1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
tadqiqotlarining tarkibiy qismi sifatida
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili. «Innovatsiya» so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, o ’zgartirish, yangilik
tadqiqotlarining tarkibiy qismi sifatida.
Reja: 1. Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili 2. Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Kashfiyot. 4. Ixtiro tushunchalarining innovasion xarakteri Tayanch tushunchalar: Innovatsiya tushunchasining taxlili va turlari. Pedagogik innovatsiyalar. Innovasion maktab mezonlari Innovatsiyalarning tasnifi. Innovatsiya yangi ilmiy texnik yutukdardan samarali foydalanish vositasi. Novatsiya yangi ilmiy g‘oyadagi «eskilik» elementi. Ilmiy faoliyatda innovatsiya va novatsiyalarning o‘rni. “Kashfiyot’’, “ixtiro” tushunchalarining innovasion xarakteri. Ilmiy kashfiyotlarning tasnifi. Ixtiro - kashfiyot va innovatsiya urtasidagi o‘ziga xos “oraliq” xolat. Kashfiyot va ixtirolar ijodiy faoliyat natijasi. Insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotlar va ixtirolar tasnifi. Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili. «Innovatsiya» so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, o ’zgartirish, yangilik kiritish degan ta ’noni bildiradi. Innovatsiya fenomeni o‘zining evristik asosiga ko‘ra, birinchidan, yangilikka yo‘nalgan, ya’ni madaniyat yangiliklarini ochishga qaratiladi, ikkinchidan, u ijtimoiy- madaniy hodisa sifatida madamyatning bugungi kunini ham aks ettiradi. Innovatsiya subektning kreativ-nazariy va predmetli amaliy faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin etiladi. I.T.Balabanov ta’kidlashicha, «Innovatsiya - yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, tahlil va boshqalami tashkil etishning yangi shakllariga mablag‘ kiritish orqali erishilgan moddiylashgan natijadir» 73 . Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti mavjud. Bulardan birinchisi, subektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat) komponentlar alohida o‘rganiladi. Jumladan, ma’lum bo‘ladiki, hozirgi kunda ijod madaniyatida mehnatning ahamiyati ortib, u kreativ xarakter kasb etmoqda, yangilikni obektivlashning ijtimoiy madaniy modeli sifatida innovatsiya namoyon bo‘lmoqda. Chunki zamonaviy ijtimoiy- madaniy ijodning o‘ziga xosligi kommunikativ innovatsiyalar bilan belgilanadi. Uning madaniyatda keng qo‘llanilishi esa ijtimoiy- madaniy tizimning virtuallashuvi va globallashuviga olib. keladi. Bugun innovatsiya texnikaviy-iqtisodiy chegaralardan o‘tib madaniyatning turli jabhalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Bu holat ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lgan fanda ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai sifatida qaralmoqda. Ma’lumki, innovatsiya murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen. 73 Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент - СПб: Питер, 2000. - С. 11. Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning barcha tendensiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, innovatsiya yangilikka yo‘naltirilgan fenomen sifatida o‘zi bilan madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik g‘oyalarga asoslanadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi innovatsiyalarga maxsus to‘xtaladigan bo‘lsak, ularsiz ilmiy tadqiqotlami tasawur qilish mumkin emas, chunki ular takrorlanmaydigan hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, ulaming sabablari yetarli darajada aniqlanmagan bo‘lib, biror nima uchun emas, har doim ham emas, katta qismi bo‘yicha ham emas, biror qonun bo‘yicha ham emas, faqatgina ulaming evristik xususiyatidan kelib chiqib baholash mumkin. Shuning uchun ham U.Uyevell: «Oldingi haqiqatlar quvilmaydi, rad qilinmaydi, balki kengaytiriladi va har bir fan tarixi - haqiqatdan novasion xarakterga egadir» 74 , deb yozadi. Biroq Dyugel taxminicha, fan bo‘sh joyda paydo bo‘lmagan ko‘p hollarda yangi ilmiy g‘oya, albatta, o‘z manbasiga ega bo‘lgan, ya’ni fandagi har bir yuksalish undagi an’anaviy ilmiy g‘oyalar bilan bir qatorda, yangidan-yangi innovatsiyalar va novatsiyalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Umuman olganda, innovatsiya bilan ilmiy-ijodiy faoliyat asosida qo‘lga kiritilgan yutuqlami biroz o‘zgartirish mumkin. Ammo ulami mutlaqo rad qilib ham bo‘lmaydi, ya’ni turli doiradagi innovatsiya va novatsiyalar asosida yangi gipotezalar paydo bo‘ladi. Ammo biz fan rivojida sekin va ketma-ket o‘zgarishlar bo‘lganligini ham inkor qilolmaymiz. Darhaqiqat, ko‘pgina fan yutuqlari ulardan oldin mavjud bo‘lgan nazariya yoki gipotezalarga tayanmagan. Bu jarayon ayniqsa, «vaqtidan ilgari» paydo bo‘lgan ilmiy kashfiyotlarga taalluqlidir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling