1-mavzu: Iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi


«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti


Download 134.89 Kb.
bet3/6
Sana04.04.2023
Hajmi134.89 Kb.
#1327354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashma va hakozolarning moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan ob`ektiv va sub`ektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi».
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti - xo‘jalik faoliyatida ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi (sistemasi) orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir.
Tahlilning predmetida ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) omillar alohida o‘rin tutadi, chunki iqtisodiy jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Ular ma’lum ichki va tashqi omillar ta’siri ostida ro‘y beradi. Bu faqat tahlil fanida o‘rganiladi va uning predmetining asosini tashkil qiladi.
Har qanday fanning ob’ekti bo‘lishi lozim. Fanning ob’ekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini ko‘rsatadi.
Tahlil fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarnnng xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli iqtisodiy tahlil fanining ob’ektiga davlat, jamoat tashkilotlari, korporatsiyalar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kiradi.
 
Iqtisodiy tahlilning eng muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
  • biznes-rejaning qanchalik realligi (mavjudligi) va ilmiy jihatdan asoslanganligiga baho berish;
  • xo‘jalikni rivojlantirishning joriy va istiqbol rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar bazasini aniqlash;
  • biznes-rejasining bajarilishiga ob’ektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog’liq va bog’liq bo‘lmagan omillar va sabablarni bir-biridan ajratib aniqlash;
  • ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash (bu o‘rinda tahlilning samarasi, birinchidan, aniqlangan rezervlarni butun nazariy jihatdan asoslangan rezervlarga nisbati va ikkinchidan, amalga oshirilgan rezervlarning aniqlangan rezervlarga nisbati bilan belgilanadi);
  • korxonalarning xo‘jalik faoliyatida kutiladigan natijalarni oldindan aniqlash;
  • tahlil materiallariga asosan ishlab chiqarishda aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.

Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlardagi ob`ektiv zarurat talabidan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi. Ya`ni, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog’liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir. Chunki, ob`ektlarni iqtisodiy tahlil qilish umum iqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umum qabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi.

Download 134.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling