1-mавзу. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari


Innovatsion menejmentning maqsadlari


Download 83.2 Kb.
bet3/4
Sana04.10.2023
Hajmi83.2 Kb.
#1691514
1   2   3   4
Bog'liq
1 Mavzu

1.3. Innovatsion menejmentning maqsadlari
Innovatsion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog’liq.
Zamonaviy iqtisod xo’jalik faoliyatining sub’ekti – bu korxona, kompaniya, firma, korporatsiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan strategik maqsadlari tizimi 1.2. – rasmda namoyish qilinadi.
Korxona innovatsion faoliyati uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko’tarishdan iboratdir.
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog’liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o’sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir.
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va o’zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni o’zgartirishga o’qitish, xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash, ITTKI va yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo’llari va uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.

Davlat – siyosiy maqsadlar: ishlab chiqarishni o’sishi, byudjetga soliq, nafaqa va boshqa to’lovlar



Huquqiy maqsadlar: qonunga rioya qilish va ijro intizomi



Iqtisodiy maqsadlar: Foydalar va sotishlar hajmini ko’paytirish




Download 83.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling