1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
Ilmiy ish aprobatsiyadan o‘tgandan keyingina tugallangan hisoblanadi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqolalar, ilmiy ishlarni chet mamlakatlarda nashr qilinishi ishning qiymatini yanada oshiradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Magistratura to‘g‘risidagi Nizom»da belgilangan.
Ilmiy ish aprobatsiyadan o‘tgandan keyingina tugallangan hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot aprobatsiyasi ichki va tashqi bo‘ladi. Ichki aprobatsiyaga: a) ilmiy izlanishning kafedra, fakultet ilmiy kengashida yoki oliy o‘qo‘v yurti ilmiy kengashida muhokamadan o‘tishi va qo‘llab-quvvatlanishi; b) oliy o‘quv yurti yoki boshqa ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruza bilan chiqish; v) tadqiqot natijalaridan ilmiy faoliyat, o‘quv, madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish va boshqalar kiradi. Tashqi aprobatsiyaga: a) oliy o‘quv yurtlariaro, respublika, regional, xalqaro konferensiya va simpoziumlarda ilmiy axborot bilan chiqish; b) aholi, mehnat jamoalari, mahalla va boshqa muassasa-tashkilotlarda ma’ruzalar bilan qatnashish; v) tadqiqot natijalarining maqolalar tarzida gazeta, jurnallarda nashr etilishi; o‘quvmetodik tavsiyalar, o‘quv qo‘llanma, darslik, broshyura, monografilarning tayyorlanishi va nashr etilishi kiradi. Maqolalar, ilmiy ishlarni chet mamlakatlarda nashr qilinishi ishning qiymatini yanada oshiradi. Magistrlik, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va yoqlash ilmiy ishlar aprobatsiyasining muhim shakli hisoblanadi. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini tavsiya etish va yoqlash tartibi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari to‘g‘risidagi Nizom»ida ko‘rsatilgan. Magistrlik dissertatsiyasini yoqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Magistratura to‘g‘risidagi Nizom»da belgilangan. Unga muvofiq, ikki yillik magistrlik ta’limini tamomlagan, magistrlik ishini muvaffaqiyatli yoqlagan kishiga magistrlik darajasi beriladi. Ilmiy ishning nazariy va amaliy qiymati muammoni hal qilishga qo‘shilgan hissasi bilan, shuningdek, tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi bilan o‘lchanadi. Amaliyot ilmiy tadqiqot qiymatini belgilaydigan asosiy mezondir, shuning uchun ham amaliyotda qo‘llash – ilmiy izlanish aprobatsiyasining oliy shakli hisoblanadi. Ilmiy ish aprobatsiyasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uni ochiq himoya qilishdir. Magistrlik dissertatsiyasi fan va texnikaning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan tugallangan ilmiy ish hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasida uning muallifining professional va falsafiy tayyorgarlik darajasi, tanlangan soha bo‘yicha mustaqil ilmiy izlanish olib bora olish qobiliyati namoyon bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyasida: a) tanlangan mavzuning dolzarbligi; b) tadqiqotning maqsad va vazifalari; v) tadqiqot ob’yekti va uning xususiyatlari; g) ilmiy tadqiqotning shakl va usullari; d) tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan aniq takliflar asoslanmog‘i lozim. Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi ixtisoslik kafedrasi tomonidan belgilanadi va oliy o‘qo‘v yurti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Magistrlik dissertatsiyasi mazkur oliy o‘quv yurtida ishlayotgan fan doktori, professor rahbarligi ostida olib boriladi. Faqat istisno tarzida ayrim o‘rinlarda oliy o‘qo‘v yurti ilmiy kengashining qarori bilan fan nomzodi, dotsent magistrlar rahbari sifatida tayinlanishi mumkin. Magistratura o‘kuvining dastlabki bosqichida (1 oy ichida) magistrlik dissertatsiyasining mavzusi tasdiqlanadi, so‘ng mavzu oliy o‘quv yurti ilmiy kengashida tasdiqdan o‘tadi. Belgilangan muddatda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasi ilmiy rahbar, hamda tashqaridan bo‘lgan taqrizchining tavsiyasi, axboroti bilan birgalikda Davlat Attestatsiya Komissiyasiga taqdim etiladi. Magistrlik dissertatsiyasi ochiq himoyaga qo‘yiladi. Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish tartibi oliy o‘quv yurti Ilmiy Kengashi tomonidan belgilanadi. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tartibi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari to‘g‘risidagi Nizom»i bilan aniqlanadi. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini tizimli, bosqichmabosqich olib borish, bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Magistratura to‘g‘risidagi Nizom» talablariga asoslanish lozim bo‘ladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling