1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik 
dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy 
nashrlar RO‘YXATI deb ataluvchi ro‘yxat tashkil etilgan bo‘lib, bu ro‘yxat ilmiy 
tadqiqotchining ilmiy tadqiqot ishi natijalarini ommaga xavola etishda vositachi 
bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotchi, ya’ni biror mavzuda ilmiy tadqiqot ishini 
yozayotgan magist o‘z tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha maqolalarni o‘zining 
mutaxasisligiga mos OAK ro‘yxatida bo‘lgan ilmiy jurnallarda havola etish 
maqsadga muvofiq xisoblanadi. Chunki, ushbu jurnallar bevosita shu sohaga oid 
bo‘lgan muammolar ustida mulohazalar yuritiladi. Aynan shu soha bo‘yicha 
mutaxasislar Referent xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida biror ilmiy darajaga da’vogarlik qilishda 
nafaqat OAK tomonidan e’tirof etilgan jurnallar, shuningdek, Vebof Sciyencye va 
Scopus ma’lumotlar bazalari tomonidan indeksatsiya qilingan xorijiy jurnallarda 
ilmiy maqolalar chop ettirish talab etiladi. Magistrlar ham tadqiqot mavzusi, 
tadqiqot ishi natijalarini xorijiy konferensiya va ilmiy jurnallarda chop etib borishsa 
ularning tadqiqot ishining tezroq ommalashishi va oprabatsiyadan o‘tishiga xizmat 
qiladi.


Albatta yuqorida ta’kidlanganidek magistrlar uchun xorijiy jurnallarda tadqiqot 
ishiga doir maqolalarni chop ettirish majburiy hisoblanmaydi.
Albatta ilmiy tadqiqot olib borayotgan magistr ilmiy maqola yozishshi uchun 
ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar, maqolalarni shakllantirishga kerakli 
ma’lumotlarni izlash va ularni tahlil qilish, yozish va chop etish tartibi, OAK 
ro‘yxatiga kirgan jurnallar va ularda chop etishga qo‘yiladigan davlat talablarini 
bilishi kerak.
Ilmiy maqolalar asosan mutaxasislik sohasidan kelib chiqib OAK tomonidan 
e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda nashr qilinadi. Albatta har bir ilmiy jurnalning o‘z 
talablari bo‘ladi. Ilmiy jurnal tahririyati tomonidan qo‘yilgan talablar asosida ilmiy 
maqola jurnal tahriyatiga qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling