1-mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja


Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar


Download 117.88 Kb.
bet3/19
Sana26.01.2023
Hajmi117.88 Kb.
#1123469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bugun1

Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar quyidagilar:
1. Bu fanning zarurligi.
2. Bilish va ilmiy bilish tushunchalarini oydinlashtirish.
3. Ilmiy sohaning maxsus xususiyatlari borligi.
4. Ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlarni aniqlash va ularni guruhlash (tasniflash).
5. Ilmiy tadqiqotlardan foydalanish me'yori masalasi.
6. Ilmiy tadqiqotda qo‘llanilgan metodlarning ishlatilishi masalasi.
7. Ilmiy tadqiqot mavzusini aniqlash.
8. Ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini asoslash.
9. Ilmiy tadqiqot ishi materiallarini belgilash, yig‘ib to‘plab, tavsif va tasniflab guruhlash.
10. Ilmiy tadqiqotni yakunlash, unga oid materitallardan maqola(lar) tayyorlash.
11. Ilmiy tadqiqot (BMI, MD, ND, DD, talablarga ko‘ra maxsus ilmiy tadqiqotlar)ni himoyaga olib chiqib, muvaffaqiyatli himoya qilish.


Adabiyotlar
1. Шермухамедова Н.А. Илмий тадқиқот методологияси. Дарслик. – Т.: Фан ва технология, 2014.
2. Бурда А.Г. Основы научно-исследовательской деятельности: учеб. пособие (курс лекций) /А.Г.Бурда; Кубан. гос. аграр. ун-т. – Краснодар, 2015.
3. Горелов Н.А. Методология научных исследований: учебник для бакалавриата и магистратуры / Н.А.Горелов, Д.В.Круглов. – М.: Юрайт, 2016.
4. Мокий М.С. Методология научных исследований: учебник для магистратуры / М.С.Мокий, А.Л.Никифоров, В.С.Мокий; под редакцией М. С. Мокого. – М.: Юрайт, 2018.


2-MAVZU: ILMIY BILIM, ILMIY FAOLIYAT IJTIMOIY-TARIXIY HODISA VA MADANIYAT ELEMENTI SIFATIDA
REJA:

  1. Ilmdagi qadriyatlarda ijtimoiy-madaniy shart-sharoitining namoyon bo‘lishi.

  2. Fan falsafasida qadriyat kategoriyasi. Ilmiy bilishda qadriyatlar va tanlov masalasi.

  3. Olimning professional va ijtimoiy mas’uliyati.

Ijtimoiy ehtiyojlar fanni o‘z imkoniyatlari chegarasidan chetga chiqishga majbur eta olmaydi. Ijtimoiy buyurtma fan faqat u tabiat qonunlariga zid bo‘Imagan va ilmiy bilim rivojlanishining ichki mexanizmlari uni mazkur buyurtmani bajarish uchun zaruriy holatga olib kelgan taqdirdagina bajarishi mumkin. Masalan, o‘rta asrlar Yevropasida o‘latga qarshi kurash vositalariga ehtiyoj juda kuchli boʻдsa-da, fan bu ijtimoiy ehtiyojni qondirishga ojiz bo‘lgan. Suv toshqini va zilzilalarni bashorat qilish va ularning oldini olish asrlar mobaynida muhim ijtimoiy vazifa bo‘lib kelmoqda. Fan bu vazifani ham hanuzgacha yecha olgani yo‘q.
«Internalizm - ekstemalizm» jumbog‘i yechib bo‘lmaydigan jumbogʻ emas. Uni faqat mazkur yo‘nalishlar doirasida ilgari surilayotgan g‘oyalar mutlaqlashtirilgan holdagina yechib boʻlmaydi. Ammo ikkala oqim vakillari o‘rtasidagi munozaralarda fan rivojlanishi ichki va tashqi determinatsiyasining dialektik birligi manzarasi namoyon boʻladi. Bular fanning qoʻshimchalilik munosabatida boʻlgan harakatlantiruvchi kuchlaridir.
Ichki determinatsiya ilmiy g ‘oyalarning rivojlanishi va ilmiy bilimlarning bir darajasidan boshqa darajasiga oʻtish mantiqini, fan rivojlanish bosqichlarining tadrijiyligini, ilmiy tadqiqotlar (kashfiyotlar, loyihalar, empirik mа’lumotlar, nazariy tizimlar) natijalarining obyektiv mazmunini belgilaydi. Tashqi determinatsiya yoki bu ijtimoiy sharoitlarda ilmiy bilimlar rivojlanishining yetakchi tendensiyalarini, fanni rivojlantirishning ustuvor yo ‘nalishlarini tanlashni, uning rivojlanish sur’atlarini, fan maqsadlari va ideallarini, uning madaniyatdagi оʻrni va ahamiyatini qanday talqin qilishni belgilaydi. Bunda ichki va tashqi omillar bir-biri bilan birikishi va o‘zaro aloqaga kirishishini, fanning rivojlanish jarayonining tarixan belgilangan rang-barang stimullari, shakllari va mexanizmlarini yaratishini e’tiborga olish zarur.
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, fan bilan aholining faqat 6-8% shugʻullanishga qodir. Ba’zan tadqiqotchilik faoliyati va oliy ta’limni qo‘shib olib borish fanning asosiy va empirik jihatdan aniq belgisi hisoblanadi. Bu fan kasbiy faoliyatga aylanib borayotgan sharoitda juda o‘rinlidir. Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati zarur va barqaror ijtimoiy-madaniy an’ana sifatida e’tirof etiladi. Bu faoliyatsiz jamiyat normal mavjud bo‘lishi va rivojlanishi mumkin emas. Fan har qanday ma’rifatli davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
Fanning bunyodkor kuch funksiyasi jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish
uchun о‘z imkoniyatlarini bevosita ro ‘yobga chiqaradi. Bunda u odamlar xoʻjalik-madaniy rivojlanishining muhim omili sifatida amal qiladi. XVIII-XIX asrlardagi sanoat to‘ntarishi natijasida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab chiqarish fanning bevosita bunyodkor kuchga aylanishi uchun moddiy negiz bo‘lib xizmat qildi. Har bir yangi kashfiyot ixtiro uchun asosga aylanadi. Ishlab chiqarishning rang-barang tarmoqlari fanning turli tarmoqlari ma’lumotlarining bevosita texnologik qo‘llanilishi sifatida rivojlana boshlamoqda. Bu tarmoqlarga tijorat keng kirib kelmoqda. Boshqa erkin kasblardan farqli oʻlaroq, fan bir lahzada iqtisodiy foyda keltirmaydi va bevosita naf ko‘rish bilan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bog‘liq emas, shu sababli tirikchilik uchun mablagʻlar topish muammosi olim uchun har doim juda muhim bo‘lgan. Hozirgi zamon fanining rivojlanishiga ko‘p miqdorda mablagʻlar kiritish va bunda ular о‘zini tez oqlashiga umid qilmaslik talab etiladi.
Ilmiy ijod jarayoni subyekt tomonidan atrof borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan evristik faoliyat usulidir. Ayni shu ma’noda, faoliyat sifatida ilmiy ijod aniq maqsadlarni belgilash, qarorlar qabid qilish, yo‘l tanlash, o ‘z manfaatlarini ko'zlash, mas’uliyatni tan olish sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modeldan iborat dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi taxminiy ilmiy omillar, empirik (tajribaviy) xulosalari, ilmiy bashorat (prognoz)laridan tashkil topadi. Ilmiy bashorat qonun, nazariya va gipotezalarning bilish funksiyasi sifatidagi ta’rifi va tasnifidan farqlanadi.



Download 117.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling