1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Prognoz qilish deganda biron-bir hodisaning rivojlanish istiqbollarini maxsus 
ilmiy o‘rganish tushuniladi. Oldindan aytib berish - bu mahalliy hodisani, masalan, 
quѐsh ѐ oy tutilishini, ertangi kun ob-havosini, harbiy harakatlar paytida 
dushmanning o‘zini tutishini zamon va makonda mahalliylashtirilgan muayyan 
bashorat qilish demakdir.
Ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy istiqbollarini o‘rganishda bilishning ilmiy 
metodlari, maxsus metodikalari, mantiqiy va texnikaviy vositalarining keng va 
xilma-xil arsenalidan foydalaniladi. Iqtisodiy prognoz qilishning asosiy metodlari 
quyidagilardir: ekstrapolyasiya; tarixiy analogiya; modellashtirish; kelajakning 
iqtisodiy ssenariylarini tuzish; ekspert baholash. Qolgan metodlar esa mazkur 
metodlarning har xil uyg‘unliklari va variantlaridir. Tabiiyki, bu metodlarning har 
birining o‘z kuchli va kuchsiz, ijobiy va salbiy tomonlari bor, shunga qaramay
hozirgi zamon iqtisod nazariyasi, futurologiya (kelajakni o‘rganuvchi fan), 
ekologiya va boshqa ijtimoiy fanlar prognoz qilishdan ilmiy bilish metodi sifatida 
ilmiy ijodda muvaffaqiyatli foydalanmoqda.
Amerikalik taniqli iqtisodchi J. Gelbreyt uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy 
prognozlar asosida yangi industrial jamiyat nazariyasini, D. Bell - postindustrial 
jamiyat nazariyasini, R.Aron yagona industrial jamiyat nazariyasini, U.Rostou - 
o‘sish bosqichi nazariyasini yaratdi. Mazkur hozirgi zamon olimlari ijodining 
asosida XX asrning oxiri XXI asrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtini 
aniq va qat’iy prognoz qilish ѐtadi.


Ilmiy ijod va prognoz qilish metodologiyasidan iqtisod, demografiya, 
sosiologiyada bozor iqtisodining rivojlanish tedensiyalarini hamda hozirgi kun 
jaraѐnlari va bo‘lajak jaraѐnlarni iqtisodiy o‘rganishning muayyan metodlariga 
tatbiqan foydalaniladi. Masalan, D.Medouz iqtisodiy prognoz qilish ѐrdamida 
insoniyatning global muammolarini tahlildan o‘tkazdi, xuddi shunday tadqiqotlarni 
J.Forrester ham o‘tkazdi, amerikaliy taniqli siѐsat arbobi Z.Bjezinskiy ilmiy prognoz 
qilish asosida demokratiya, siѐsat institutlari, erkin bozor iqtisodi, hozirgi zamon 
axborot, kompyuter texnologiyalariga asoslangan hozirgi zamon va kelajak 
texnotron jamiyati nazariyasini yaratdi.
E.Tofflerning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtning uchinchi to‘lqiniga mansub 
yuksak darajada sanoatlashgan jamiyatni shakllantirish borasidagi tadqiqotlari, 
F.Fukuyamaning «tarix yakuni» va taraqqiѐtning tarixdan keyingi bosqichiga butun 
insoniyatning o‘tishi konsepsiyasi asosiga qurilgan prognozlari, S.Xantingtonning 
g‘arb (xristianlik) va sharq (islom, buddizm, lamaizm va boshqalar) qadriyatlari bir-
biriga to‘la nomuvofiqligi negizida kelajakda ikki sivilizatsiya - Farb va Sharqning 
muqarrar to‘qnashuvi sodir bo‘lishi haqidagi prognozi katta ijodiy va prognostik 
qiziqish uyg‘otadi.
Rim klubining yaqin tarixiy istiqbolda butun insoniyatning global rivojlanishi 
jaraѐnlarini prognoz qilish borasidagi faoliyatini alohida qayd etib o‘tish kerak. 
Italiyalik iqtisodchi va tadbirkor A.Pechcheining tashabbusi bilan 1968 yilda tashkil 
etilgan Rim klubi olimlar, iqtisodchilar, biznesmenlar va siѐsatchilarni birlashtirgan 
xalqaro nohukumat tashkilotidir. Rim klubining faoliyati hozirgi davrning global 
muammolarini muttasil kuzatib borish va prognoz qilish, ijtimoiy taraqqiѐtning 
iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy, ekologik, oziq-ovqat, xom ashѐ, demografik va boshqa 
komponentlarining rivojlanish yo‘llari va tendensiyalarini aniqlashga yo‘naltirilgan. 
Rim klubi XX asrning oxiridaѐq o‘z ilmiy prognozlari asosida iqtisod, aholi va 
hokazolar o‘sishining «eng yuqori chegarasi» haqida global xulosalar chiqardi va 
shu bilan bir vaqtda, bu iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy va demografik muammoning 
yechimini topishga harakat qildi.
Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiѐtni ilmiy prognoz qilishning ulkan evristik va 
prognostik ahamiyatini qayd etgan holda, ilmiy prognoz qilishning real 
imkoniyatlaridan kelib chiqish kerakligini uqtirib o‘tmoqchimiz, zero, har qanday, 
hatto juda aniq va ishonchli prognoz ham haqqoniy emas, balki ehtimol tutilgan 
bilimdir. Ehtimol darajasi juda baland bo‘lgan taqdirda ham prognoz amalda ro‘ѐbga 
chiqishi ѐki qog‘ozda amalga oshirilmay qolib ketishi mumkin.
Masalan, prognoz qilishning turlaridan biri - ekstrapolyasiya qilish afzal 
jihatlari bilan bir qatorda quyidagi jiddiy kamchiliklarga ega: kelajak sari 
harakatlanishga qarab ekstrapolyasiyaning aniqlik darajasi pasayib boradi. 
Binobarin, o‘tmish va kelajak o‘rtasida analogiya o‘tkazishning prognostik qimmati 
juda kam, zero, kelajakning asosiy jihatlarini o‘tmishni takrorlash bilan bog‘lash 
mumkin emas. Buni yaxshi tushungan Gegel shunday deb ѐzgan edi: «Hukmdorlar, 
davlat arboblari va xalqlarga tarix tajribasidan ibrat olishni maslahat beradilar. 
Ammo tajriba va tarix xalqlar va hukumatlar tarixdan hech narsani 
o‘rganmaganliklarini ko‘rsatadi. Har bir davrda shunday alohida shart-sharoitlar 


vujudga keladi, har bir davr shunday individual holatga ega bo‘ladiki, bu davrda 
faqat mana shu holatdan kelib chiqib qarorlar qabul qilish zarur va mumkindir»1.
1 G.Gegel Soch. T. 8. S. 7-8.
Ilmiy bilish va ijod nafaqat kelajakni bashorat va prognoz qilish, balki uni 
ongli ravishda shakllantirish imkonini ham beradi. Fanning evristik ma’nosini 
«bashorat qilish uchun bilish, bilish uchun bashorat qilish», deb ta’riflash mumkin. 
Ilmiy ijod tarixi ko‘p jihatdan ilmiy bashorat tarixidir. Uning kuchi va qamrovi 
fanning ijodiy, bilish salohiyatining yetuklik darajasini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov ishlab chiqqan «bozorga 
o‘tishning o‘zbek modeli» demokratiya, bozor iqtisodiga o‘tish va fuqarolik jamiyati 
qurish sharoitlarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini teran ijodiy 
ilmiy bashorat qilishning ѐrqin namunasidir. Bu model iqtisod, sosiologiya, 
politologiya, ijtimoiy prognoz sohasidagi jahonga mashhur mutaxassislarning 
olqishiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur model iqtisodiy rivojlanish sohasida iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatini har 
tomonlama tahlildan o‘tkazish va bu faoliyatning barcha omillarini e’tiborga olish 
vazifasini hal qiladi. Bunday tahlil jamiyat taraqqiѐtining ijtimoiy-siѐsiy va ilmiy-
texnikaviy omillarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda iqtisodiy 
rivojlanish jaraѐnlarini tushuntirish, bashorat qilish va boshqarish uchun zarurdir. 
«O‘zbek modeli» ilmiy ishlab chiqilgan va haѐtga muvaffaqiyatli tatbiq etilaѐtgan 
ijodiy bashorat namunasi sifatida bozor, fuqarolik jamiyati va har tomonlama 
rivojlangan demokratiya sari O‘zbekistonning harakatini ijtimoiy boshqarishning 
ilmiy va metodologik negizini tashkil etadi.
«Mohiyatni tushunib yetmasdan, yumuq ko‘z va shoshma-shosharlik bilan 
maqsad sari erkin suzishga chiqish mumkin emasligini biz hammamiz yaxshi 
tushunishimiz kerak, - deb qayd etadi I.A. Karimov. - Buning uchun avvalambor 
aniq yo‘nalishni belgilash, mustahkam kemani tanlash, ishonchli jamoani to‘plash, 
uni og‘ir sharoitlarda suzishga o‘rgatish va faqat shundan keyin yo‘lga chiqish kerak. 
Bu esa juda og‘ir va murakkab vazifadir. Bularning barchasini e’tiborga olib, biz 
mustaqillikni qo‘lga kiritgan paytimizdan boshlab iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning 
nazariy 
va 
amaliy 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqish 
bilan 
shug‘ullanyapmiz»1.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling