1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Download 0.59 Mb.
bet68/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

7.2-jadval

Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari




Nomi


Hisoblash tartibi

Bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi




M U = M ahsulot (ish, xizmat) hajmi Xodimlarning o‘ rtacha soni

Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi




M U = M ahsulot (ish, xizmat) hajmi I shchilarning o‘ rtacha soni

Bir kunlik mehnat unumi




M U = M ahsulot (ish, xizmat) hajmi Jami ishlangan ish kunlari

Bir soatlik mehnat unumi




M U = M ahsulot (ish, xizmat) hajmi Jami ishlangan ish soatlari

7.2-jadvaldagi hisoblash tartiblarini quyidagi misol yordamida ko‘rib chiqamiz.



7.3-jadval

Bir xodimga, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili




Ko‘rsatkichlar


O‘tgan yil


Hisobot yili


Farqi (+;)


O‘sish darajasi

A

1

2

3

4

1. Mahsulot hajmi korxona ulgurji bahosida,
ming so‘m

15428000


18650000


3222000

120,9

2. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni, kishi


1914

1760

–154

91,9

a) Shu jumladan; ishchilar


1560

1450

–110

92,9

3. Jami ishlangan ish kunlari, ming kishi – kuni


430,6

366,0

–64,6

85,0

4. Jami ishlangan ish soatlari, ming kishi – soat


3014,2

2635,2

–379,0

87,4

5. Bir sanoat ishlab chiqarish xodimiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi, ming so‘m (1/2)


8060,6

10596,5

2535,9

31,5

6. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi, ming so‘m (1/2 a))


9889,7

12862,0

2972,3

30,0

7. Bir soatda ishlab chikarilgan mahsulot, so‘m (1/4)


5118,4

7077,3

1958,9

38,2

8. Bir kishi kunida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m (1/3)


35,8

50,9

15,1

42,1

7.3-jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, korxonada ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich mehnat unumining o‘zgarishi quyidagicha bo‘lgan; bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan 31,5 foizga oshgan, miqdor jihatdan esa 2535,9 ming so‘mga ko‘paygan. Qolgan ko‘rstkichlar ham ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lgan.

Iqtisodiy tahlilda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar ham alohida o‘rganiladi.
Mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin.

  1. Moddiy-texnik va texnologik.


  2. Tashkiliy-iqtisodiy.


  3. Ijtimoiy-ruhiy.




Moddiy-texnik va texnologik omillar ishlab chiqarishda samarador texnika va zamonaviy texnologik uskunalardan, shuningdek, axborotlar texnologiyasidan, yangi xomashyo va materiallardan foydalanishni tavsiflaydi. Ular ko‘proq mahsulotning hajmiga, sifatiga hamda mehnat va ashyoviy sarflariga ta’sir etadi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillarga boshqaruvning, mehnat va butun ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali va zamonaviy tizimini qo‘llash usullari kiradi.
Ijtimoiy-ruhiy omillarga – xodimlarning sifat tasnifini tavsiflovchi (malakasi, mehnat faolligi, majburiyati va xizmat vazifasiga mas’ulligi, sohibkorligi) jihatlarini faollashtirish masalalari kiradi.
Yuqorida tarkiblangan barcha omillar o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda. Shu sababli ular tahlilda kompleks holda o‘rganiladi.
Mehnat unumdorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda bir ishlovchiga va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan unumdorlik ko‘rsatkichlariga alohida ahamiyat beriladi. Bir xodimga to‘g‘ri keladigan mehnat unumining o‘zgarishiga ishchilarning jami ishlovchilar tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi ta’sir etadi. Bir ishchi mehnat unumining o‘zgarishiga esa bir ishchi tomonidan o‘rtacha yillik ishlangan ish kunlarining o‘zgarishi, ish kuni davomiyligining o‘zgarishi hamda bir soatlik mehnat unumining o‘zgarishi ta’sir etadi.
Tahlilda har omilning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir darajalari hisoblab topiladi va ularning o‘zgarish ta’siri baholanadi.


        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling