1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Ilmiy ish aprobatsiyadan o‘tgandan keyingina tugallangan hisoblanadi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Ilmiy ish aprobatsiyadan o‘tgandan keyingina tugallangan hisoblanadi. 
Ilmiy tadqiqot aprobatsiyasi ichki va tashqi bo‘ladi. Ichki aprobatsiyaga: a) ilmiy 
izlanishning kafedra, fakultet ilmiy kengashida yoki oliy o‘qo‘v yurti ilmiy 
kengashida muhokamadan o‘tishi va qo‘llab-quvvatlanishi; b) oliy o‘quv yurti yoki 
boshqa ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruza bilan chiqish; v) 
tadqiqot natijalaridan ilmiy faoliyat, o‘quv, madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot 
ishlarida foydalanish va boshqalar kiradi.
Tashqi aprobatsiyaga: a) oliy o‘quv yurtlariaro, respublika, regional, xalqaro 
konferensiya va simpoziumlarda ilmiy axborot bilan chiqish; b) aholi, mehnat 
jamoalari, mahalla va boshqa muassasa-tashkilotlarda ma’ruzalar bilan qatnashish; 
v) tadqiqot natijalarining maqolalar tarzida gazeta, jurnallarda nashr etilishi; 
o‘quvmetodik tavsiyalar, o‘quv qo‘llanma, darslik, broshyura, monografilarning 
tayyorlanishi va nashr etilishi kiradi.
Maqolalar, ilmiy ishlarni chet mamlakatlarda nashr qilinishi ishning 
qiymatini yanada oshiradi.  
Magistrlik, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va yoqlash 
ilmiy ishlar aprobatsiyasining muhim shakli hisoblanadi.
Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini tavsiya etish va yoqlash tartibi
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining nomzodlik va 
doktorlik dissertatsiyalari to‘g‘risidagi Nizom»ida ko‘rsatilgan.
Magistrlik dissertatsiyasini yoqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Magistratura 
to‘g‘risidagi Nizom»da belgilangan. Unga muvofiq, ikki yillik magistrlik ta’limini 
tamomlagan, magistrlik ishini muvaffaqiyatli yoqlagan kishiga magistrlik darajasi 
beriladi.


Ilmiy ishning nazariy va amaliy qiymati muammoni hal qilishga qo‘shilgan 
hissasi bilan, shuningdek, tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiq etilishi bilan 
o‘lchanadi.
Amaliyot ilmiy tadqiqot qiymatini belgilaydigan asosiy mezondir, shuning 
uchun ham amaliyotda qo‘llash – ilmiy izlanish aprobatsiyasining oliy shakli 
hisoblanadi.
Ilmiy ish aprobatsiyasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uni ochiq himoya 
qilishdir.
Magistrlik dissertatsiyasi fan va texnikaning dolzarb muammosiga 
bag‘ishlangan tugallangan ilmiy ish hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasida uning muallifining professional va falsafiy 
tayyorgarlik darajasi, tanlangan soha bo‘yicha mustaqil ilmiy izlanish olib bora olish 
qobiliyati namoyon bo‘ladi.
Magistrlik dissertatsiyasida: a) tanlangan mavzuning dolzarbligi; b) 
tadqiqotning maqsad va vazifalari; v) tadqiqot ob’yekti va uning xususiyatlari; g) 
ilmiy tadqiqotning shakl va usullari; d) tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish 
yuzasidan aniq takliflar asoslanmog‘i lozim.
Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi ixtisoslik kafedrasi tomonidan 
belgilanadi va oliy o‘qo‘v yurti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasi mazkur oliy o‘quv yurtida ishlayotgan fan doktori, 
professor rahbarligi ostida olib boriladi. Faqat istisno tarzida ayrim o‘rinlarda oliy 
o‘qo‘v yurti ilmiy kengashining qarori bilan fan nomzodi, dotsent magistrlar rahbari 
sifatida tayinlanishi mumkin.
Magistratura o‘kuvining dastlabki bosqichida (1 oy ichida) magistrlik 
dissertatsiyasining mavzusi tasdiqlanadi, so‘ng mavzu oliy o‘quv yurti ilmiy 
kengashida tasdiqdan o‘tadi.
Belgilangan muddatda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasi ilmiy rahbar, 
hamda tashqaridan bo‘lgan taqrizchining tavsiyasi, axboroti bilan birgalikda Davlat 
Attestatsiya Komissiyasiga taqdim etiladi.
Magistrlik 
dissertatsiyasi 
ochiq 
himoyaga 
qo‘yiladi. 
Magistrlik 
dissertatsiyasini himoya qilish tartibi oliy o‘quv yurti Ilmiy Kengashi tomonidan 
belgilanadi.
Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tartibi
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining nomzodlik va 
doktorlik dissertatsiyalari to‘g‘risidagi Nizom»i bilan aniqlanadi.
Magistrlik 
dissertatsiyasi 
ustida 
ilmiy 
tadqiqot 
ishlarini 
tizimli, 
bosqichmabosqich olib borish, bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Magistratura to‘g‘risidagi Nizom» 
talablariga asoslanish lozim bo‘ladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling