1-mavzu. “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari


-rasm. Xavfsizlik subyektlari va obyektlari1


Download 74.99 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi74.99 Kb.
#1413067
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу. Маъруза матни (1)

1.1-rasm. Xavfsizlik subyektlari va obyektlari1
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to’xtalib o’tish kerak bo’ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo’naltiriladi. Shuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo’lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o’z ichiga oladi (1.2-rasm).






1.2-rasm. Milliy xavfsizlik turlari2

Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.


Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning umummilliy majmuasi bo’lib, u albatta davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko’zda tutadi.
Ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining turlicha talqinlari berilgan. Bir guruh olimlar mazkur tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo’naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo’lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydi.3
Boshqa bir guruh olimlar esa o’rganilayotgan tushunchani hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan, milliy manfaatlarni himoya qilish va ro’yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar.
A. Isaxodjaev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo’lmay, davlat hokimiyati institutlari, ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir4.
“Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo’ladigan aralashish va tazyiqlarsiz o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’li hamda shakllarini belgilashidir.

Download 74.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling