1-mavzu: Iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi


Download 134.89 Kb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi134.89 Kb.
#1327354
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI
REJA :
1.1.Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo‘lish zarurati va uning sabablari.
1.2.Iqtisodiy tahlilning mazmuni. Iqtisodiy tahlil boshqaruvning muhim funktsiyasi ekanligi.
1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti.
1.4.Iqtisodiy tahlilning vazifalari. Fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni. Iqtisodiy tahlilning asosiy printsiplari.
Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa ob`ektiv shart-sharoitlar yaratilgan.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi.
Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi tarixi, bu bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi.
Balansshunоslik
Balans talqini
Balansni tahlil qilish
Hisоbоt tahlili
Iqtisоdiy tahlil
Sоtsial-iqtisоdiy tahlil
Xo’jalik faоliyati tahlili
Iqtisоdiy tahlil
Mоliyaviy va bоshqaruv tahlili
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir.
Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin:
1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.
Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar
haqida maxsus bilim beradi:
  • Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealarni rivojlanishini, o‘zgarishini ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) ta`sir etuvchi omillar bilan umumiy bog’liq holda o‘rganish;
  • O‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish;
  • Ijobiy va salbiy ta`sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko‘rsatish va hisoblash;
  • Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsata olish;
  • Ilg’or g’oya va tajribalarni o‘rganilayotgan jarayonga qo‘llash yo‘nalishlarini belgilash.


Download 134.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling