17. Ne’matlarning noyobligi nimani anglatadi?
*A) Iqtisodiy sub’ektlardagi mavjud resurslar zaxiralarining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan iste’molchilar ehtiyojini qondira olmasligini ;
B) Ne’matning oliy kategoriyali tovarlarga mansubligini;
V) Ne’matning tarixiy qadr-qimmatini;
G) Ne’mat bahosining muvozanat bahosidan yuqoriligini.
18. Iqtisodiy resurslar to‘liq ko‘rsatilgan qatorni belgilang:
A) xomashyo va materiallar, butlovchi qismlar, yoqilg‘i va energiya resurslari;
B) binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, kapital, er, transport vositalari;
V) Kapital, texnologiya, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtzorlar;
*G) Er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborot.
19. Bir-birini o‘rnini bosuvchi ne’matlar:
A) CHeklangan resurslar turlarini anglatadi;
B) SHaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi;
V) SHaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi;
*G) Bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi.
20. O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ne’matlar:
A) CHeklangan ehtiyojlarni birgalikda qondiruvchi resurslar turlarini anglatadi;
*B) SHaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi;
V) SHaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi;
G) Bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi.
2-MAVZU: TALAB VA TAKLIF TAHLILI ASOSLARI
21. Talab qonuniga ko‘ra:
A) Taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi bahoni tushushiga olib keladi;
B) Iste’molchilarning daromadi oshsa, ular tovarlarni ko‘proq sotib olaboshlaydilar;
V) Talab egri chizig‘i odatda manfiy qiyalikka ega bo‘ladi;
*G) Mahsulotning narxi pasayganda, unga bo‘lgan talab oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |