1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO’LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR


Download 282.03 Kb.
bet10/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

3-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO’LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR




O’RGANILADIGAN MASALALAR


  1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning xususiyatlari


  2. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi
  3. Kompleks iqtisodiy tahlil metodikasi


  4. Omilli tahlil metodikasi
  5. Tahlil usullarini guruhlarga ajratish


  6. Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli
  7. Iqtisodiy tahlilda ko‘p o‘lchovli taqqoslash


  8. Ko‘rsatkichlarni taqqoslanma ko‘rinishga keltirish usullari
  9. Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usuli


  10. Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanish
  11. Guruhlashtirish usuli


  12. Iqtisodiy tahlilda balans usuli
  13. Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish


  14. Zanjirli bog‘lanish usuli
  15. Analitik ma’lumotlarni jadvalda keltirish usullari



  1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning xususiyatlari



Metod – grekcha «methodos» so‘zidan olinib nazariya, ta’limot va amaliyotni o‘rganishdagi yondashuv yo‘lidir. Keng ma’noda metod tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda voqeliklarni tadqiq etishning o‘zaro bog‘langan yalpi usullari, tamoyillari, shuningdek, haqiqatni bilishning vositalari, uslublari va yo‘llari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning metodi – korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob- kitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya’ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni-inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi – ilg‘or voqeliklarning paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi.
Dialektik yondashuv va uning barcha usullari xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil metodining ta’rifida uning e’tiborli jihatlari ham ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarurligi.
Tahlil uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar, ularning turi hamda miqdori o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog‘liq bo‘ladi. Hatto, tahlil natijasida avvaldan mo‘ljallanmagan yangi ko‘rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
O‘rganilayotgan xo‘jalik jarayonlarining, ya’ni ko‘rsatkichlarning o‘zaro farqlanishi hamda o‘zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatgan sabablarni (omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. Chunki tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ulardagi o‘zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqa hamda ta’sir natijasida sodir bo‘ladi. Tahlil vositasida mazkur holatlar, ya’ni o‘zgarishlar aniq hisoblanadi va o‘rganiladi. Ta’kidlash kerakki, ayrim olingan omillar oxirigi yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va uni tubdan o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarish sabablari, ularning omillar ko‘rinishida yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o‘rganiladi. Demak, ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi asosiy va qo‘shimcha omillarni aniqlash ularni tasniflash tahlil metodining muhim xususiyati bo‘lib sanaladi. Sabablarni aniqlash va omillarni to‘g‘ri guruhlash xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning sifatli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir. Ma’lumki, korxona ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi uch guruh omillar – ishchi kuchi, mehnat vositalari va mehnat predmetlaridan foydalanishga bog‘liq. O‘z navbatida har bir guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha omillar miqdor va sifati bo‘yicha guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa ularning mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha mahsulot). Ishchining bir yildagi o‘rtacha mehnat unumi – bir yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi soatiga bog‘liq. Bu sanab o‘tilgan har bir ko‘rsatkich o‘z navbatida boshqa omillarga bevosita bog‘liq. Ishchining bir yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlariga qo‘shimcha dam olish, sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta’sir ko‘rsatadi. Aytilganlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, korxona iqtisodiy faoliyatidagi barcha ko‘rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog‘lanib ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o‘z o‘rni bor hamda ular muayyan miqdorda voqeliklarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tahlil jarayonida e’tiborga olinmagan har bir ko‘rsatkich yoki omil uning natijalarning noaniq bo‘lishiga hatto iqtisodchilarni noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi doimo e’tiborda tutiladi. Faqatgina, ayrim hollarda iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha hisob-kitoblarni mantiqiy asoslash uchun, ya’ni yakuniy natija ko‘rsatkichiga faqat bir omilning ta’siri o‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa omillarning o‘zgarish sabablari hamda ta’sir etish miqdori shartli o‘zgarmas, deb qaralishi mumkin.



  1. Download 282.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling