1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Ilmiy g‘oya ilmiy izlanishda birinchi bosqichni


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Ilmiy g‘oya ilmiy izlanishda birinchi bosqichni ifodalovchi bilish shakli. 
Gʻoya – bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy 
tadqiqot shakli.
Gʻoya o‘z tabiatiga ko‘ra bir fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va 
nazariy faoliyati asosida paydo bo‘ladigan borliqning in’ikosidir. Ilmiy izlanishda 
g‘oya muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotchining fikrida biror sohaga doir g‘oya 
tug‘ilmaguncha, u tadqiqot olib bora olmaydi. Gʻoya ma’lum bir tayyorgarlik
ma’lum mushohada asosida, ma’lum bir sohada fikr yuritish natijasida paydo bo‘lib, 
unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan bo‘ladi. Gʻoyalar 
o‘z xususiyatlariga ko‘ra: a) ilmiy g‘oyalar va b) badiiy g‘oyalarga bo‘linish 
mumkin. Fan-texnika sohalariga oid tug‘ilgan g‘oyalar ilmiy g‘oyalardir. Badiiy 
ijodga oid g‘oyalar esa badiiy g‘oyalar bo‘lib, ular yozuvchi, shoirning «niyati» deb 
ataladi.
Gʻoyalar xarakteriga ko‘ra borliqning to‘g‘ri, real in’ikosidan, yoki 
borliqning xato yoki fantastik in’ikosidan iborat bo‘lishi, shuningdek progressiv 
yoki reasion g‘oyalar bo‘lishi mumkin. Ilmiy g‘oyalar borliqning to‘g‘ri, atroflicha, 
chuqur in’ikosi asosida yuzaga keladi. ular ilmiy muammoni keltirib chiqaradi.
Ilmiy muammo nima? Muammo arabcha masala, vazifa ma’nolarini 
ifodalaydi. «Muammo biz bilmagan narsa atrofida fikrni to‘plash, shu narsani 


bilishga urinish. Shuning uchun ham barcha fanlar bizning bilmaslik haqidagi 
bilimimizdan, muayyan narsani bilmasligimizdan boshlanadi».
95
Muammo ilmiy bilim tizimida bilib olinmagan va hal qilinishi mumkin 
bo‘lgan bilish shaklidir. Muammo odatda tadqiqotchining biror izlanish sohasiga oid 
yangi dalillarni to‘plagan, lekin bu dalillarni avvaldan mavjud eski bilimlar asosida 
izohlashi mumkin bo‘lmaganda, bu dalillar eski bilimlar tizimiga sig‘may, 
o‘zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug‘iladi. Muammoning 
tug‘ilishi va qo‘yilishi ilmiy tadqiqot jarayonining eng muhim tomonlaridan biridir.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling