1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


kashfiyotchidan mustaqil ravishda mavjud bo ’Igan narsa, hodisaning subekt


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

kashfiyotchidan mustaqil ravishda mavjud bo ’Igan narsa, hodisaning subekt 
tomonidan anglab yetilishidir. 
Ilmiy- tadqiqot jarayonida kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning 
ichida eng taraqqiy etgan, o‘zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega 
bo‘lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan unsurni ajratish demakdir. Ilmiy 
tadqiqot jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida berkinib yotadi, muallif 
uni ocha bilishi kerak bo‘ladi. Kashfiyotni ochish berilgan obektlar guruhidagi 
umumiy, foydali va yangi tomonlami topish va uning boshqa kashfiyotlardan farqini 
aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil 
qiladi. 
I.Saifnazarov, G.V.Nikitchenko va B.U.Qosimovlaming fikricha, «Ilmiy 
kashfiyot ilmiy ijodning muhim jihati bo‘lib, u ilmiy tadqiqot obekti haqida yangi 
sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalami aniqlash, fanning 
yangi sohalari haqida ma’lumotlar olishda namoyon bo‘ladi»
83
. 0’zlarining mazkur 
yondashuvlari orqali mualliflar ilmiy kashfiyotni ijodning fandagi oliy ifodasi 
ekanligiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu nuqtai nazardan, har qanday ilmiy 
yutuqyoki kashfiyot nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik 
jihatga ham egadir. Ilmiy-ijodiy faoliyatda qiziqarli va muhim dalillaming yangi 
Князева E. H. Or открытия к инновации: синергетический взгляд на судьбы научных открытый// Эволюция, 
культура, познание. М., 1996. С. 7 
83
Qarang: Saifnazarov I., Nikitchenko G.V., Qosimov B.U. Ilmiy ijod metodologiyasi. 0‘quv qo'llanma. 

Т.: Yangi asr avlodi, 2004. 


manbalarini topish, kashf etish - olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, 
ilmiy kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi. 
Fanning ko‘p asrlik tarixi kashfiyotlar bilan uzviylikka ega. Ilmiy kashfiyotlar 
olimlaming dalillami tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati 
natijasida yuzaga keladi. Darhaqiqat, «Olimlik og‘ir mehnat natijasidir. ...Alloh 
bergan ijodkorlik... bir foiz bo‘lsa, qolgan to‘qson to‘qqiz foizi ijod va mashaqqatli 
mehnat natijasida amalga oshadi. Olimlik xislati kechayu-kunduz o‘ylovlar natijasi. 
Olimlik bu sinchkovliklar oqibati»
84
. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni 
aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning echimini topish 
bilan yakunlanadi. Ilmiy-ijodiy faoliyat, biron-bir kashfiyot amalda qo‘llanilishi 
natijasida, ilmiy bilishning tegishli sohasi jadal sur’atlarda rivojlana boshlashini, 
texnikaning rivojlanishi fanda inqilob yasashini ko‘rsatadi. Bunday inqiloblarning 
eng kattasi XIX asrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham P.Sorokin «Faqat birgina 
XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklaming o‘zi oldingi asrlaxdagi kashfiyotlaming 
hammasini jamlagandan ham ko‘pdir» , deb yozadi. Xususan, bu asrda 8527 ta 
kashfiyot amalga oshirilgan
85
. Shu o‘rinda internet so‘rovnoma natijasini taqdim 
etish mumkin. Dunyoning eng mashhur kashfiyotlari quyidagilar: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling