13- Mavzu: Ilmiy tadqiqot ishini yozish va ilmiy maqola tayorlash
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish
borasida olib
borilayotgan islohotlar va talablar.
2. Ilmiy maqolada yoritilishi talablari.
3. Ilmiy Tezislar.
4. Chet el jurnallar (Scopus, skoler)da maqola chop etish tartiblari
Tayanch tushunchalar:
Maqola, ilmiy maqola, tezis,
magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy tadqiqot
bosqichlari, ilmiy bilish usullari, ilmiy ish aprobatsiyasi, ilmiy ish himoyasi.
1. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston ilmiy
faoliyatni rivojlantirish
borasida salmoqli yutuqlarga erishdi. Mamlakat rahbariyati ilmiy faoliyat bilan
shug‘ullanyotgan ilmiy tadqiqotchilarga katta e’tibor berib,
har tomonlama
qo‘llabquvvatlamoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining ilm-
fan sohasini jadal rivojlantirish, modernizatsiyalashtirish va yuqori malakali ilmiy
pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilgan qaror
va farmonlari ilmiy tadqiqot ishlarining yanada takomillashuviga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida biror ilmiy darajaga da’vogarlik
qilishda
dissertatsiya ishining ilmiy jurnal va konferensiyalarda yoritilishi asosiy talablardan
biri sifatida ko‘riladi, lekin magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun
bajarayotgan tadqiqot mavzusi bo‘yicha natijalarni ilmiy jurnal va konferensiya
materiallarida chop etish majburiy xisoblanmaydi. Shunday bo‘lsada
magistrlar
bo‘lajak ilmiy tadqiqotchi sifatida Ilmiy jurnallarda ilmiy maqola, konferensiyalarda
tezis ko‘rinishida maqolalar havola, chop etirib
borishi maqsadga muvofiq
xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: