1-mavzu. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsad va vazifalari. Ilmiy bilimlarning metodologik asoslari. Reja
Download 28.54 Kb.
|
1-mavzu
Hozirgi kunda fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon
bo‘ladi. Bilim sifatida fan borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Bilimning noilmiy va ilmiy kabi turlari farqlanadi. Noilmiy bilim kundalik amaliyot, ijtimoiy madaniy munosabatlar va jarayonlar ta’sirida shakllanadi. Noilmiy bilim shakllari: kundalik bilim, о’yin shaklidagi bilim, mifologik bilim, diniy bilim, shaxsiy bilim, ijtimoiy bilim, kvaziilmiy bilim (kvazi – lotincha sо‘z bо‘lib, “gо‘yoki” degan ma’noni bildiradi. Zо‘rlik va majbur qilish metodlariga asoslanib, о‘ziga tarafdorlar va izdoshlarni izlaydigan bilimlar. Ular qoidaga kо‘ra, hokimiyatni qо‘lida ushlab turganlarni tanqid qilib bо‘lmaydigan, qattiq mafkuraviy tartib hukmron bо‘lgan, ilmiy bilimlar keskin tabaqalashgan sharoitda gullab yashnaydi. Sobiq Sovet totalitar jamiyati tarixida lisenkovchilik, geologiyada fiksizm, kibernetika, genetika kabi fanlarni inkor qilib, qaror topgan qarashlar bunga misol bо‘la oladi), psevdobilim (Psevdo... (yun. pseudos — yolgʻon) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning birinchi qismi boʻlib, ikkinchi qismning yolgʻon, soxta ekanligini anglatadi (mas, psevdopodiyalar, psevdosfera).), paranormal bilim, okkult bilim, spiritik bilim va shu kabilardir. (O'qituvchi barcha bilim shakllarini ta’riflashi maqsadga muvofiq). Ilmiy bilim kundalik amaliy tajriba negizida nazariy asoslangan va amaliy isbotlangan bilimlar majmui bo’lib, и ilmiy bilishning obyektivlik, haqiqiylik mezonlariga tayanadi. Faoliyat sifatidagi fan qarorlar qabul qilish, yo’l tanlash, o'z manfaatlarini kо’zlash, mas'uliyatni tan olishda namoyon bo’ladi. Odatda noilmiy va ilmiy faoliyat turlari farqlanadi. Noilmiy faoliyat: kundalik-amaliy faoliyat, о'yin shaklidagi faoliyat, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish kabilarda namoyon bo'lib, unda ilmiylik mezonlariga amal qilinmaydi. V.I.Vemadskiy fanning faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modellar bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ulaming empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi». Ilmiy faoliyat sifatidagi fan obyektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob beruvchi ilmiy bilimlar tizimi sifatida amal qiladi va mafkuraviy va siyosiy yo’nalishlarga nisbatan betaraf bo’lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxsh etuvchi haqiqat yo‘lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turishi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi. Fanning uchinchi-instiftitsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg‘u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida moddiylashtiradi. Umuman olganda, fanning institutsional ko’rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog’liq. Ijtimoiy institut sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar; ilmiy hamjamiyat a'zolari o'rtasidagi o’zaro aloqalar tizimini, me'yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institut sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX asrga kelib olim kasbi o’z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi. Ijtimoiy madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo'nalishda: davlat boshqaruvi tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo‘ladi. Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlar, laboratoriyalarda boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, (xususan, davlat boshqaruv usuli universitetlar institutlarda ham amal qiladi, Prezident davlat boshqaruvini qanday tizimli tashkil etsa,, rektor ham ilmiy jamoani shuday boshqaradi) jamoa sifatidagi fan esa, bu kafedralar, bo‘limlarda ishlayotgan olimlar, hodimlar bo’lib, ularga odamlaming tipik kо‘rinishiga xos bo'lgan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. Shu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy fan fidoiylari, innovatsion g'oya tashabbuskorlari bilan bir qatorda munofiqlar, fikr о’g’rilari va amalparastlar ham faoliyat yuritadi. Bu insonlararo ziddiyatlarga asos bo’ladi. Fanning ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o’zining dastlabki - faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi. Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlaming odamlar xususidagi munosabatlari va odamlaming narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlaming barcha sohalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalami ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi raqamli texnologiyalar asrida: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi yoki, aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’nalarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi. Download 28.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling