1-mavzu. Iqtisodiyot, bоzоr va iqtisodiy siyosat
Iqtisodiy sоhаni boshqarish va tаrtibgа sоlishning mа’muriy va iqtisodiy usullаri va vоsitаlаri
Download 54.22 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.1-rasm. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha vazifalari 12
- 1 .3.2-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektlari 1
3.Iqtisodiy sоhаni boshqarish va tаrtibgа sоlishning mа’muriy va iqtisodiy usullаri va vоsitаlаri.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yuzasidan hokimiyat organlari o‘z zimmasiga aniq vazifalarni oladi. Ularga quyidagilar kiradi: - iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish; - to‘liq va samarali bandlik; - iqtisodiy samaradorlikka erishishni ko‘zlash; - narxning barqaror darajasi; - iqtisodiy erkinlik; - daromadlarning odilona taqsimlanishi; - mamlakat tashqi savdo balansining mutanosibligini ta’minlash11 (1.3.1-rasm). Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zaro bog’liq maqsadlarni ishlab chiqish va asoslash hukumatning mamlakatni boshqarish san’ati hisoblanadi.Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o‘zaro bog’liqligining qarama-qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi davlat organlarining o‘z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o‘zaro bog’liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi. 1.3.1-rasm. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha vazifalari12 Iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha davlat organlari oldida turgan maqsadlar ko‘p, lekin ularning ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat: - iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; - mehnatga layoqatli aholi ish bilan bandligining yuqori darajasini ta’minlash; - narxlar barqarorligi hamda pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; - tashqi iqtisodiy muvozanatni saqlash.13 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy bosh maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish, mavjud tuzumni mustahkamlash va takomillashtirish, o‘zgarib borayotgan sharoitga adaptatsiya qilish, moslashish hisoblanadi. Demak, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hozirgi zamon iqtisodiy tizimlarining xarakterli, asosiy belgisi hisoblanadi. shu boisdan ko‘plab mamlakatlarda, shu jumladan, rivojlangan mamlakatlarda ham davlatning iqtisodiyot sohalariga aralashuvi kuchaymoqda. Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta’sir etish ob’ektlari- bozor mexanizmi ta’minlay olmaydigan yoki qoniqarsiz darajada ta’minlaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish sohasida yuz beradigan jarayonlar, munosabatlar, sharoitlardir. Davlat ta’sir etadigan va tartiblaydigan ob’ektlarga ularning darajalari nuqtai nazaridan quyidagilar kiradi: - umumxo‘jalik jarayonlari, ya’ni iqtisodiy tsikl, pul muomalasi, ish bilan bandlik, investitsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba, konstruktorlik ishlari (ITTKI), narxlar; - iqtisodiyotning yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, infrastrukturalar, moliya sohasi; - tarmoqlar va korporatsiyalar; - yirik xo‘jalik komplekslari sifatidagi hududlar. (1.3.2.-rasm). Bulardan tashqari, davlat tartibga soladigan ob’ektga tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish ham kiradi. Davlat tashqi savdo sharoitlari, kapital va ishchi kuchi harakati, valyuta munosabatlari, xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishni tartibga soladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiga ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, ish beruvchilar bilan yollanma ishlovchilar o‘rtasidagi munosabatlar, kichik va o‘rta tadbirkorlik, shuningdek, sotsial ta’minot sohalari ham kiradi. 1 .3.2-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektlari1Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va ta’sir etish predmeti uzoq muddatli istiqbolda milliy boylik va milliy mulkning o‘sishi, o‘rta muddatda iqtisodiy tsikl, qisqa muddatli davrda – xo‘jalik konyunkturasi hisoblanadi. Ushbu predmet bo‘yicha iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash chora-tadbirlari krizis va turg’unlik sharoitida davlat tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni, kapital qo‘yilmalar va bandlikni, tovar va xizmatlar eksporti, xorijiy kapital va turistlarning kirib kelishini rag’batlantiradi, iqtisodiy yuksalish davrida esa iqtisodiy o‘sishni jilovlashga, iqtisodiyotning qizib ketishining oldini olishdan iborat bo‘ladi. Ushbu maqsadlarda xususiy kapital uchun qo‘shimcha moliyaviy rag’batlar yaratiladi, davlat xarajatlari ko‘paytiriladi, foiz stavkalari tartibga solinadi (1.3.3-rasma). Download 54.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling