1-mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja


Download 117.88 Kb.
bet6/19
Sana26.01.2023
Hajmi117.88 Kb.
#1123469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bugun1

Adabiyotlar
1. Шермухамедова Н.А. Илмий тадқиқот методологияси. Дарслик. – Т.: Фан ва технология, 2014.
2. Бурда А.Г. Основы научно-исследовательской деятельности: учеб. пособие (курс лекций) /А.Г.Бурда; Кубан. гос. аграр. ун-т. – Краснодар, 2015.
3. Горелов Н.А. Методология научных исследований: учебник для бакалавриата и магистратуры / Н.А.Горелов, Д.В.Круглов. – М.: Юрайт, 2016.
4. Мокий М.С. Методология научных исследований: учебник для магистратуры / М.С.Мокий, А.Л.Никифоров, В.С.Мокий; под редакцией М. С. Мокого. – М.: Юрайт, 2018.
5-MAVZU: ILMIY TADQIQOTDA DALIL, GIPOTEZA (FARAZ), PROGNOZ VA INTUITSIYA
1. Ilmiy faraz tushunchasi. Ilmiy faraz shartlari.
2. Gipotezani tasdiqlash yoki inkor etishda dalillarning o‘rni.
3. Ilmiy bashorat va prognoz.
4. Ilmiy tadqiqotda ratsionallik va irratsionallikning namoyon bo‘lishi.
5. Intuitsiya va uning ilmiy faoliyatda tutgan o‘mi.

Gipoteza deganda yangi ilmiy izlanish jarayonida dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli taxmin ko‘zda tutiladi. Gipoteza odatda, olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ham ishlab chiqiladi. Bunda gipoteza nazariy va empirik talablarga javob berishi talab etiladi. Agar bunday tekshirishning iloji bo‘lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz, deb topiladi. I.Saifnazarov, G.Nikitchenko, B.Qosimovlarning ta’kidlashicha, «Ilmiy ijod jarayonida gipotezalarning to‘g‘riligi, ziddiyatsizligi bir necha karra sinovdan o‘tkaziladi. Tekshiruvlarning ijobiy natijasi gipotezaning to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki gipoteza haqqoniy ilmiy nazariyaga aylanganini ko‘rsatadi. Bu ilmiy ijodning tantanasi, chinakam ilmiy kashfiyotdir. Ilmiy ijodda teran, mazmunli gipoteza ilmiy bilimning o‘sishi, fanda prognoz va bashorat qilish, ilmiy qonunni kashf etish va nazariya yaratish uchun pishiq poydevor bo‘lib xizmat qiladi»2. Bu fikrdan ma’lum bo‘ladiki, gipoteza asosida inson bilimsizlikdan bilimga, nomukammal va nohaqqoniy bilimdan mukammal va haqqoniy bilimga, dalillarni o‘rganishdan obyektiv mavjudlikning ichki mantig‘in bilishga, ilmiy nazariyani shakllantirishga, bir nazariyadan bilimning yuqori darajasidagi boshqa nazariyaga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Leybnis: «Agar gipoteza quyidagi uch shartni qanoatlantirsa, u asosli bo‘ladi: birinchidan - u sodda bo‘lsa; ikkinchidan - ko‘p sonli hodisalarni tushuntirsa; uchinchidan - yangi hodisalarni bashorat qilishga yordam bersa»3, deb ta’kidlaydi. Mazkur uchta shartning oxirgisi aynan ilmiy-ijodiy faoliyatda namoyon bo'luvchi gipotezaning mazmun-mohiyatini ifodalaydi.


Insonning ijodiy faoliyatida o‘tmish tajribasini hozirgi zamonda qayta tiklash va kelajakni prognoz qilishda xotira muhim o‘mini bildiradi. Xotiraning prospektiv strukturalari odamlarni kelajak istiqbollariga yo‘naltiradi, uning muhim belgilarini prognozlaydi. Avvaldan e’tirof etish kerakki, kelgusini prognozlashning va hayot istiqbolining haqiqatga yaqinligi ko‘p jihatdan o‘tmish tajribasi resurslariga bog'liq bo‘ladi. Aytish mumkinki, insonning prognozlash qobiliyatlariga o‘tmish tajribasini egallash, o‘zlashtirish va orttirish xosdir. Ular o‘z-o‘zicha hayotning izlanayotgan maqsadlariga erishish uchun ishonchli kafolat berolmaydi, ularning prognozi hali natija degani emas. Prognozlash - ancha murakkab muolaja. Tanlanayotgan istiqbolning yangiligi o‘tmish tajribasi ma’lumotlarini taqqoslash asosida aniqlanadi. Eski yoki ishlayotgan yo‘llar, qoliplar, stereotiplar, shuningdek, ideallar, me’yorlar va qadriyatlar hayotiy ehtimollarni bilish, muloqot va boshqalar shular jumlasidandir. Lekin bular prognozlashning mazmunini ayniylashtirish uchun asos bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham ehtiyojlari qanoatlantirilmayotganiga ishongan holda inson o‘zining hayotiy istiqboliga doir turli yangi imkoniyatlarini belgilaydi. Ularni ishlab chiqish va muhokama qilish natijasida eng yaxshisini tanlashga imkon yaratadi. Kelajak loyihasining ko‘zlangan maqsadga erishish uchun odamlarning mavjud vaziyatlarga (vositalar)ga mosligining ta’minlanishi eng yaxshi istiqbol hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot faoliyatida ratsionallik va irratsionallik. Obyektiv borliqni biz yaratmaganmiz, shu sababli biz borliqdan va uning obyektiv qonunlaridan kelib chiqib, o ‘zimizning o ‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirishga qodir boigan o‘z «insoniylashtirilgan» tabiatimizni yaratamiz. Shu ma’noda biz dunyoga o‘z sezgilarimiz va aql-idrokimizni kiritamiz, lekin bunday kiritishni biz tabiat va amaliy harakatni aniq maqsadga muvofiq boigan, o ‘zlashtirilgan bilimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradigan tarzda amalga oshiramiz. Bilish bilimsizlikdan bilimlilikka, bir bilimdan yanada chuqurroq bo‘Igan boshqa bilimga o'tish sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir-biri bilan bog‘langan ко‘p sonli holatlar va jihatlardan tarkib topadi. Sezgilar va bilimning o‘zaro nisbati haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar - sensualizm va ratsionalizm mavjud boigan. Birinchi nuqtai nazarga ko‘ra, haqiqatning tagiga yetishning birdan-bir manbai va vositasi sezgilar hisoblanadi. J.Lokk sensualizm tarafdori bo‘lgan.
Jon Lokk (1632 - 1704) -bilishning empirik nazariyasi asoschisi, liberal ijtimoiy-siyosiy konsepsiya muallifi. Eng muhim asarlari: «Inson bilimi haqida tajriba», «Davlatni boshqarish haqida ikki risola», «Tarbiya haqida ayrim fikrlar» va h.k. Lokk ta’limotining diqqat markazida ingliz empirizmi ruhida rivojlangan bilish nazariyasi turadi. Lokk ilgari surgan konsepsiya sensualizmga asoslanadi, inson bilimi to‘laligicha tajribadan keltirib chiqariladi. Lokk inson tafakkurida tug'ma g‘oyalar mavjudligiga boigan ishonchni tanqid tig‘i ostiga oladi. Uning fikricha, aql toza taxta yoki oq qog‘oz (tabula rasa)ni o‘zida ifodalaydi. Bilishning
birdan-bir manbai bo‘lib tajriba xizmat qiladi. Lokk ichki va tashqi tajribani ajratadi. Tashqi tajribani biz sezgi organlarimiz yordamida, ichki tajribani esa - o‘z tafakkurimiz (refleksiya) faoliyatini idrok etish y o ii bilan o‘zlashtiramiz.
Lokk barcha sezgilarni ikki turkumga - birlamchi sifatlar haqidagi g ‘oyalar va ikkilamchi sifatlar haqidagi g ‘oyalarga ajratadi. Birlamchi sifatlar - bu jismlarga xos sifatlar. Ular jismlarning o'zida mavjud. Birlamchi sifatlarga koiam, shakl, harakat va hokazolar kiradi. Ikkilamchi sifatlar sezgi organlari ta’sirida paydo bo‘ladi, ular jismlarda mavjud emas. Ikkilamchi sifatlarga rang, ta’m, hid va hokazolar kiradi. Sezgilar va refleksiya yordamida olingan g‘oyalar bilish jarayoniga zamin yaratadi. Aql biriktirish, taqqoslash va mavhumlashtirish y o ii bilan sodda g‘oyalardan murakkab g ‘oyalarni yasaydi. /oyalar aniq va mavhum, haqiqiy va xayoliy, adekvat va noadekvat bo‘lishi mumkin. Bunda haqiqat g ‘oyalarning voqelikka muvofiqligi sifatida tushuniladi.
Olz ijtimoiy-siyosiy taiimotida Lokk, xuddi Gobbs kabi, jamiyatning tabiiy holatidan kelib chiqadi. Ammo u jamiyatni hammaning hammaga qarshi urushi deb hisoblamaydi, balki erkinlik va tenglik saltanati sifatida tasvirlaydi. Insonning tabiiy huquqlariga Lokk yashash huquqi, erkinlik va o‘z peshona teri bilan topilgan mulkka egalik qilish huquqini kiritadi. 0 ‘zini o‘zi asrashga intilish inson uchun tabiiydir, ayni shu sababli u xususiy mulkka egalik qilishi lozim, aks holda u o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Boshqa tomondan, mulkdorlik mehnat va mehnatkashlik bilan, demakki, ijtimoiy boylikning ko‘payishi bilan ham uzviy bog`liq.
Odamlarning davlat boshqaruviga o‘tishi va ijtimoiy shartnomaning tuzilishi, Lokk fikriga ko‘ra, tabiiy holatda huquqlarning mustahkam emasligi tufayli yuz beradi. Shu sababli bunda tabiiy huquqlar va tabiiy erkinlikdan butunlay voz kechish yuz bermaydi. Inson faqat ularni o'z shaxsi va mol-mulkini himoya qilish uchun zarur boigan darajadagina cheklaydi. Binobarin, oliy hokimiyat cheklanmagan bo'lishi mumkin emas.
Mutlaq hokimiyatni cheklash uchun uni qonunchilik, ijro va federativ tarmoqlarga ajratish talab etiladi. Bu holda ular bir-biriga qaram boimaydi va shaxs huquqlarini ta’minlay oladi. Bunda qonunchilik hokimiyati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Cherkov davlat ishlariga aralashmasligi kerak, xuddi shuningdek, davlat ham cherkov ishlariga aralashmasligi lozim.
Lokk tarbiya konsepsiyasini ham ilgari surdi. Uning fikricha, jismonan kuchli va ma’naviy yetuk insonni shakllantirish uchun tegishli ijtimoiy sharoitlar mavjud bo'lishi kerak.
Lokk ta’limoti g'arb ma’naviy hayotiga ulkan ta’sir ko'rsatdi. Uning ta’sirida Yevropada Ma’rifat davrining ijtimoiy-siyosiy tafakkuri shakllandi.
Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari (Dekart, Leybnits, Gegel) fikriga ko'ra, umumiy va zaruriy haqiqatlar faqat tafakkuming o'zidan olinishi mumkin.
Ikkala nuqtai nazar ham tor, bir yoqlamadir. Bilish faoliyatining rivojlanish jarayoni hissiylik va ratsionallik bir-biri bilan bog'langan va bir-birini taqozo etishini, o'z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular birbiriga o'tishini ko'rsatdi.
Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ularning har birini o'zining alohida ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson o'zini qurshagan dunyo bilan o'zaro aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi. Hissiy bilishning o'ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida namoyon bo'ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal sistemasi sifatida amal qiladi. Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni amalda mavjud boigan qaysi narsalar majmui bilan o'zaro aloqada yuz berayotgan bo‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab moijal oladi. Bunda hissiy bilish biron-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy vazifalarni yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Hissiy bilishning asosiy shakllari - sezish, idrok etish va tasawur qilish. Hissiy bilish bizni o‘zimizni qurshagan dunyo bilan bevosita bog‘laydi. U ko‘rgazmali xususiyat kasb etadi. Hissiy bilish hodisalar yuzasida nimalar yotishini, narsalarning, odatda, o‘zgaruvchan va tasodifiy bo‘lgan yuzaki tomonlarini aks ettiradi. Ammo inson samarali faoliyat ko'rsatish uchun barqaror, zaruriy tomonlar va aloqalarni aks ettiruvchi bilimlarga muhtoj bo‘ladi. Hissiy bilish bunday bilimlarni bermaydi. Shunda inson tashqi dunyoni aks ettirishning oliy turi - nazariy yoki oqilona bilishga kirishadi.
Intuitsiya. Intuitsiya inson hayotida alohida fenomenal va murakkab faoliyat bo ‘lib, inson ruhiy faoliyatida, y a ’ni ijodiy mehnatda, xususan, ilmiy ijodda katta rol o'ynaydi2. Shu bilan birga, u ijodiy izlanishda xotira, tafakkur va obrazli tasavvur bilan aloqada bo‘ladi. Ba’zi ijodkorlar fan va san’atda umuman yangi kashfiyotlar qilib, ko‘pincha o‘zi ham bum qanday qilganini bilmaydi. Shunday qilib, ijodiy faoliyatda yangi fikming qanday paydo bo‘lishini, biz sun’iy yoʻl bilan bilolmaymiz. Chunki yangi fikr bu asl (original) tushunish, shaxsiy nuqtai nazar (bir qator so‘zlar emas, balki taassurotlar, ongimizda har soniya o‘tadigan hodisadir -Z.Q.) bo‘lib, u kamdan-kam hollarda inson miyasiga quyulib keladi, ehtimol hayotda bir necha marta kelgan boʻlishi ham mumkin. Darhaqiqat, aytishimiz mumkinki, agar odam o‘zini fikrlashga majbur qilishning yo‘lini bilganda edi, hamma daho bo‘lib ketgan boʻlar edi.
Intuitsiya - haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab yetish qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. Shu ma’noda, faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir. Intuitsiya muammosi falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo atrofida keskin bahslar boigan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi a’zolari orqali bilish shakli deb qaragan bo‘lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek, Levkipp va Demokrit bevosita bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon qilganlar. Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir. Platon ham hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan.
Yangi davrda Dekart, Spinoza, Leybnis intellektual intuitsiya haqidagi ta’limotni yaratdi. Dekart intuitsiya deganda sezgilarning omonat guvohligi va tartibsiz xayolning aldamchi mulohazasiga boigan ishonchni emas, balki teran va zehnli aqlni tushunadi. Spinoza intuitsiyani narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng ishonchli bilish deb hisoblaydi. Sensualistlar sezgi darajasidagi intuitsiyani targ‘ib qiladi, sezgi a’zolari orqali, bevosita bilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. J.Lokk fikriga ko‘ra, aql - sezgi a’zolari faoliyatining haqiqiy natijalarini uzluksiz qayd etuvchi ko‘zgu, xolos. Bilishning bu tomonini rad etib boimaydi: aql shu tomonga o‘z e’tiborini qaratgani zahoti u, xuddi quyoshning yorqin nurlari kabi, o‘zini bevosita idrok etishga majbur qiladi. Ikkilanish, shubhalanish, o'rganishga hech qanday o‘rin qolmaydi: aql shu zahoti uning yorqin nurlari bilan toiadi, isbotlash yoki o'rganishga muhtoj boimaydi, biroq haqiqatni faqat unga o‘z e’tibori qaratilganligi tufayli idrok etadi. Muammoni o‘rganishga nemis klassik falsafasi muhim hissa qo‘shdi. Kant intellektual intuitsiya qobiliyatini inkor etib, sof apersepsiya g‘oyasini ilgari suradi. Biroq keyinchalik Fixte Kantning sof apersepsiyasi amalda intellektual intuitsiyaning o‘zi ekanligini, u Dekart, Spinoza va Leybnisning amalda mavjud narsalarni bilish qobiliyati sifatida qaralgan intellektual intuitsiyasidan Kantda intuitsiya faoliyatni bilishga qaratilganligi bilan farq qilishini ko‘rsatdi. Fixtening o‘zi intellektual intuitsiyani amalda mavjud narsalarni emas, balki mutlaq narsalar faoliyatini bilish sifatida tushunadi. Shelling Kant-Fixte yo‘nalishini rivojlantirib, ularning ta’limotini o‘zining transsendental idealizmi - «substansiyani bilish uchun» o‘z naturfalsafasi bilan to‘ldiradi, estetik tasavurni birinchi o'ringa qo‘yadi. O‘tmish ratsionalistlaridan farqli o‘laroq, u intuitsiyaning sabablarini idrok emas, balki aql faoliyatidan qidiradi. Gegel o‘z o‘tmishdoshlarining intellektual intuitsiya haqidagi ta’limotlariga tanqidiy yondashib, bilish mantigi, nazariyasi sifatida dialektikani ishlab chiqadi. U falsafani tafakkur faniga aylantiradi, uning sof tafakkurga asoslangan mantiqiy oqilona tizimini yaratadi, shu sababli uning taiimotida intellektual intuitsiya o‘mini dialektika egallaydi.
XX asr boshida har xil maktablar: Gusserlning fenomenologik intuitsiya (reduksiya), Bergsonning intuitivizm, Freydning ong osti intuitsiyasi va boshqa yo‘nalishlar yuzaga keldi. Bu maktablar intuitsiyani bilishning instinkt, ong osti hodisasi, diniy e’tiqod va hokazolarni o‘zida uyg‘unlashtirgan irratsional harakati sifatida tushunadi. Bu yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular dunyoni ilmiy bilishda aqlning, tushunchalar vositasida tafakkuming rolini kamsitadi. Tafakkur o‘rniga predmetni keraksiz ratsionalistik mulohazalarsiz «asl holicha» qamrab olish imkonini beruvchi intuitsiya qo'yiladi. Bugungi kunda irratsionalizm g‘oyalarini ekzistensializm, neopozitivizm va hozirgi zamon falsafasining ayrim boshqa yo‘nalishlari rivojlantirmoqda. Masalan, ekzistensialist Xaydegger fikriga ko‘ra, «ekzistensiya»ni mantiqiy tushunish mumkin emas. Yaspersda e’tiqod, intuitiv tarzda qaraladigan mistik «vahiy» birinchi o'ringa qo'yiladi. Marsel «abstraksiyalar ruhi»ga qarshi ayovsiz kurashni targ'ib qiladi. Inglizlar Ross, Mur, Richard moddiy narsalarni bilishning sezgi va aql darajalarini chetlab o‘tib, qandaydir mistik intuitsiya yordamida, bevosita bilish mumkinligini isbotlashga harakat qiladi. Shunday qilib, o‘tmishda faylasuflar intuitsiya deganda insonning haqiqiy borliqni bilish qobiliyatini tushungan, ularning ayrimlari (Spinoza) intuitsiyaga aqlning oliy ko'rinishi sifatida yondashgan bo‘lsalar, hozirgi intuitivistlar aqlning, tafakkuming rolini kamsitadilar yoki inkor etadilar, alogizm va mistik irratsionalizmni targib qiladilar. Mantiq sifatida tushuniladigan dialektika intuitsiyaning shakllanishi va uning natijalariga tanqidiy yondashilishiga imkoniyat yaratadi. Garchi intuitsiya deduktiv nazariyaning muhim bo‘g‘inlarini ko‘rsatib bersa-da, u bizni ularni isbotlash zaruriyatidan xalos etmaydi. Bevosita, kutilmagan va anglab yetilmagan bilim sifatida intuitsiya quruq joyda emas, balki vazifalarni yechish, yechimni «intuitiv» topishni belgilaydigan muayyan asoslar mavjud boigan holda yuzaga keladi. Biroq intuitsiya natijalarini bilimning tegishli shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan sohalarida tekshirish lozim. Masalan, matematika va fizikada olingan natijalarni faqat tajriba o'tkazish y o ii bilan tekshirish mumkin. Inson ruhiyati hissiy, oqilona va eydetik bilimning yangi shakllarini yaratish uzluksiz jarayoni sifatida amal qiladi. Ingliz olimi G.Uolles ma’naviy ijod jarayonlarining tayyorgarlik, etilish, anglash va tekshirish quyidagi bosqichlarini qayd etgan. Ijodning muhim bosqichi - yangilikni intuitiv anglash, tushunib yetish. Intuitsiya – kutilmaganda bevosita olingan bilim. Inson bilimining jadal sur’atlarda rivojlanishi ijod qilishni о‘rganish vazifasini qo'yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta’lim metodlarini o'rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, munozaralar, muammoli vaziyatlar tahlili - shaxsning ma’naviy, ijodiy qobiliyati-rivojlanishiga ko‘maklashadi. Intuitsiya va ijodni formal mantiq vositalari yordamida tavsiflash mumkin emas, biroq evristik metodlar orqali subyektning iste’dodi, xotirasi, zehni, tasawurini safarbar etishni talab qiluvchi yangilik ustida izlanishlar olib boriladi. Induktiv tafakkur – hodisalarning bir qismini o‘rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi. 0 ‘xshashlik bo‘yicha tafakkur ham evristik mushohada yuritishning haqiqatga erishishni kafolatlamaydigan, biroq oddiy faraz ham hisoblanmaydigan usulidir. Matematik modellashtirish ham evristik usul hisoblanadi. Fanning barcha tamoyillari evristik mazmunga ega. Masalan, fizikada muvofiqlik prinsipidan foydalaniladi: eski va yangi nazariya o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi kerak, yangi nazariyaning matematik apparati ma’lum darajada eski nazariyaga mos kelishi lozim. Falsafa evristik xususiyatga ega, shu sababli yuksak cho‘qqilarni egallash intuitsiya va ijodni anglab yetishning ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.



Download 117.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling