urganish orkali shaxening uzini va bu xarakat- larning sabablarini aniklash mumkin. Bexterev karashlaridagi kamchilik shu ediki, u uz ilmiy xulosalarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, Shu orkali shaxe va jamiyat tarakkiyotining universal konunlarini topmokchi buldi.Bexterevdan keyingi olimlar, chunonchi, Yu.Vasilev ning “biologik sotsiogogiyasi” xam, M.A.Reystnertt “ommaviy psixo- logiyasi” x,am, L.N.Voytolovskiytng “jamoa psixologiyasi” xam reflekslar konunini mexanik tarzda ijtimoiy-psixologik jarayonlarni tushuntirishga kuchirish buldi, desak xato bulmaydi. 20-30-yillarda bolalar va usmirlar ijtimoiy-psixologik tarakkiyotuni urganishga karatilgan ikki yunalish paydo buldiki, ular xam kator kamchiliklardan xoli bula olmadilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol uynaydi, deb xisoblashsa (Ye.Arkin, I.Aryamov va boshkalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muxit rolining nixoyatda katta ekanligini ximoya kilib chivdilar (S.Molojavsh, A.Zalktd va boshqalar). 30-yillarda A.S.Makarenko, A.Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.KKrupskaya, M.Suxomlinskiy va boshka kator olimlar uz nazariy xamda amaliy karashlarida kuprok jamoa va shaxe uzaro boglik- ligini isbotlovchi nazariyaga asos yaratdilar. Ular shaxening shakllanishida ijtimoiy muxitning, jamoaning rolini, ta’lim- tarbiyaning axamiyatini isbotlashga urindilar. 40-60-yillarda ijtimoiy-psixologiya tarakkiyotida nisbatan sokinlik davri buldi. Chunki psixologiya soxasida olib borilgan tadkikotlar ichida ijtimoiy-psixologik tadkikotlar yuk xisob edi. Bu fan Rossiyada va boshka sobik ittifokdosh respublikalarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda moskvalik va leningradlik (xozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol uynadi. Agar Moskva shaxrida, asosan, ijtimoiy psixologiya buyicha fundamental nazariy tadkikotlar kuplab utkazilib, unda xozirgi zamon ijtimoiy-psixologik tadkikotlarning empirik konunlari asoslari ishlab chikilgan bulsa, Sankt-Peterburgda kuprok tatbikiy ilmiy tadkikot ishlari olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiya- lab yetishtirdilar. Yangi avlod psixologlari uz navbatida fanga ilgor fikrlar va tadkikotlarda kulga kiritilgan dalillar bilan kirib kelib, xozirgi kun ijtimoiy psixologiyasining rivojiga salmokli xissa kushdilar. Lekin shuni aloxida ta’kidlash urin- liki, Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida xorij psixologiyasining, ayniksa, Amerika Kushma Shtatlarida utkazil- gan eksperimental bazaning ta’siri ancha sezilarlidir. Download 82.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling