1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
Ilmiy bashoratni sub’yektning borliq sirlarini va o‘rganilaѐtgan ob’yektning
rivojlanish mexanizmlarini o‘zlashtirish borasidagi ijodiy faolligining shakli sifatida ko‘rib chiqmasdan ilmiy ijod metodologiyasini tadqiq qilish mumkin emas. Epistemologik va gnoseologik jihatlardan bashorat tuzilishini ilmiy bilish shakli sifatida, bashorat metodlarining xususiyatlarini va ilmiy bilishning o‘sishiga ularning ta’sirini falsafiy tahlildan o‘tkazish e’tiborga molikdir. Bugun, insoniyat qadam qo‘ygan yangi ming yillik va yangi XXI asrning boshida kishilik jamiyatining progressiv taraqqiѐtini ilmiy tushuntirish va ilmiy prognozsiz tasavvur qilish ham mumkin emas. Olim ilmiy bashorat sohasida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, ijtimoiy taraqqiѐt qayerga, qay yo‘nalishda harakat qilyapti, bu harakatning sur’atlari qanday, ularni qanday yaxshilash, jadallashtirish (ѐki, aksincha, sustlashtirish), maqbullashtirish kerak, va, nihoyat, mazkur rivojlanishning yaqin tarixiy istiqboldagi yakuniy maqsadi qanday, degan savollarga javob topishga harakat qiladi. Hozirgi zamon olamining qiѐfasi shu qadar jadal o‘zgarmoqdaki, ijtimoiy haѐtning barcha sohalarida yalpi globalizatsiya jaraѐnlari sodir bo‘laѐtgan bugungi kun sharoitlarida har qanday ilmiy prognozlar qilish alohida olimlar hamda ilmiy jamoalar, maktablar va institutlar ijodining qiziqarli o‘yiniga aylanadi. Ilmiy bilishning hozirgi zamon epistemologiyasi ilmiy bashoratga bizni qiziqtiraѐtgan hodisalar va jaraѐnlarning mohiyati hamda ularning kelgusida rivojlanish tendensiyalari haqidagi to‘g‘ri bilimga asoslangan noma’lum narsa to‘g‘risida bilim deb qaraydi. Ilmiy bashorat - bu bo‘lg‘usi hodisalarni, shuningdek u ѐki bu hodisalar, voqealar, jaraѐnlarning oqibatlari xususiyatini (qaytariladigan ѐki qaytarilmas, foydali ѐki zararli, xavfli va h.k.) oldindan aytib berish real imkoniyatidir. Ilmiy prognoz hisoblangan fanda bashorat ilmiy faktlarga, barcha holatlar va shart-sharoitlarni qat’iy e’tiborga olish negiziga quriladi. Ilmiy bashorat jaraѐni kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealar, hodisalarni oldindan aytib berishni o‘z ichiga oladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling