1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja
Download 398 Kb.
|
Shahar 210121161844
Ilk o’rta asrlarda Kesh.
Janubiy So’g’dning Shahrisabz – Kitob voxasi arxeologik va me’morchilik yodgorliklari halq xunarmandligi, amaliy va badiiy sa’nat markazlari keng tarqalgan o’lka bo’lib, uning tarixi ham muhim voqyealarga boy. Voha qadimgi savdo yo’llari chorrahasida joylashgan, yozma manbalarda uning to’hrisida turli tarixiy ma’lumotlar saqlanib qolgan. O’rta asrlar yozma manbalarida Kesh deb atalgan viloyat hududi Zarafshon tizma tog’ining janubiy yonbag’irlaridan boshlanib, hozirgi Kitob, Shahrisabz, Yakkabog’, G’uzor va O’radaryo voxasi yerlarini o’z ichiga olganligi qayd etilgan. Uning markaziy shahri – Shahrisabz Kitob vohasida rivoj topgan. «Kesh» atamasi, tangalardagi yozuvlarga ko’ra («Kesh podshosi», «Axurpat Kesh hokimi»), VI-VII asrlarda paydo bo’lgan. Ammo viloyat nomining kelib chiqishi ancha qadimgi davrlarga mil. avv. XI-VIII asrlarga borib taqaladi. «Avesto» da keltirilgan Gava So’g’da («So’g’d makoni») tushunchasi aynan yuqorida qayd etilgan hududga, ya’ni Qashqadaryo vohasining sharqiy qismidagi tog’oldi va tog’li hududlarga tegishli bo’lgan. Ushbu so’zning o’zi (Gava, Gau) Kitob, – Shahrisabz va Yakkabog’ tumanlardagi ko’pgina zamonaviy atamalarda saqlinib qolgan. Bo’lar – Gavdara, Gavtepa, Gavxona, Gavmard, Gavmurda, Govmardtepa, Gav tog’lari, Gav cho’qqisi singari, ko’p hollarda joylar, qadimgi yodgorliklar, qishloqlarning nomlaridir. «Gav» iborasining avesto tilidagi aynan biri bo’lmish to’qimachilik to’gri-sida ma’yaumot beradi. Undan tashqari shaharda kulollik, temirga ishlov be-rish, qurilish ashyolari va bo’yoq ishlab chiqarish, shishasozlik, nonvoylik, qan-dolatchilik taraqqiy etgan. Shuning-dek, Kesh o’zining qizil tuzi bilan ham mashhur bo’lgan. Shaharning gullab-yashnagan davri VII asrning birinchi yarmiga to’gri kelib, bu davrda Kesh So’gdning (Kashqadaryo va Zarafshon vodiylari) poytaxtiga ay-landi. Yozma manbalar va numizmatik manbalarda ushbu davrda Keshni boshqar-gan uchta hukmdor — Dichje, Shishpir, Axurpat to’grisida ma’lumot berila-di (11). Muqanna qo’zgolonini bostirish ja-rayonida^Kesh vayron etildi va IX asrga kelib tushkun ahvolga kelib qoldi. Bu yerda (Kitob o’rnida) XVIII asrga qadar shahar hayoti izdan chiqqan. Shahrisabz o’rnida shakllangan savdo-hunarmandlik markazi juda tez ri-vojlana borib, XII asrga kelib ancha katta hajmga ega bo’ldi. Buning asosiy sabablaridan biri ushbu manzilning Cha-goniyondan Samarqandga boruvchi karvon yo’lida joylashganligi edi. «Al-Musallo»ning joylashgan o’rni borasida manbalarda ma’lumotlar yo’q. Bu yerda faqat Kesh hukmdorining qo’rgon-qarorgohigina joylashganmidi yoki mo’gul bosqiniga qadar butun Kesh viloyati markazi bo’lgan shahar shakllanganmidi? Ma’muriy markazlarning turli tarixiy davrlarda bir hududdan boshqa hududlarga ko’chishi tabiiy-geografik, siyosiy yoki ijtimoiy-iqtisodiy sabab-lar bilan bogliq bo’lgan. VIII—X asrlardagi Kesh uchun bunday vaziyat arab noiblarining ma’lum maqsadga yo’nal-tirilgan faoliyati bilan bogliq bo’lib, sababi Kitob o’rnidagi isyonchi shaharni, uning mudofaa inshootlari hamda ilgari barcha Kesh hukmdorlari, xususan «Kesh hukmdori» yozuvi bilan tanga zarb qilgan Shishpir va Axurpat joylashgan qarorgohi bo’lgan arkni qayta tiklamaslikdan iborat edi. Shahrisabz atrofida joylashgan o’rta asrlar shaharlari ichida ark va murakkab tarhga ega bo’lgan Choshtepa hamda Sariqtepa yodgorliklari diqqatni tortadi. Choshtepa Shahrisabzning janubi-garbiy chetida joylashgan. Bir vaqtlar maydoni 10 gektarga teng bo’lgan yirik manzilgohda to’griburchak shaklidagi keng xandaq bilan o’ralgan qo’rgon (125x100 m, balandligi 10 m) saqlangan. Fikrimiz-cha, Choshtepa qo’rgon va mustahkamlan-magan yashash qismidan iborat inshoot turini ifoda etadi. Shahrisabz hududida kelajakda olib boriladigan arxeologik tadqiqotlar Keshning IX—X asrlardagi qarorgohini aniqlash masalasiga aniqlik kiritishi mumkin. Fikrimizcha, u Choshtepa o’rnida joylashgan. Shu bilan birga, IX—XYa asrlar Keshi ikki qismdan — ark va mustahkamlangan shahristondan iborat nisbatan o’rta hajmli shahar bo’lishi mumkinligini ham inobatga olish kerak. Ushbu turga Choshtepa bilan birgalikda hozirgi Shahrisabzdan garbda joylashgan Sariqtepa yodgorligi ham kiradi. Shahrisabz atrofidagi o’rta asrlar manzilgohlarini o’rganish borasidagi dastlabki kuzatishlar IX—XII asryaar-da Kesh nisbatan o’rta o’lchamlarga ega bo’lgan shahar ekanligini ko’rsatdi. X asr arab geograflari tomonidan Keshning «tashqi shahari» sifatida talqin qilingan shahar Shahrisabz o’rnida rivoj topgan. Uning qarorgohi Choshtepada joylashib, IX—XII asrlardagi sav-do va hunarmandlik manzilgohi Shahrisabzning tashqi qo’rgoni bo’lgan. IX—XII asrlar Kesh shahri tarixiga oid ma’-lumotlar juda kam. Shu davr bilan bogliq bo’lgap moddiy manbalar (sopol idishlar, shisha buyumlar, munchoqlar) va paxsadan qurilgan uy-joy, devorlar-ning qoldiqlari Shahrisabzning markaziy qismida topilib tekshirilgan. Ibn Xavqalning «Yo’llar va yurtlar» asarida Kesh haqida quyidagi ma’-lumotlar saqlangan: «Kesh shahristonida to’rt darvoea bor: Temir darvoza, uning yonida Ubaydulloh darvozasi va to’rtinchisi — tashqi shahar darvozasi. Tashqi shaharda ikkita darvoza bor: ichki shahar darvozasi va Barkanon dar-vozasi. Siyom toglaridan boshlangan daryo shaharning janubida oqadi, yana bir daryo — Asrud; Kashqrud rustoqidan boshlanib, shaharning shimolida oqadi» (13). Shahrisabz hududida joylashgan qadimgi yodgorliklardan Balandtepa (Zindontepa) muhim ahamiyatga egadir. Rivoyatlarga ko’ra, XIV—XV asrlarda tepa o’rnida shahar zindoni joylashgan, shuning uchun u Zindontepa deb atalgan. M.Ye.Massonning fikricha, VI—VIII asr-larda bu yerda baland poydevorli uy-qo’rgon joylashgan. Xozir ham tepa xa-robalarining balandligi 15—20 metrga teng. Arxeologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida tepaning markaziy qismida yirik inshoot qoldiqlari topib, tekshirildi. Ammo arxeologik qazishlar davrida topilgan xo-nayaarda oshxona o’choqyaari va kul qat-lamlari, mehnat qurollari, don saqlash uchun ishlatigan katta hajmli sopol idishlar (xumlar, xumchalar) va ro’zgor buyumlari uchramadi. Balandtepa o’rnida dehqonchilik xo’jaligi bilan bog-liq bo’lgan oddiy uy-qo’rgonning rivoj-langanligi o’z isbotini topmadi. Shu bilan birga, bir qator ma’lumotlarga ko’ra, baland va mustahkam poydevor ustiga qurilgan yirik inshoot, xonalar-da uy-ro’zgor, oshxona va xo’jaliklar (dehqonchilik, chorvachilik) bilan bogliq ashyo-lar uchramaganligi bois Balandtepa o’rnida, ehtimol, ilk asrlarga oid ibo-datxona bo’lgandir, deb taxmin qilish mumkin. VII asrda Kesh atrofida aholi tomonidan qadrlangan maxsus ibodatxona bino qilingan. Harbiy yurishlardan oldin ushbu ibodatxonaga keshliklar 10 mingta qo’y qurbon qilib, o’z xudolari-dan dushmanlar ustidan golib chiqishda madad so’raganlar. Bu voqyealar Kesh So’gdiyenaning poytaxti bo’lgan davrga (Shishpir hukmdorligi davri) to’gri ke-ladi. VIII asrda Keshning mashhur ibo-datxonasi vayron etilgan. Somoniylar va Koraxoniyyaar davrida Kesh viloyati asosiy siyosiy voqyea-lardan chetda bo’lgan va shu tufayli ham yozma manbalarda Kesh shahri to’gri-sida ma’lumotlar kam keltiriladi. Somoniylar davrida Zarafshon vohasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o’lka hisoblangan. O’rta asr tarixshunoslari va geograflarining asarlarida Kesh haqida ma’lumotlar kam bo’lsa-da, ularda voha juda serhosil, tabiiy boyyaiklarga boy bo’yaganligi, unda ko’plab qishloqlar va markazlari shaharlar borligi ta’kidlanadi. Yozma manbalar ma’lumotlari arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan birgalikda Ushbu davr tarixiy – madaniy jarayonlarni baholash imkonini beradi. Kesh viloyatida dehqonchilik qadimgi zamonlardan boshlab, asosan sun’iy sug’orishga asoslangan. Zarafshon va Hisor tog’laridan boshlangan ko’plab soy va daryolardan chiqarilgan turli xil kanallar mavjud bo’lgan. Tog’ oldi yerlarida lalmikor dehqonchilik ham yaxshi rivojlangan, donli ekinlarni turli navlari (Arpa, bug’doy) ekilgan. Paxta yekish va uzum yetishtirish yaxshi yulga kuyilib, bog’dorchilik ham keng rivojlangan. Ibn Havqal Keshda «ajoyib bog’lar mavjud» deb yozgan. Al – Maqdisiyning yozishicha, Kesh hududi «juda serhosil bo’lib, bu yerdan erta pishar mevalar olib ketishadi». Kesh mevalari o’zining turli novlari va yuqori sifatliligi bilan dong taratgan. Juda ko’p meva qoqi qo’shni viloyat va shaharlarga jo’natilgan. O’rganilgan arxeologik va yozma manbalar, Qashqadaryoning sharqiy qismidagi viloyat va uning shahar markazi turli davrlarda turlicha nomlangan deb xulosa chiqirishga asos bo’ladi. Mil.avv. IX-VIII viloyatning nomi Gava so’g’da edi, mil.avv. VII-IV asrlarda Nautaka, VI-XV asrlarda Kesh bo’lgan. Viloyatning markazi mil.avv. VIII asrda Uzunqir o’rnida shakllana boshlab, III asrgacha rivojlangan. Shaharning keyingi davrlar tarixi Kitob – Shahrisabz hududi bilan bog’liq bo’lgan. Yana bir muhim ma’lumotga e’tibor berish lozim. O’rta Osiyo shaharlari jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Marv haqidagi rivoyat-afsonalarda, Shahrisabz-Kitob vohasining ilk shahar markazi eng qadimgi hisoblanadi. Mavjud afsonalar arxeologik ma’lumotlarga mos keladi. Shunga ko’ra Nautaka, Kesh, Shahrisabzning tadrijiy taraqqiyot davri 2700 yildan kam emas. Qadimgi shaharsozlik madaniyati an’analari Shahrisabzda davom etib yangi asoslarda rivojlangan. Kesh-Shahrisabzning gullab-yashnashi ulug’ davlat arbobi va sarkarda Amir Teur nomi bilan bog’liq bo’lgan. Ko’p asrlar davomida Nautaka, Kesh, Shahrisabz ma’muriy va harbiy ahamiyatga, hunarmandlik va savdo ahamiyatiga ega bo’lgan. Download 398 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling