1-mavzu: «iqtisodiy geografiya va ekologiya» kursining predmeti, usullari va vazifalari reja: «Iq’tisodiy geografiya va ekologiya»


Download 19.21 Kb.
bet2/3
Sana16.02.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1204216
1   2   3
Bog'liq
1 мавзу

Dasturiy-maqsadli usul bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida juda muhim bo‘lib, majmuaning kechiktirib bo‘lmaydigan va umummanfaatlarni ko‘zlagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish dasturi va maqsadi bilan uzviy bog‘liq; 2)Tizimning tahlil usuli bosqichma-bosqich tamoyiliga asoslangan bo‘lib, har bir hududiy tizim, ayniqsa, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, joylashish hususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ma’lum maqsad va vazifalarni qamrab olgan; 3)Balans usuli «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning asosiy usullaridan biri. Ushbu usul yordamida regionlarning resurs va mahsulotga, ishchi kuchiga bo‘lgan talabini aniqlash xususan, ayrim hududlar o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan o‘z ehtiyojini qondiralayotganligi yoki qondira olmayotganligi, zarur mahsulotlarni keltirish yoki olib ketish qo‘lami darajasini baholash, shuningdek, region ho‘jalik majmui rivojlanishidagi nomutanosiblikni va uni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi; 4) Kartografik usul «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning maxsus usullaridan hisoblanadi. Xarita – bilim manbai va o‘rganish ob’ektidir. hududiy, iqtisodiy geografik jarayonlar va ayrim mamlakatlar miqyosida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hususiyatlarini eng ko‘rgazmali tarzda faqat geografik xarita namoyon etishi mumkin; 5) Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli ho‘jalik tarmoqlarining rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar jarayonida keng ko‘llaniladi; 6)Qiyosiy geografik usul qator hududiy birliklarni turli ko‘rsatkichlar asosda bir-biri bilan taqqoslashdir; 7)Iqtisodiy - geografik bashoratlash usuli mamlakatlar, ularning hududlari kelajakda majmuali rivojlanishini turli ko‘rsatgichlar tahlili orqali belgilashga yordam beradi.

«Iqtisodiy geografiya va ekologiya» ijtimoiy–iqtisodiy, hududiy tizimlarni o‘rganishda bulardan tashqari o‘zi uzviy aloqada bo‘lgan boshqa fanlarning usullari va hulosalaridan ham keng foydalanadi.
«Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning asosiy vazifalari. Ma’lumki, tabiatning jamiyat rivojlanishiga, moddiy ishlab chiqarishning o‘sishiga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashishiga ta’siri hal qiluvchi holat emas. U jamiyatning rivojlanishiga turli ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga qarab turlicha ta’sir qiladi. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish joylashtirilishini o‘rganishda geografik muhit va bu muhit elementlarining hududlardagi o‘zaro ta’sirini hisobga olish kerak.
«Iqtisodiy geografiya va ekologiya» uchun tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq umumiy masalalar bilan bir qatorda turli tabiiy muhitning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta’sirini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
«Tabiiy geografiya» bilan uzviy hamkorlikda va aniq tarmoqlar iqtisodiyoti ma’lumotlariga tayangan holda hududlar tabiiy sharoitiga iqtisodiy baho berish va undan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning asosiy vazifalaridan biridir.
Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining umumiy rejasidan kelib chiqqan holda ma’lum bir hududda ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish hamda hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun geografik muhitni xo‘jalik yuritishda foydalanish imkoniyati nuqtai nazaridan baholash va uni oqilona o‘zlashtirish muammolari «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»da muhim o‘rin eg‘allaydi.


Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling