1-mavzu: Iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi


Iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funktsiyalaridan biridir


Download 134.89 Kb.
bet2/6
Sana04.04.2023
Hajmi134.89 Kb.
#1327354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funktsiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
  • boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta`minlanadi;
  • mulk va mablag’lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan optimal variantlarni tanlaydi;
  • istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.

Iqtisodiy tahlil o‘z mazmuni jihatidan turlichadir.
Tahlilning ikki xil yo‘nalishi mavjud:
  • Moliya – iqtisodiy tahlil
  • Texnik - iqtisodiy tahlil

  • Moliya iqtisodiy tahlilda biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi (texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish) kabi omillar o‘rganilmaydi.
    Texnik-iqtisodiy tahlilda esa texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga oid hamma masalalar har tomonlama va chuqur o‘rganilib, uning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘rsatgan ta’siri ham aniqlanadi.

Qabul qilinadigan qarorlarning xarakteriga qarab, tahlil quyidagilarga bo‘linadi:
  • Dastlabki
  • tezkor
  • yakuniy
  • istiqbolli

  • Iqtisodiy tahlil o‘tkazishning 3 bosqichi mavjud:
  • korxona faoliyatining umumiy iqtisodiy natijalarini ko‘rib chiqishdan boshlanadi, chunki u ishning samaradorligini aniqlash, o‘tgan davrlarga nisbatan o‘zgarishlarni, korxona faoliyatining boshqa tomonlarini bilish imkonini beradi;
  • biznes-rejaning bajarilish darajasiga ta’sir etuvchi eng muhim omillarni tekshirish natijasida ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash;
  • tahliliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish va shu asosda butun rezervlarni o‘z ichiga olgan yig’ma rezervlarni hisoblash.

Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga ola­di.
Ammo bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi.
Ob’ektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlar (oy, chorak, yil) da jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan xujjatlarga asoslanadi.

Download 134.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling