1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Download 398 Kb.
bet17/45
Sana09.01.2022
Hajmi398 Kb.
#268722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Shahar 210121161844

Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

  • Dars o’tish usullari:

Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

  • Darsning xrono kartasi-80minut.

  • O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

  • Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

  • Yo’qlama-5 minut

  • Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

  • Yangi mavzu bayoni-50 minut

  • Sinov savollari namunasi-5 minut

  • Uyga vazifa berish

Termiz.

Termiz shahri IX asrga kelib, tom ma’nodagi o’rta asr shahariga aylandi. U uch qism: ark, shahriston va raboddan iborat bo’lib, ularning har biri maxsus mudofaa inshoatlari bilan o’ralgan bo’lgan. Manbalarda qayd etilishicha, hokim saroyi shahar arkida, Jome masjidi, bozor va zindon shahristonda, namozgoh masjidi esa rabodda joylashgan ekan. X asrdan boshlab, Termiz Movarounnahrning yirik shaharlaridan biriga aylandi. Shu boisdan, karvon yo’llari yoqasida joylashgan barcha manzillargacha bo’lgan oraliq masofa ham Termizdan hisoblanardi. Arab – fors manbalarida Termiz va temir darvoza oralig’ida Hoshimgird, Roziq Raboti, Xushvara, Karna, Dari Ohanin kabi manzillarning nomlari uchraydi. Termiz-Chag’oniyon o’rtasida Termizdan bir kunlik masofada hozirgi Jarqo’rg’on atrofida Sarminjon (forsiyda-Jarminjon), Bush, Jaloir qishlog’i markazi Darzangi, undan so’ng Barangi kabi mavzelar joylashganligi qayd etiladi.Shuningdek Termiz haqidagi ma’lumotlarni ibn Xordadbeh (820-913) «Kitob masolik ul-mamolik» (Yo’llar va mamlakatlar haqida) asarida. «Termiz daryo yoqasida, devorlarini Amuning suvi yuvib turadigan qoya ustida joylashgan», deb e’tirof etadi. Xuddi shu ma’lumot X asrda yashab ijod qilgan Abulfaraj Qudamaning «Kitob-ul xiroj va sa’nat al-maktub» («Xiroj undirish va maktublar yozish san’ati haqida kitob») nomli asarida ham takrorlanadi.

Yirik olim Abu Ja’far Muhammad ibnJarir at-Ta’bariy «Tarix ar-rusul val-muluk» («payg’ambar va podsholar tarixi ») Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy al-Istaxriy (850-934) «Masolik ul mamolik» («Mamlakatga olib boriladigan yo’llar haqida») asarlarida Termiz viloyatining chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo’linishi, aholisi va uning mashg’uloti, mashhur kishilari, savdo-sotiq masalalari haqida ma’lumot beradi. Ya’ni: bozor imoratlari xom g’ishtdan qurilgan. Katta ko’chalarga va maydonga pishiq g’isht yotqizilgan. Jayxun bo’yida daryoning kechuv joyida shahar aholisi istiqomat qiladi. Termizning ekinzorlari Sag’aniyon daryosidan sug’orilgan. Aholi uchun ichimlik suvi qovurlari orqali Jayhun daryosidan olingan.

X asr oxirida yashagan Al-Muqaddasiy o’zining «Ahsan at-taqosim fi ma’rifat alqosim» («Iqlimlarni o’rganish uchun yaxshi qo’llanma») nomli asarini yozib qoldirgan. Muallif, Termiz Jayhun bo’yidagi eng katta shahar ekanligi, bu yerga ko’plab ziyoratchilar, savdogar kelishini aytgan. Shaharning har bir mahalla va uy-xonadonlariga sopol suv qovurlari o’tkazilganligini ta’kidlaydi.

X asrning ko’zga ko’ringan olimi, Istaxriyning shogirdi sayyoh geograf Ibn Havqal (Abul Qosim ibn havqal al-Nisibiy) ustozining iltimosiga ko’ra «Kitob ul masolik» ning xatolarini tuzatib, unga xaritalar kiritgan. «Kitob ul masolik v aul-ma-molik», «Kitob surat al-arz» («Yerning surati») nomli asarlar mualifi ibn Havqal o’z asarlarida Sag’aniyon Amudaryoga Termiz shahridan pastroqda qo’shilishini tasvirlangan. Ibn Havqal o’z asarida Istaxriy qo’llagan «qal’a» atamasini ishlatilmaydi balki, faqat ko’handiz-eski qo’rg’on haqida ma’lumot keltiradi. xolos.

Bu davrda Termiz va Chag’aniyonda hunarmandchilik jadal rivojlangan. Mashhur shaharlardan tashqari, bir qator qishloklarda xam xunar ahli ustaxonalari ish olib borgan. Masalan, Dalvarzintepa yonidagi Garmalitepa kishlog’ida kulolchilik ustaxonasi faoliyat kursatganligi ma’lum.Termizda ulkan kulollar mahalasi bilan bir katorda temirchilar, shishasoz mahallalari ham mavjud edi.

Ulkada paxtachilik asosida tukimachilik sanoati tarkkiy etgan bulib, Chag’aniyonning Darzangi qishlog’i to’qimachilar markazi xisoblangan. Bu yerdan tashka bozorga ip-kalava paxta yog’i, har xil to’qima matolar ishlab chiqarilgan.

Boysun va Qo’hitang toglaridagi konlarning jadal o’zlashtirilishi temirchilik rivojiga katta ta’sir kursatib, X asrdan e’tiboran Boysun tog’i janubiy yonbag’ridagi Tuda, Xo’ja, Qoshqaron, Altami Xomkondagi cho’yanli, Qo’hitangdagi Kamartepa (Konimur) atrofida konchilarning yirik-yirik ustaxonalari va mahallalari vujudga keldi.

Termiz shahri rabotining Amudaryoga yakin joyida mahallalari bulgan temirchi ustalar mehnat qurollari bilan bir katorda antika shamdon, ayollar uchun pardoz buyumlari va kuzgular, uy-ro’zg’or buyumlari, harbiy qurol-aslaha, ot-ulov anjomlarini yasab ichki va tashki bozarga chikarib turganlar. Termizlik va chag’aniyonlik ustalar temir buyumlarni quyma va bolg’alash usulibida yasagan bo’lsalar, misgarlar mahsulotlariga bezak berishda uyma- chizma naqsh usullaridan keng foydalanganlar. Budrach shaharchasini qazish jarayonida topilgan idishlar xazinasi o’lkada misgarlik yuksak taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Bu xazina XI asrga oid turli-tuman idishlardan, jumladan kata qozonlar, hovoncha, shamdon ko’zalardan iborat.

IX-XII asrlar davomida o’lka hunarmandlari ko’k, havorang shishadan qadahlar, turli shakldagi idishlar, kimyogarlar foydalanadigan, kolbalar, grafinlar va pardoz-andoz buyumlarini g’oyat mohirlik bilan yasaganlar. Ayniqsa, Termizdan shohlar saroyidan topilganshisha taqinchoqlar betakrorligi bilan ajralib turadi. Termiz shishasozlari O’rta Osiyoda birinchilardan qatorida panjaralar uchun maxsus shishalarni tayyorlaganlar. Ularda badavlat chavandozning ov qushi bilan yoki ovchi ayolning oti ro’parasida ov qushini qo’lida ushlab turgan holatlari tasvirlangan. Taqinchoklardan birida yeldek uchib borayotgan jayron atrofida arab tilida bitilgan «Sultonlar sultoni Abu Muzaffar Bahrom shohga» degan yozuv saqlanib qolgan.

XI asrdan boshlab Termiz va Chag’aniyonda idiщlar-sirlash mukammal o’zlashtirilgan. Bu davr sopol idishlari, xususan, kosa, lagan, taqsimcha, ko’zalar yashil, jigarrang va sarg’ish sirlarga bo’yalgan. Ba’zi idishlar oq ranga bo’yalib ustidan ko’fiyuslubida qora va jigarang yozuvlar bilan bezatilgan. Idishlarni bir kismi maxsus qoliplarda yasalgan.

XI-XII asrlarda idishlarning turlari, ranglar jilosi yanada boyib, naqshlar ustidan yaltiroq bilan qoplana boshlaydi. Sirli ko’zalar bilan dong taratgan termizlik kulolar yasagan buyumlar nafaqat, Movarounnahr, balki Xorazm, Xuroson, Iroqi, Ajam, Hindiston bozorlarida ham xaridorgir bo’lgan.

Shu davrdan hunarmandchilikni boshqa boshka turlari jumladan, kemasozlik,sovun tayyorlash xam tarakiy etgan. Bu yerda yasalgan kata-kichik kemalar Amudaryo bulida joylashgan shaxarlar urtasida katnab turgan. Shuningdek, zargarlik, gilamchilik, kunchilik va boshka xunarmandchilik soxalari rivojlangan.

Shaxarning iktisodiy xayotida ichki va tashki savdoning urni yukori bulgan. Shaxar xazinasiga tushadigan daromadning katta kismini aynan savdodan kelib tushgan foyda tashkil etgan.bu davirda tovar ayirboshlash va boshka oldi sotdi ishlari tanga pullar orkali bajarilgan. Ichki savdo asosan, miss tangalar-felslar va kisman kumush tanga dirxamlar vositasida olib borilgan. Uz navbatida shaxarliklar uz xunarmandchilik maxsulotlarini kishlok va kushni chorvador kabilalar talabini kondirganlar. Shaxarliklar esa qishlok xo’jalik va chorva maxsulotlarini xarid kilganlar.

Ibn Xaukalning kayd kilishicha, Termiz karvonsaroylari juda serxasham va ular katta daromad keltirganlar. Ibn xaukalning bu suzlari Termizda olib borilgan tadkikotlar davomida tulik tasdiklanmokda. Shaxar rabotida ochib urganilgan karvonsaroy xarobasi uzining me’moriy tarxi va boy ichki kurinishi bilan ajralib turadi.

Makdisining kayd kilishicha, bu davrda Termiz shark tabobatida asab va tutkanok kasalliklariga qarshi ishlatiladigan assafetida moddasini savdo kilgan. Bundan tashkari bu moddadan shark xalkalari taom va ichimliklarga xush ta’mlik berishda keng foydalanganlar. Bu moddani uzoklarga yetkazishda termizliklar «simob ko’zacha» deb nom olgan idishlardan foydalanganlar.


Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling