1-mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
Download 117.88 Kb.
|
bugun1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” kursining vazifalari
1-MAVZU: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja 1. Kirish.Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari. 2. Dunyoni bilish zaruriyati. 3. Ilmiy bilish tushunchasi. 4. Ilmiy tadqiqotning zaruriy shartlari. 5.“Ilmiy tadqiqot asoslari”ning asosiy masalalari. Respublikamizniтg mustaqillikka erishishi fanning turli yo‘nalishlarda har tomonlama mukammal rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Bu jarayonda turli fanlarning zahmatkash olimlarimizning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida ahamiyatga ega. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov hozirgi kunda «...olimlar va ijodkor xodimlarimizga e’tiborni kuchaytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma'naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo‘jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas’uliyatli vazifasidir»1, deb ta’kidlagan edi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy tadqiqotning nazariy asoslarini o‘rganishi va egallangan bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, inson o‘z ijodiy izlanishlari asosida o‘z manfaatlariga moslab dunyoni o‘zgartiradi va o‘zini yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi. Aslida ijod2 tushunchasida ikkita xususiy holat o‘z ifodasini topgan:1) badiiy ijod; 2) ilmiy ijod. Biz bu yerda ko‘proq ilmiy ijod haqida gaplashamiz. Ilmiy ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o‘ziga xos metodologik xarakterga ega. U subyektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqot fanda evristik xarakterga ega. Zero, ilmiy tadqiqot jarayonida subyekt obyektga faol, izchil ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir jarayonida inson o‘zini qurshab turgan muhitni o‘zgartiradi, shu paytgacha ko‘rilmagan, anglanilmagan, o‘rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Shu ma’noda faoliyat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti sifatida dunyoni o‘zining maqsadiga ko‘ra o‘zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakatini namoyon etadi. Ilmiy tadqiqot – bu insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig‘idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo‘lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi. Agar tadqiqotlar ilmiy asosda tashkil etilmasa, ularning ahamiyati juda kam bo‘ladi va hatto, biron bir ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ijod – bu dunyoga prinsipial yangilik kiritish demakdir. Ijod — bu konstruktiv yaratuvchanlik. «Ijod, - deb yozadi Z.Davronov, - bu - izlanuvchining ma’lum yangilik yaratish uchun obyektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchn hissiy bilim va tuyg‘ularni amalga oshiruvchi jarayondir»3 Bu fikrda ham ma’lum bir haqiqat unsurlari mavjud. Chunki ijod faqatgina qobiliyatga tayanuvchi shaxsiy faoliyat mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki o‘zining obyektiv taraqqiyot manbalariga ega bo‘lgan murakkab va serqirra hodisadir. Bunday murakkablik, ayniqsa, ijodiy faoliyatga xos yaratuvchanlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ijodiy faoliyat mahsuli samarasi, ya’ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri mahsuli bo‘lgan asarlari, ilmiy ratsionalizatorlik ishlari majmui ham ijod mahsuli deyiladi. Ko‘p hollarda «Ijod - bu kashfiyot va ixtiro qilish jarayoni bilan bog‘liq murakkab jarayondir» deb e’tirof etiladi. Bunda ijodning faqat ilmiy faoliyat natijasi ekanligi qayd qilingan. Fikrimizcha, ijod bu faqat ilmiy faoliyat mahsuli emas. Balki g‘ayritabiiy ahamiyat kasb etgan fikr-mulohaza va faoliyat natijasidir. A.Azizqulov «Ijod insonni yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlarni yaratishga qaratilgan murakkab ruhiy-ma’naviy faoliyatdir. Inson tomonidan tabiiy borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish faoliyati faqat ijodiy yondashuv natijasida sodir bo‘ladi. Aynan, ijodkorlik faoliyati orqali inson tabiatdan ajralib chiqdi va uni o‘ziga bo‘ysundirdi», deb yozadi. Mazkur fikrda ijodning umumfalsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan bo‘lsa-da, uning aniq ilmiy asosi e’tibordan chetda qolganligini kuzatamiz. Shuning uchun bugungi kunda ko‘plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy g‘oyalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy tadqiqot jarayonida ilmiy va amaliy metodlarga tayanilsa, shaxs yoki jamoa jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi. Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlarning rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlar mavjud. Bu esa, ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” kursining vazifalari: 1.Ilmiy tadqiqotning mavzusini aniqlashtirishga yordam berish. 2.Ilmiy tadqiqotning dolzarbligini asoslashni o‘rgatish. 3.Ilmiy tadqiqotning qismlarini belgilashga yordam berish. 4.Ilmiy tadqiqot boblarini materiallar, dalillar bilan boyitish va tahlil etishning yo‘llarini talqin etish. 5.Ilmiy tadqiqotning umumiy va xususiy metodlari bilan ishlash bilan dalillarni tavsiflash, tasniflashga kirishishga o‘rgatish. 6.Ilmiy ishning adabiyotlar qismini shakllantirish va ular bilan ishlash yo‘llarini kuzatib, o‘rgatish. 7.Ilmiy tadqiqotning xulosaning yozishni va ilmiy ishni yakunlashni asoslab o‘rgatish. Download 117.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling