SCOPUS — ASOSIY MEZONLAR, AFZALLIK VA IMKONIYATLAR
Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo‘ylab jurnallar uchun katta yutuq
hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun jurnalning sifatini
tasdiqlab beradi.
Scopus uchun minimal mezon:
•
jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo‘lishi kerak;
•
jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN
xalqaro markazida
ro‘yxatdan o‘tgan ISSN bo‘lishi kerak);
•
kontent xalqaro auditoriya uchun dolzarb va tushunarli bo‘lishi kerak (lotin
transkripsiyasida bo‘lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi
kerak);
•
jurnalning etika qoidalari mavjud bo‘lishi;
•
bundan tashqari, umumiy amaliyotga ko‘ra, jurnal Scopus (ikkinchi bosqich)
ga qo‘shilish uchun arizani ko‘rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila
boshlangan bo‘lishi lozim.
Scopusga kirgan jurnalning qanday afzalliklari bor? Scopusga qabul
qilingan jurnal:
•
Xalqaro jihatdan tan olinadi;
•
Butun dunyodagi boshqa tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish uchun keng
imkoniyatlar mavjud;
•
Jurnal kontentida iqtiboslilik darajasi ortishi mumkin;
•
Global ilmiy hamjamiyatni rag‘batlantirish
va ixtisoslashtirilgan fan
sohalariga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: