1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
-yilda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tomonidan kashf qilingan
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uolter Brattey tomonidan kashf qilingan); Shisha (eramizdan awalgi 2200-yilda Markaziy O‘rtayer dengizi bo yiarida kashf qilingan);
- Po‘lat va cho‘yan eritish uchun mo‘Ijallangan konventor XIX asrda ingliz muhandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashf qilingan.
1869-yilda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tomonidan kashf qilingan
«Kimyoviy elementlaming davriy sistemasi» (bu g‘oya uning tushiga kirgan). Eramizdan awalgi 1550-yilda temimi eritish texnologiyasi; Tranzistor (1948-yilda amerikalik olimlar Uilyam Shokli, Dj. Bardin va Uolter Brattey tomonidan kashf qilingan); Shisha (eramizdan awalgi 2200-yilda Markaziy O‘rtayer dengizi bo yiarida kashf qilingan); Mikroskop (XYII asr gollandiyalik tabiatshunos olim Antoni van Levenguk tomonilan kashf qilingan; lupa bilan kifoyalanmasdan i bitni o ’rganish uchun uskuna yaratadi va so ’ng suvni o ’rganib dahshatga tushadi va bir umr choy va vino ichgan); Syementning kashf qilinishi va undan XVIII asrda qurilish ishlaridafoydalanish boshlanishi inqilobiy hodisa bo ’Igan; Po‘lat eramizdan awalgi 300 yil ilgari Hindistonda kashf qilingan(po ’latpushkalar, o ’q yoy); Mis ishlab chiqarish - eramizdan awalgi 3 mingyil ilgari kashf qilingan. (Dastlab i mis konlarini topish orqali, so ’ngra 5 ming yil ilgari Kichik Osiyoda uni minerallardan olishni o ’rgangan; Rentgen nurlarining kristallar bilan difraksiyasi (1912-yilda Maks fon Lauye tomonidan kashf qilingan va bu yadro fizikasining rivojlanishidagi muhim qadam bo ’Idi); Po‘lat va cho‘yan eritish uchun mo‘Ijallangan konventor XIX asrda ingliz muhandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashf qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy kashfiyot paytida va yangi bilimlar olishda emosiyalaming roli kattadir. Chunki olimlar o‘z ilmiy- ijodiy izlanishlari haqida bahs yuritgan paytda yangi topgan dalillari haqida hayajon bilan mulohaza 84 DavronovZ. Barkamollikka da’vat maktublari. - Т.: Iqtisod-moliya, 2011 -B. 116. 85 O'sha asar, 542-b. qiladi, suyunadi, hayratlanadi, qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga tushadi, boshqalarga himmat ko‘rsatadi yoki xunob bo‘ladi, loqayd bo‘ladi 86 . Yaxshi yoki yomon kayfiyatda bo‘ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi. Bu va bunga o‘xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini aks ettiradi. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lish shakllari o‘z mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi. Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha o’sib chiqishi mumkin. «Innovatsiya» tushunchasining mazmunini yanada teranroq anglash uchun uni «o‘zgarish» tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda, Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaning mazmunini o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda bunday talqin tez-tez uchrab turishini ta’kidlash joiz. Xususan, innovasion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo‘jalik organizmi ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan 87 .Innovatsiyaning turli ta’riflarining tahliliga tayangan holda S.D.Ilenkova «innovatsiyaning o‘ziga xos mazmunini hamda innovasion faoliyatning asosiy funksiyasini o‘zgarishlar tashkil etadi» 88 , deb yozadi. Bu yerda biz innovatsiyaning o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ta’rifning unchalik to‘g‘ri emasligi pozisiyasini qo‘llab- quvvatlaymiz. Zero, agarda innovatsiya faqat sifat jihatdan ijobiy, boshqariladigan, ongli, mahsulli o‘zgarishlar ma’nosida talqin etilsa, u holda, «o‘zgarish» tushunchasi shu turda bo‘lgan yanada kengroq spektrdagi hodisalami anglatishi mumkin. Ulami ham biz o‘zgarishlar deb atashimiz mumkin, biroq innovatsiya deb emas. Shu ma’noda, o‘zgarish innovatsiyaga nisbatan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan tushuncha ekani ma’lum bo‘ladi. Ayni paytda, innovatsiya va innovasion faoliyatning asosiy funksiyalaridan biri - o‘zgarishlar ekanini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Biroq bu holatda ham o‘zgarishlar deganda, birinchidan, ijobiy o‘zgarishIar nazarda tutilishi zarur. Bu borada Santo: «innovatsiya - bu tashkillashuvning moddiy va nomoddiy elementlarining maqsadga yo‘naltirilgan har qanday ijobiy o‘zgarish- laridir, ya’ni bunday o‘zgarish rivojlanish va tashkillashuvning o‘sishiga xizmat qiladi » 89 , deb yozadi. Ikkinchidan, o‘zgarishlar innovatsiyaning o‘ziga emas, balki uning atributiv sifatlariga xos bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, I.Bestujev-Ladaning: «yangilikni joriy etish - bu boshqaruv qarorining shunday shakliki, u muayyan jarayon, hodisaning (texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) sezilarli darajada o‘zgarishini anglatadi» J . Shuning bilan birga, innovatsiya kiritadigan bevosita o‘zgarish va oqibatda paydo bo‘ladigan, ya’ni ilk holatdan keltirib chiqariladigan va innovatsiya qo‘llanilayotgan sohaga taalluqli bo‘lmasligi va doim ham ijobiy xarakter kasb etmasligi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlami farqlash zarur. Bizningcha, «o‘zgarish» va 86 Кудрявцева B.T. Формирование творческих способностей человека: проблемы методологии // Современные проблемы теории творчества. - М., 1992. - С. 41-55. 87 Qarang: La Pierre R. T. Social Change - New York, 1965. 88 Инновационный менеджмент/ С. Д. Ильенкова, Л. М. Голхберг, С. Ю. Ягудин и др.; Под ред. С. Д. Ильенковой - М.: Банки и биржи, Юнити, 1997 - С. 7. 89 Санто Б. Инновации как средство экономического развития: Пер. с венг. - М., 1990 - С. I00. «yangilik kiritish» tushunchalarining o‘zaro uzviy aloqadorligi to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va yangilik kiritish sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik kiritish «o‘zgarish»ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi. Masalan, X.Bamett yangilik kiritishni madaniy o‘zgarishjarayonlarining asosiy mexanizmi sifatida talqin etgan edi 90 . A.I.Prigojin fikricha esa, «yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida ko‘plab aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega» 91 . Shunday qilib, innovatsiya tushunchasining genezisi va uning zamonaviy adabiyotlardagi ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda madaniyatga tashqi omillarni kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror toptirish mexanizmi sifatida yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy muammolar doirasida yangilikni obektiv- lashtirish, madaniyat ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm sifatida ta’kidlash imkonini beradi. Innovatsiyaning «ixtiro», «kashfiyot» tushunchalari bilan o‘zaro munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa, innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining shunday tahlili - predmetli-amaliy xarakterini, uning «o‘zgarish» va «yangilik» tushunchalariga tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining yo‘nalganligini ochib beradi. Shunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda keng aks-sado topishda namoyon bo‘ladigan subekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir. Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish texnik- iqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. Xususan, bunga muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida iqtisodiy foyda keltiruvchi texnologik yangilik sifatida tushunish keng tarqalgan. Shuning uchun, ilmiy muhitda texnik-iqtisodiy paradigma tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha «imtiyozi nafaqat mahsulotlar va tizimlaming yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘laming nisbiy strukturasidan izlanishi kerak bo‘lgan o‘zaro aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik innovatsiyalar to‘plami» 92 ni anglatadi. Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng mashhur ixtirolari quyidagilar deb belgilangan: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling