1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


D) Ko‘p miqdorli korrelyatsiya tahlili metodikasi


Download 282.03 Kb.
bet41/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

D) Ko‘p miqdorli korrelyatsiya tahlili metodikasi


Korxonaning xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy holatlari va jarayonlari ko‘p sonli



omillarga bog‘liq. Bu kabi kompleks omillarning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganilayotgan holatni to‘liqroqtavsiflaydi.
Ko‘p miqdorli korrelyatsion tahlil bir nechta bosqichdan tashkil topadi.
Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan holatga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi va korrelyatsion tahlil uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lganlari tanlab olinadi.
Ikkinchi bosqichda korrelyatsion tahlil uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlar yig‘iladi va baholanadi.
Uchinchi bosqichda omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish modellashtiriladi, ya’ni o‘rganilayotgan bog‘lanish mazmunini aniqroq aks ettiradigan matematik tenglamalar tanlanadi va asoslanadi.
To‘rtinchi bosqichda korrelyatsion tahlilning asosiy bog‘lanish ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Beshinchi bosqichda korrelyatsion tahlil natijalariga statistik baho beriladi va ularni amaliyotda qo‘llash amalga oshiriladi.
Korrelyatsion tahlil uchun omillarni saralash – eng muhim hisoblanadi. Chunki tahlilning yakuniy natijalari omillarning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Nazariya va tahlilning amaliy tajribasi omillarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

    1. Birinchi navbatda, ko‘rsatkichlar orasidagi sababli bog‘lanishlarni hisobga olish zarur, negaki, faqat ulargina o‘rganilayotgan holat mohiyatini ochib beradi. Natijaviy ko‘rsatkichli matematik munosabatlarda joylashgan bu kabi omillarning tahlili unchalik ahamiyat kasb etmaydi.

    2. Ko‘p omilli korrelyatsion model yaratishda amalda qilib bo‘lmaydigan barcha shart va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan, natijaviy ko‘rsatkichlarga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadigan eng muhim omillarni tanlab olish zarur. Styudent bo‘yicha kam jadvalli, ishonchlilik mezoniga ega bo‘lgan omillarni hisobga olish tavsiya qilinmaydi.

    3. Chiziqli turdagi korrelyatsion modellarga egri chiziqli xarakterga ega bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkich bilan bog‘lanishli omillarni qo‘shish tavsiya etilmaydi.

    4. Korrelyatsion modelga o‘zaro bog‘langan omillarni qo‘shish mumkin emas. Agar ikkita omil o‘rtasidagi juft korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,85 dan ko‘p bo‘lsa, korrelyatsion tahlil qoidasiga ko‘ra bittasini chiqarib tashlash kerak, aks holda, natijaviy ko‘rsatkichni xau holda bo‘lishiga olib keladi.

    5. Korrelyatsion modelga funksional xarakterdagi natijaviy ko‘rsatkich bog‘lanishli omillarni korrelyatsion modelga qo‘shish tavsiya etilmaydi.

Korrelyatsion model uchun omillarni saralashda analitik guruhlash, parallel va dinamik qatorlarni solishtirish, chiziqli grafiklar katta yordam beradi. Ular yordamida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish mavjudligi, shakli va yo‘nalishini aniqlash mumkin. Omillarni saralashni Student mezoni bo‘yicha qiymatlarni baholash asosida korrelyatsion tahlil masalasini yechish jarayonida ham amalga oshirish mumkin.
Sanab o‘tilgan shartlarni hisobga olgan holda va omillarni saralash usullarini
qo‘llagan holda ko‘p omilli korrelyatsion modelning ko‘rsatkich darajasi (Y) uchun uning darajasiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillar tanlab olingan.
x1 – material sig‘imi, so‘m;
x2 – fond sig‘imi, so‘m;
x3mehnat unumdorligi, ming so‘m;
x4 – korxona aylanma mablag‘ining aylanish davri, kun;
x5 – yuqori sifatli mahsulotning solishtirma salmog‘i, % va shu kabilar.
Modomiki, korrelyatsion bog‘lanish ko‘p sonli kuzatuvlarda to‘laligicha namoyon bo‘lar ekan, ma’lumotlarni tanlab olish hajmi yetarlicha katta bo‘lishi kerak, negaki ko‘p sonli kuzatuvlardagina boshqa omillarning ta’siri tekislanadi. O‘rganilayotgan obyektlar majmui qanchalik ko‘p bo‘lsa, natijalar tahlili shunchalik aniq bo‘ladi.
Bu shartni hisobga olgan holda sanab o‘tilgan omillarning rentabellik darajasiga ta’siri yetarlicha N ta korxona misolida o‘rganilishi zarur.



  1. Download 282.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling