1-mavzu: «iqtisodiy geografiya va ekologiya» kursining predmeti, usullari va vazifalari reja: «Iq’tisodiy geografiya va ekologiya»


«Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning rivojlanish tarixi


Download 19.21 Kb.
bet3/3
Sana16.02.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1204216
1   2   3
Bog'liq
1 мавзу

3. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning rivojlanish tarixi
«Iqtisodiy geografiya» fan sifatida nisbatan yaqinda – 1200-1250 yil avval shakllangan. Lekin uning manbalari va kurtaklarining paydo bo‘lishi uzoq davolarga borib taqaladi. Shunki iqtisodiy-geografik ma’lumotlar qadimgi manbalarda (sayohatnomalar, zafarnomalar, yilnomalar, ilmiy asarlar va h.k.larda) juda ko‘p uchraydi. Erotafonning (miloddan avvalgi III asr) «Geografika» nomli asarining uchinchi qismi ham ayrim mamlakatlar ta’rifiga bagishlangan. Qadimgi davlarda «Geografiya» fani ayrim mamlakatlarning, joylarning tabiati, aholisi va xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bilimlar to‘plamidan iborat bo‘lgan.
O‘rta asrlarda iqtisodiy-geografik bilimlar Al Xorazmiy («Kitob Sur’at al-Az»), Beruniy («hindiston»), Bobur («Boburnoma») va boshqa olimlarning asarlarida chuqurlashtirilgan.
Evropada «Iqtisodiy geografiya» fan sifatida XVI asrdan shakllana boshlagan. Uning rivojlanishiga fransuz olimi J.Boden, italiyan olimi L.Tviggerdi, golland olimi B.Varens muhim hissa qo‘shishdi. Fransuz olimi J.Boden 1564 yilda yozgan yirik geografik asarida sharq geografiyasidagi geografik muhitning jamiyat rivojlanishiga ta’siri muammosi qaytadan ko‘rib chiqildi, Italiya olimi L. Tvichchardining «Niderlandiya tavsifi»(1567 yil), Golland olimi B. Varenusning «Bosh geografiya» (1650 yil) nomli asarida ham iqtisodiy geografiya va ekologiyaga oid qator muammolar ilmiy echimini topdi.
«Iqtisodiy geografiya» ilmiy atamasini fanga birinchi bo‘lib rus olimi M.V.Lomonosov XVIII asrda olib kirdi. U iqtisodiy xaritashunoslikning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Fransuz olimi Lui Monteske tabiiy sharoitning jamiyat rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha juda muhim ilmiy ishlar olib bordi. Mazkur muammo bilan nemis olimlari I.Kant, G.F.Gegel ham shugullangan.
XIX asrning ikkinchi yarmida ayrim davlatlarda sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanish natijasida yirik geografik asarlar vujudga keldi. Bu davrda olimlardan A.Gumbold sanoatning tabiatga ta’siri masalalariga, K.Ritter esa tabiat va inson aloqalari muammolariga katta e’tibor berishgan.
XX asrda «Iqtisodiy geografiya»ning rivojlanishi N.N.Komosovskiy, N.N.Baranskiy, N.P.Nikitin, V.V.Pokshishevskiy, yU.G.Saushkin, E.B.Alaev, B.S.Xorev va boshqalarning, O‘zbekistonda o‘tgan asr boshlarida yashagan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidov, Abdulla Avloniy va boshqalarning nomlari bilan bog‘liq.
Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan XX asr boshlarida «Geografiya»dan qator darsliklar va asarlar yozilgan. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda «Aholi geografiyasi»ning asoschisi hisoblanadi. U «Madxali jugrofiyai imroniy» («Aholi geografiyasiga kirish»), «Muntaxabi jugrofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiyasi»), «Muxtasarii jugrofiyai Rusiy» («Rusiyaning qisqacha jugrofiyasi») nomli darsliklar muallifidir.
O‘zbekistonda 1920-30 yillarda «Iqtisodiy geografiya» va umuman, «Geografiya» fanining rivojlanishida quyidagi olimlarning ishlari muhim o‘rin tutadi: N.Balashov («O‘zbekiston va unga qo‘shni jumhuriyatlar hamda viloyatlar», 1925 y.), N.P.Arxangelskiy («Jugrofiya – o‘lkani o‘rganish darsligi», 1933 y.), A.Obizov («O‘zbekiston sho‘rolar jumhuriyati jugrofiyasi», 1933 y.).
XX asrning ikkinchi yarmida va hozirgi paytda O‘zbekistonda «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» fanining rivojlanishi Z.M.Akromov, O.B.Otamirzaev, A.S.Soliev, Q.Abirqulov, X.S.Salimov, A.R.Ro‘ziev, A.Qayumov, Sh.Inomov, h.Abdullaev va boshqalarning nomlari bilan bog‘liq.
Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling