1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

 
 
Adabiyotlar:  
1. 
J.T.Tulenov. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. – T., 2001y, 81-86 
betlar.


2. 
J.Tulenov, S.Komilova, S.Valiyeva, M.Rustamova. Ilmiy ijod 
metodologiyasi. – T., TDPU, 2002, 66-74 betlar.
3. 
I.Soifnazarov, G.Nikitchenko, B.Qosimov Ilmiy ijod metodologiyasi. – 
T., «Yangi asr avlodi», 2005 yil, 178-192 betlar.
Tayanch tushunchalar:  
Ilmiy muammo, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy tadqiqot bosqichlari, ilmiy 
bilish usullari, ilmiy ish aprobatsiyasi, ilmiy ish himoyasi.
  
Nazorat uchun savollar:  
1. 
Ilmiy muammo nima?
2. 
Dissertatsiya mavzusini tanlash va tasdiqlash tartibi.
3. 
Ilmiy izlanish qanday tartibda olib boriladi?
4. 
Qanday ilmiy ish tugallangan ilmiy ish hisoblanadi?
5. 
Ilmiy ish aprobatsiyasi deganda nimalar nazarda tutiladi?
6. 
Ilmiy ish aprobatsiyasining shakl va ko‘rinishlari.
7. 
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish tartibi.
8. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining
«Magistratura to‘g‘risidagi Nizom»ida magistrlik dissertatsiyasiga qanday 
talablar qo‘yilgan?
 


15-mavzu: Ilmiy izlanishda olimning ijtimoiy mas’uliyati.
 
Reja:  
1. 
Fan aksiologiyasi va etikasi
2. 
Ilmiy faoliyat me’yorlari. Fan etosi. Merton fan normalari to‘g‘risida
3. 
Ilmiy tadqiqot erkinligi va olim mas’uliyati
Tayanch tushunchalar: Fan etikasi, fan etosi, olim mas’uliyati, fanning 
insonparvarlashuvi, ssiyentizm, antissiyentizm
Aksiologiya axio va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, qadriyatlar to‘g‘risidagi 
ta’limot, qadriyatshunoslik ma’nolarini ifodalaydi. Mazkur atama fanga 1902 yili 
fransuz faylasufi P.Lami tomonidan iste’molga kiritilganyu Aksiologiya alohida 
falsafiy bilim sohasi.
Ayni vaqtda aksiologiya u yoki bu ijtimoiy hodisalarga o‘ziga xos yondashuv 
hisoblanadi. Ma’lumki, inson tomonidan yaratilgan ja’mi moddiy va ma’naviy 
ne’matlar uning jamiyatning hayoti uchun zarur bo‘lgan ja’mi narsalar qadriyat 
hisoblanadi. Fan- ijtimoiy ongning maxsus shakli, insonning olam haqidagi bilimlari 
majmui. Ilmiy bilimlar, fan jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotining muhim omili 
hisoblanadi.Shuning uchun ham inson va jamiyatga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar 
(fan) qadriyat hisoblanadi.
Fan – qadriyat, chunki u birinchidan, insonning olamga faol munosabatini 
ifodalaydi, inson va jamiyat intellektual salohiyati rivojini ta’minlaydi. Ikkinchidan 
fan kashfiyotlari, ilmiy bilimlar jamiyat a’zolarining maqsad – manfaatlariga xizmat 
qiladi.
Maqsad-manfaatlar o‘z navbatida kishilar faoliyatida namoyon bo‘ladi. Inson 
jamiyat a’zolari, ijtimoiy guruhlarning faoliyatlari ikki maqsad (ezgulik yoki 
yovuzlik)ka xizmat qilishi mumkin.Anai shu hol fanga falsafiy munosabatda o‘z 
ifodasini topadi. Bir tomondan, fan inson, Insoniyat qo‘lga kiritgan buyuk boylik, 
ilmiy bilimlar tizimi. Ayni vaqtda fan sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, 
kashfiyotlar jamiyat va insonga ham salbiy, ham ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Fanning jamiyatdagi o‘rni. “U jamiyat insonga qay darajada foyda beryapti?”, 
“Ilmiy yangiliklardan yovuz maqsadlarda foydalanish mumkinmi?”, “Bunga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun nima qilmoq lozim” savollarga javob berishni talab qiladi. Bu hol 
fanni qadriyat sifatida ob’ektiv baholash zaruratini keltirib chiqaradi. Fanga qadriyat 
nuqtai-nazaridan munosabat, fanning axloqiy jihatlari” – fan aksiologiyasi va 
etikasida o‘z ifodasini topadi.
Fan aksiologiyasining asosiy muammosi ilmiy bilish va qadriyat orasidagi 
munosabat masalasidir. Fan, ilmiy bilish axloq me’yorlariga qay darajada bog‘liq?”. 
Ilmiy bilimlarga qo‘yiladigan axloqiy talablar nimalardan iborat” kabi masalalar 
yechimi fan aksiologiyasida o‘z ifodasini topadi.
Fan va ahloqt orasidagi munosabat masalasi fanshunoslik bilan 
shug‘ullanadigan olimlarni qiziqtirib kelgan. Ayrimlar fan, ilmiy faoliyatning 


qadriyatlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Fan yangiliklaridan qanda ymaqsadlarda 
foydalanish uni amaliyotga bevosita tatbiq etadigan xodimlar zimmasiga tushadi. 
Fan qadriyatga nisbatan neytraldir, degan xulosaga kelganlar. Ingliz faylasufi Devid
Yum (1711-1176) fikricha dalillar haqidagi fikrlardan nima bo‘lishi lozimligi 
haqida xulosa kelib chiqmaydi.
Tomas Kun fanda normativ tahliliy xulosalar va normativ me’yorlar o‘zaro 
birbiri bilan bog‘lanib ketgan. Ilmiy bilishdagi rasionallikning bilimning inson 
qo‘lga kiritgan qadriyat ekanligini asoslaydi. Uningcha, olim shaxsi allaqanday 
abstrakt 
tushuncha 
emas. 
Olim 
yangi 
bilimlarni 
shakllantiradigan, 
programmalashtiradigan kompyuter moslama emas. Olim – tadqiqotchi, olim –
ustoz, olim-o‘qituvchi. Olim ekspert sifatida chin bilimlarni yolg‘ondan farqlay 
oladi. Olim-ma’rifat tarqatuvchi. Olim – jamoat arbobi. Uning zimmasida olimlik 
mas’uliyati bilan bir qatorda, fuqarolik mas’uliyati ham bor. U jamiyatga nisbatan 
neyeytral bo‘la olmaydi.
Fan aksiologiyasi (etikasi)ning asosiy muammosi ilmiy bilish bilan qadriyat 
orasidagi munosabatni aniqlash.
Bu o‘z navbatida ilmiy izlanishga taalluqli masalalar: a) ilmiy bilishning 
mohiyati (maqsadi): b) ilmiy bilish.
Fanga qadriyat yo‘nalishidagi munosabat a) ilmiy bilishdan ko‘zda tutilgan 
maqsadni. B) ilmiy tadqiqot vositalaridan qanday, qay maqsadda foydalanishni va
v) uning mohiyati, hayotga tatbiq etish oqibatlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
96
Fanning maqsadi – olam haqida ob’ektiv bilimlarni shakllantirish. Ilmiy 
bilimlarga zaruriyat jamiyat tarao‘o‘iyotidan kelib chio‘adi va ijtimoiy taraqqiyot, 
inson kamolotiga xizmat qilmog‘i lozim. Shunday ekan, fan yangiliklari ijtimoiy 
jarayonlarga ijobiy ta’sir etuvchi omil bo‘lmog‘i lozim. Fan o‘z oldiga zamonaviy 
harbiy qirg‘in qurollari (biologik – viruslar, shtammlar, insonga maqsadli ta’sir 
etish, psixotrop preparatlari) ishlab chiqarish, ulardan foydalanish; atrof-muhit 
(tabiat)ga zarar keltiradigantadbirlar (yadro va boshqa harbiy qurollarni sinash)ni 
amalga oshirish maqsadli qo‘ymaydi.
Fan aksiolgiyasi (etikasi) ilmiy bilish vositalarini tanlash va qo‘llashda 
namoyon bo‘ladi. Masalan: biologik, tibbiy eksprimentlar jarayonida tajriba ob’ekt 
kishilarning azob-uqubatlari, sinovlarning hayot uchun xavfli turlaridan o‘zini soqit 
qilish eng muhim ahloqiy talab hisoblanadi.
Bu borada, Yevropa Kengash Assambleyasining 1996 yil noyabrda qabul 
qilgan konvensiyasi “Inson huquqlari va biomedisina” deb nomlanadi. Uning 
moddalari aynan biologiya, medisina sohasining ahloqiy meyo‘yorlarini o‘zida aks 
ettirgan: Inson uchun yaxshilik jamiyat va inson manfaatlaridan ustun “”
(Konvensiya 2-moddasi). Har qanday biotibbiy tadqiqot faqat ma’lum 
shartlarga amal qilingan taqdirdagina amalga oshirishi mumkin. Bu eksperimentning 
insonga zarar keltirmasligi haqidagi asosli ilmiy axborotga egalik va bemorning 
roziligi (5modda).
96
Е.В. Ушаков. Введение в философию и методологию науки.- Москва, изд, “Экзамен, 2005, 389-бет”


Bu nafaqat eksperimental gruppa a’zolari insonlarga tajriba tortilgan va tajriba 
o‘tkazuvchi eksperimentatorlarga, balki hayvonlarga munosabatga ham taalluqli.
Ilmiy tadqiqotlarga sarflanadigan mablag‘lar masalasiga ham dahldor.
Fan etikasi talablari ilmiy faolyait natijalari va ularni jamiyat hayotiga tatbiq 
etish amaliyoti bilan o‘zaro bog‘liq. Ilmiy izlanish bilan shug‘ullanuvchi olim qo‘lga 
kiritgan natijalari va uning oqibatlari uchun mas’ul. Bu yerda asosiy masala 
olimning o‘z ilmiy g‘oyalarining qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra 
bilishda o‘z faoliyati oqibatlarini ko‘ra bilish- olimning jamiyat oldidagi mas’uliyati 
hisoblanadi.
97
Fan aksiologiyasi ilmiy faoliyat mohiyatini chuqur anglashni taqazo etadi. 
Umuman fan o‘z-o‘zicha yaxshilikmi, ezgulikmi? Jamiyat taraqqiyotida fanning 
o‘rni qanday bo‘lmog‘i lozim. Ilm –fandagi o‘zgarishlar jamiyatga ta’siri 
oqibatlarini ko‘ra bilyapmizmi? Kabi bir-biridan murakkab, chigal savollar so‘nggi 
paytlarda 
fanning 
ijtimoiy-gumanistik 
mohiyatiga e’tiborning kuchayib 
borayotganidan dalolat beradi. Akademik V.Vernadskiy “Fan haqida” asarida bu 
haqda shunday deb yozgan edi: “Olimning o‘zidan va hayotdan qoniqmasligi tobora 
ortib bormoqda. Fanning ahloqiy tomonlari tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda. 
Bu hol bilan hisoblashmaslik mumkin emas”.
Fanning ahloiy jihatlarining muhim tomonini “fan etosi” tashkil etadi. Fan 
etosi – bu fandagi ahloqiy normalar. Fan etosi tushunchasi muayyan ilmiy 
jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, olim (tadqiqotchi)ning xulq-atvorini 
belgilaydigan axloqiy me’yorla majmuini ifodalaydi.
Fanga aksiologik yondashuvdv fan etikasida o‘z ifodasini topadi. Fan etikasi 
ilmiy bilishning axloqiy me’yolari, fan va ahloqiy munosabatlarini tatbiq etadi. Fan 
etikasi va aksiologiyasining bosh muammosi – ilmiy bilim bilan qadriyat orasidagi 
aloqadorlik. Bu muammoni yechimi. Fan – qadriyatmi? Undagi yangiliklar, 
kashfiyotlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’sirini har doim ham ijobiy baholay 
olamizmi? degan savollarga javob berishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan hola 
fan aksiologiyasi va etikasi fan va jamiyat aloqadorligini o‘zida aks ettiradigan – 
haqiqat va ezgulik, haqiqat va go‘zallik, fan va hokimiyat, ilmiy ijod erkinligi va 
olim mas’uliyati, fan taraqqiyoti imkoniyatlari va chegaralari kabi ziddiyatlarning 
yechim yo‘llarini tatqiq etadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib holda fan etikasi a) Fan-qadriyat
b) ilmiy faoliyat
v) ilmiy bilim
g) va olim mas’uliyati masalalarini tatqiq etish yubilan shug‘ullanadi, degan 
xulosaga kelish joiz.
Fan – qadriyat. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-qudratni birlashtiradi, 
millat, xalq dunyoqarashini shakllantiradi, uning doirasida ta’lim-tarbiya, axloq 
meyo‘rlari ishlab chiqiladi.
97
.Қаранг. Агацци Э. Моральное измерение науки и техники.- Москва, 1998, 177-бет


Fan – faoliyat. U inson ma’naviy faolyaitining eng murakkab ko‘rinishi- ilmiy 
tadqiqot faolyati. Ilmiy tadqiqot (zlanish) tadqiqotchi oldiga muayyan talablarni 
qo‘yadi:

Ilmiy 
faoliyat 
tadqiqotchidan 
ham 
intellektual, 
ham 
ruhiy 
tayyorgarlikni talab etadi.

Ilmiy tadqiqot- ob’ektiv bilimlarni hosil qilishga va – bu bilimlarni 
ilmiy jamoatchilikning qabul qilishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i lozim.
Bu talabni Aristotelning “Platon – mening do‘stim, lekin haqiqt qimmatliroq” 
hikmatli so‘zlari bilan ifodalash mumkin.

Bilim sifat jihatdan yangi va asoslangan bo‘lishi kerak.

Uning
chinligini tekshirish imkoniyatlarining mavjudligi. 
Bu tadqiqotchidan
ham maxsus
ilmiy tayyorgarlikni,
ham 
fan metodologiyasini chuqur bilishni talab etadi.
Bunda fanning muayyan ichki talab, tamoyillariga rioya etish talab qilinadi. 
Norvegiyalik olim G.Skirbekk bu talablarni shunday ifodalaydi: a) haqiqatni izla! 
B) noo‘rin fikrlar, bema’nilikdan qoch; v) fikringni aniq ifodala! G) o‘z taxminlargni 
iloji boricha tekshir, asosla!
Albert Eynshteyn “Fan qasri – ko‘p murakab imorat. Undagi kishilar xilmaxil, 
ularni bu yerga yetaklagan ma’naviy omillar ham xilma-xil. Bir xil odamlarga fan 
bilan shug‘ullanish – iftixor. Shu faoliyat tufayli ular o‘z hayotlarini to‘la, 
mukammal hisoblaydilar va o‘z shuhratparastlik manfaatlarini qondiradilar.”
Shunday kishilar borki, ular bu qasrda o‘z aqliy salohiyatlarini mayda-chuyda, 
tor maqsadlar yo‘lida sarflaydilar. Agar xudo yuborgan farishta ularni 
quvganikelganida bormi, qasr anchayin bo‘shab qolardi. Lekin undabiribir ma’lum 
odamlar qolgan bo‘lardi” deb yozganida nihoyatli haqli edi.
98
Fanning ahloqiy jihatlari ilmiy izlanishdagi aql va ahloqiylik, olimning ilmiy 
bilishdan ko‘zda tutgan maqsadi, ahloqiy qadriyatlar va olimning mas’uliyatida o‘z 
ifodasini topadi.
Fan etikasi va aksiologiyasi olimdan ilmiy bilimlarni qo‘lga kiritishda 
muayyan ahloqiy normalarga rioya qilishni talab etadi.
Fanga qo‘yiladigan talablar fan etosida o‘z ifodasini topadi. Fan etosi- 
muayyan ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan olimning xulq-atvorini 
belgilaydigan me’yorlar majmui.
Ingliz olimi R.Merton olimlar orasida avloddan avlodga o‘tadigan, fan kishisi 
uchun zarur bo‘lgan qadriyatlar va me’yorlarni “fan etosi” tushunchasida ifodalaydi. 
U o‘zining “Fanning me’yoriy tarkibi (1942) nomli asarida fan mazmuni to‘rt 
qadriyat asosida qurilmog‘i lozimligini, ularda bilimga qo‘yiladigan talablar: a) 
universallik; b) umumiylik; v) haqiqatni beg‘araz izlash, beminnatlik, manfaatning 
yo‘qligi va g) skeptisizmdan iboratbo‘lmog‘i lozimligini ta’kidlaydi
99
.
Universallik talabi: fanning maqsadi- olamdagi narsa va hodisalarning 
mohiyatini aniqlash, qonunlarni ochish. Bu talabda olamdagi narsa va hodisalar 
98
. Эйнштейн А. Физика и реальность. –Москва, 1965, 8-бет.
99
В.И. Штанько. Философия и методология науки. – Харьков, 2003, 271-бет


orasidagi eng umumiy, ichki aloqalarni aks ettirish lozimligi; bu bilim (qonun, 
nazariya)larda o‘z ifodasini topishi ifodalangan. Ular shuning uchun ham 
universallik mohiyatini kasb etadi. Tadqiqotchi olamdagi narsa va hodisalarni 
ob’ektiv jarayonlar sifatida o‘rganadi va shu asosda qo‘lga kiritilgan bilim umuman 
shu tipdagi barcha hodisalarni tushuntiradi, ularning qonuniyatlarini aniqlaydi. Ayni 
choqda bu bilimlar ob’ektiv bilimlar bo‘lgani uchun ham ularning chinligini maxsus 
usullar bilan tekshirish mumkin.Bu bilimlardan muayyan hodisalar turkumiga xos 
qonunlarda o‘z ifodasini topadi va ular yordamida olamni tushunish mumkin 
bo‘ladi.
Umumiylik talabi. Garchi bilim tadqiqotchi (olim) ijodiy faoliyatining 
mahsuli bo‘lsa-da ayni vaqtda bu bilim yolg‘iz olimga tegishli emas. Bilim-jamiyat, 
xalq mulki hisoblanadi.
Ilmiy izlanish jamiyat hayoti va taraqqiyoti zaruriyati jamiyat talablaridan 
kelib chiqadi.
Shunday ekan, haqiqatni beg‘araz izlash, hech qanday shaxsiy manfaatni 
qo‘llamaslik olim faoliyatining birlamchi va asosiy axloqiy mezoni bo‘lmog‘i kerak. 
Skeptisizm. Muammo bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlarning ilmiy izlanishlariga 
hurmat bilan qarash va uning natijalarini xolisona tanqidiy tahlil qilish, har qanday 
bilimga shubha bilan qarash. Bu bilimlar rivojini ta’minlashga xizmat qiladi.
Fan etosi olimlarning kasbiy faoliyat va xulq-atvoriga qo‘yiladigan asosiy 
talablar majmui hisoblanadi. Ularga rioya qilish yoki ularni hisobga olmaslik
(mensimaslik) olim mas’uliyatida o‘z ifodasini topadi.
Mas’uliyat –ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi, uning 
oqibatiga javobgarlikni his etish, anglash.
Olim mas’uliyati: a) kasbiy va b) ijtimoiy mas’uliyat ko‘rinishlarida namoyon 
bo‘ladi. Yirik olim V.I.Vernadskiy olimlar o‘z ilmiy izlanishlari oqibatlaridan ko‘z 
yummasliklari, ular ilmiy tadqiqot oqibatlari uchun mas’ul ekanligini unutmasliklari 
lozimligini qat’iy ta’kidlagan edi.
100
Fan (ilmiy bilimlar)ning ahloqiy motivlarini to‘g‘ri anglash olimning ijtimoiy 
mas’uliyatida namoyon bo‘ladi. Dastlab fan taraqqiyoti, ilmiy bilimlar doimo 
ezgulikka xizmat qilishga odamlar ishonar edilar, deydi N.Bor o‘z esdaliklarida. 
Lekin avgust 1945 yili ikkinchi jahon urushi fashizm ustidan g‘alaba bilan 
yakunlangan bir davrda Yapon shahardarida sinab ko‘rilgan yadro quroli fan har 
doim ham ezgulikka xizsat qilavermasligini yaqqol ko‘rsatdi. Bu hol olimlarni o‘z 
ilmiy izlanishlari nimaga olib borishi mumkinligini o‘ylashga majbur qildi. 
Uranning parchalanishini kashf qilgan olim Otto Gan Xirosimada atom bombasi 
portlatilganidan xabardor bo‘lgan keyin tinchligini yo‘qotgan, kechalari uxlamay 
chiqqan, xatto o‘z-o‘zini o‘ldirishga qaror qilgani haqida ma’lumotlar bor. 
Ko‘pchilik olimlar vodorod bombasi ustida ish olib borishdan bosh tortganlari 
ma’lum. Axloqiy mas’ullik masalasi yangi fan sohalarining yuzaga kelishi bilan 
100
. Вернадский В.И. О науке. Научное знание. Научное творчества. Научная мысль.-Дубна, 1997, 136-
бет


yana ham keskin qo‘yila boshlandi. Bunga gen muhandisligining rivoji bilan bog‘liq 
muammolar misol bo‘la oladi.
101
Ilmiy ijod erkinligi aslida davlat hokimiyati va fan orasidagi o‘zaro 
munosabatdan kelib chiqadi. Ilmiy bilishda olimlar ijtimoiy mas’ulligining tobora 
ortib borishi jahon miqyosida globallashuv jarayonlari tobora keskin tus olayotgan 
hozirgi davr xususiyati hisoblanadi.
Ahloqiy me’yorlar ahamiyatining tobora ortib borishi ayrim ilmiy 
yo‘nalishlardagi tadqiqotlarnicheklashda o‘z ifodasini topmoqda. Bunga gen 
muhandisligi, tibbiyot ilmiga doir ayrim tadqiqot mavzulari misol bo‘la oladi.
Fan, uning yangiliklariga munosabat tobora o‘zgarib bormoqda, chunki fan 
sof ilmiy bilim asosiga quriladi, u shak-shubhasiz qadriyat,jamiyatga, inson va 
insoniyat muammolariga nisbatan neytral (tamomila mustaqil), uning siyosatga, 
ma’naviyatga, qadriyatlarga hech qanday aloqasi yo‘q qabilidagi qarashlar hayotda 
o‘z isbotini topmadi. Gap shundaki, jamiyat moddiy va ma’naviy omillarning uzviy 
birligidan iborat yaxlit ijtimoiy tizim. Bu tizimning barcha elementlari (iqtisod va 
siyosat, fan va ijtimoiy hayot) o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘langan va 
o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda.
Fan shu murakkab ijtimoiy tizimning tarkibi va u jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlashi lozim bo‘lgan ijtimoiy ong shakli. U jamiyatga faol ta’sir ko‘rsatgani 
singari jamiyat, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy omillar, ijtimoiy jarayonlar ilmiy 
bilimlar shakllanishining muhim omili hisoblanadi. Fan faqat ilmiy bilimlarning 
o‘zigina emas, u inson (olim shaxsi)ning ongli faoliyati hamdir. Olim shaxsi, uning
xulq-atvori, faoliyatida, u yashagan ijtimoiy muhit, muayyan davr qadriyatlari 
namoyon bo‘ladi. Shu muhitga xos qadriyatlar – insonparvarlik, xalq, jamiyat 
manfaatlari yo‘lida xizmat qilish, tanlov erkinligi kabi qadriyatlar olim shaxsida o‘z 
ifodasini topadi. Mazkur muhit bag‘rida shakllangan ehtiyoj va manfaatlar uning 
ilmiy faoliyati uchun asos hisoblanadi.
Olimlarning ijtimoiy mas’uliyatining ortib boruvi XXasr oxiri va hozirgi 
davrda tabiiy-ilmiy va texnik bilimlarning insonparvarlashuvida o‘z ifodasini topdi.
Fikr erkinligi va olim mas’uliyati muammosi xilma xil fikrlarning 
shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ilmiy tadqiqotlar uchun hech qanday to‘siq 
bo‘lmasligi lozim, deb hisoblasalar, boshqalar fan albatta davlat tomonidan 
boshqarilmlg‘i lozim, degan fikrni ilgari surganlar.
Bu borada hozirda fan oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan asosiy muammo 
“Bizga nima qilishimizga yo‘l qo‘ymaydi?, “Nimadan biz o‘zimizni tiyishimiz 
lozim” kabi savollar orqali ifodalash mumkin. Bundan fan taraqqiyotining 
muhimligiga shak-shubha yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Lekin ilmiy 
izlanishlar chegarasini aniqlash vaqti keldi, degan xulosa kelib chiqadi. Bu chegara 
inson, insoniyatning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq va tabiat bilan jamiyat 
aloqadorligiga bevosita taalluqli. Ilmiy bilimlarning amaliyotga tatbiqi tabiatjamiyat 
sunosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida dunyoning, 
insonning unga ta’sirini inobatga oladigan “yangicha” modelini ilmiy asoslash 
zaruratini keltirib chiqarmoqda. Rim klubi nazariyotchilarining dunyoning “yangi 
101
В.И.Штанько. Философия и методология науки.-ХАРЬКОВ, 2003, 274-бет.


modeli”da inson omilining o‘rni, fan- texnika taraqqiyoti gumanizm maqsadlaridan 
kelib chiqmog‘i lozim, degan asosli qarashlari ijtimoiy zarurat va olim mas’uliyati 
muammosini hal etishning o‘ziga xos yangi yo‘li bo‘lsa, ajab emas. Xulosa:
Fan jamiyat talablarini o‘zida aks ettiradi va uning taraqqiyotiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat taraqqiyotida inson va insoniyat manfaatlarining o‘rni 
uning tobora insonparvarlashuvini taqazo etadi. Insonparvarlik tamoyillarining 
ustivorligi jamiyat hayotining barcha tomonlarida shu jumladan fan taraqqiyotida 
ham o‘z ifodasini topmog‘i lozimligi fan aksiologiyasi va etikasida o‘z ifodasini 
topadi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling