1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Muammoni to‘g‘ri qo‘yishilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish 
demakdir.  
Muammoning qo‘yilishi muammoli vaziyatda o‘z ifodasini topadi. 
Muammoli vaziyat deganda bilish va bilmaslik, eski bilim tizimi bilan yangi bilim 
orasidagi ziddiyatli munosabat nazarda tutiladi. Muammoli vaziyat muammoni 
to‘g‘ri qo‘ya bilish bilan xarakterlanadi. Muammoning yechimini topish 
ziddiyatlarning hal qilinishiga olib keladi. Natijada bilim yangilanadi, uning 
muzmuni kengayadi, chuqurlashadi.
Shuni ta’kidlash joizki, kundalik hayotda ko‘pincha muammoni savol yoki 
biror masala bilan aynanlashtirish xollari uchrab turadi. Ilmiy bilish ilmiy muammo 
savol va masaladan farq qiladi.
Muammoni ko‘pchilik eng qiyin, eng murakkab masala yoki savol deyishadi. 
Masala, savol muammo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, lekin savol va masalaning 
o‘zi muammo bo‘la olmaydi. Savol va masalaning o‘ziga xosligi shundaki, savolga 
javob berish, masalaning yechimi olingan bilim asosida amalga oshadi. Masalan, 
savol beriladi: havo bulutmi? Javob beriladi: «ha» yoki «yo‘q». Masala yechishda 
shart qo‘yiladi va uni yechimi topiladi: xQ3q6. «x»ning qiymatini toping. Bir 
noma’lumli tenglamani yechish shartiga ko‘ra, xq6-3 deb olinadi va xq3 javobi 
topiladi. «x»ning o‘rniga 3 soni qo‘yiladi. 3Q3q6, 6q6 tarzida tenglamani sharti 
bajariladi.
Lekin ilmiy muammoni oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida turib, hal 
qilib bo‘lmaydi. Buning uchun yangi dalillar, ma’lumotlar to‘plash, ularni yangicha 
izohlash talab etiladi.
Muammo ham g‘oya singari haqiqiy yoki soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy 
muammo ilmiy dalil va fan qonunlaridan kelib chiqsa, soxta muammo fan qonunlari 
va ilmiy dalillarga zid keladi.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida bilimlar tizimida yangi-yangi 
muammolar kelib chiqmoqda. Bular xilma-xil shakllar (maxsus fan, umumiy, 
kompleks, global va h.k.)da bo‘lishi mumkin. Ilmiy muammoni yechish uchun 
tadqiqotchi o‘z oldiga muayyan maqsad qo‘yadi va shu asosda vazifalarni aniqlaydi. 
Tadqiqotchi avvalo o‘z oldiga qo‘ygan vazifani hal qilishda tanlangan muammoning 
dolzarbligi, nazariy va amaliy jihatdan jiddiyligini asoslash lozim bo‘ladi. Buning 
uchun ob’yekt xaqidagi dalil va ma’lumotlarni chuqur va atroflicha o‘rganishi, uning 
hali tadqiq etilmagan tomonlarini aniqlashi lozim bo‘ladi. Tadqiqotchining 
izlanishlari muammoni hal qilish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi. Dastavval 
95
Kоllingvud. Dj.R. Idеya istоrii. Аvtоbiоgrаfiya. – Mоskvа, 1980 g., str. 12-13.


tadqiqotchi izlanish jarayonida nimalarga diqqat-e’tiborini qaratishi kerakligini 
aniqlab olmog‘i lozim.
Buning uchun tadqiqotchi tadqiqot ob’yektini amaliy va nazariy jihatdan to‘la 
anglab yetmog‘i, u haqda bilimga ega bo‘lmog‘i zarur. U izlanish olib borayotgan 
sohaning mohiyatiga chuqurroq kirmog‘i, tadqiqotni qanday ilmiy bilishning qaysi 
usullaridan foydalangan holda olib borishni aniqlamog‘i lozim bo‘ladi. Shundan 
keyingina, izlanish faoliyatini boshlaydi. Tadqiqotchi tadqiqot ob’yekti xaqida 
orttirgan bilimlari, tajriba, kuzatish va ilmiy malakasiga tayangan holda ilmiy dilillar 
to‘playdi, nazariy va amaliy xulosalar chiqaradi va shu asosda muammoning 
yechimini topadi.
Tadqiqotchi tadqiqot ob’yektini o‘rganishga butun intellektual salohiyatini 
yo‘naltiradi va shu asosda o‘zi o‘rganayotgan ob’yekt, uning tarixi va 
rivojlanishidagi ichki zaruriy aloqadorlik va bog‘lanishlarni o‘rgana borib, uning 
qachon, qanday tartibda, nimalar sababli, qanday qonuniyatlar asosida yuz 
berganligini bilib oladi, shu ob’yekt haqida ma’lum bilim hosil qiladi, u haqda 
xulosalar chiqaradi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling