1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Metodologiyasidan foydalanish. Insonning, inson ongi, aql-idroki va 
zakovatining haѐtning barcha sohalaridagi, ayniqsa, evristik-bilish sohasidagi 
serqirra ijodiy faoliyati odamlar ongining xossalaridan biri - xotira bilan 
chambarchas bog‘liq.
Xotira – bu bizning o‘tmish haqida bilimimiz, sub’yektning tashqi olam va 
o‘zining ichki holati haqidagi axborotlardan kelgusida o‘zining haѐtiy faoliyatida 
faol, ijodiy foydalanish uchun ularni saqlab qolish va ifoda etish qobiliyatidir. Inson 
xotirasi tarixiy tabiatga ega, ijtimoiy belgilanadi, uning ijodi xususiyati bilan uzviy 
bog‘liq, insonning ichki, ma’naviy olamining boshqa elementlari bilan bir qatorda, 
u inson shaxsini faol shakllantiradi. Ijodiy qobiliyat, bilim, ko‘nikmalar va usullar 
yaratuvchi shaxsning, yangilik bunѐdkorining xotirasida saqlanib qoladi.


Xotira funksiyasiga odatda o‘tmishga murojaat deb qaraladi. Ammo, bugungi 
kunda inson aqlining ijodiy faolligi haqida gapirganda xotiraning prognostik 
funksiyasini, uning kelajakka murojaatini ham qayd etib o‘tish kerak. Xotiraning 
kelajakka yo‘naltirilganligi o‘tmish haqidagi bilimlarimizni bo‘lg‘usi voqea-
hodisalarga tatbiq etish, ekstrapolyasiya qilish, kelajakni ijodiy bashorat, prognoz 
qilish, yaratish imkonini beradi. Kelajakni oldindan ko‘ra bilish - inson ongi va 
xotirasining o‘ziga xos jihatidir.
Insonning kelajakka qiziqishi odamlarning alqlga va maqsadga muvofiq 
faoliyati, bu faoliyatni kelajakka fikran ekstrapolyasiya qilish bilan uzviy bog‘liq. 
Kelajakni ilmiy bashorat, prognoz qilish vositalari hali barkamollikdan ancha yiroq 
bo‘lsa-da, odamlar o‘z ijodi, xotirasi, intuisiyasi va haѐtiy tajribasiga tayanib, ozmi, 
ko‘pmi olis istiqbolga prognozlar qiladilar.
Kelajak haqida bilim, prognoz bugungi kundan uzoqlashishiga qarab 
nomuayyan, noaniq, umumiy, taxminiy va ehtimoliy bo‘lib boradi. Jamiyat aqlga 
muvofiq iqtisodiy va xo‘jalik faoliyatini yuritishi uchun kelajakni prognoz qilish 
zarur. Tartib, tuzilma, ichki ob’yektiv mantiq, rivojlanish qonuniyatlari va 
algoritmlariga ega bo‘lgan (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa) tizimlarning 
rivojlanishini rasional bashorat qilish mumkin. Tizimlarning tuzilishi va rivojlanish 
prinsiplarining betartibligi ularning rivojlanishini tushunishga, binobarin, bashorat 
qilishga monelik qiladi.
Ilmiy bashorat kelajakni oldindan taxmin qilish, kelajak haqida mushohada 
yuritish demakdir. Masalan, mintaqa, viloyat ѐki mamlakat iqtisodining 
rivojlanishini ilmiy bashorat qilish amalda prognoz qilish va oldindan aytib berish 
shakllarida amalga oshiriladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling